Qishloq xo`jaligida islohotlar, uning vazifalari va yo`nalishlari
Qishloq xo`jaligida isiohatlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O’zbekiston Respublikasida sug`oriladigan yerlarning kamligini hlsobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshiab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda, xususan, "Yer to’g’risidagi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo`jaligidagi tub islohatlarni huquqiy va nazariy asosiari yaratiidi.
Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo'1 qo`ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yii ichida mavjud 1337 davlat xo`jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo`jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo`jaligida ko’p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997-yili shaxsiy tomorqa xo'jaligi-3 mln. gektarni tashkil. qildi. Tomorqa xo`jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo`lsa, 1997-yil-599,7 ming gektarga ko’paydi. 1996-yili shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda 640 ming t go`sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. gallakorlar O’zbekistonning g’alla mustaqilligiga katta hissa qo`shmoqda. Ular 1996-yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g`alla topshirgan bo`lsalar, 1998-yili 4,6 mln. tonna g`alla hosili yetishtirdilar, Bundan 3,5 mSn. tonnasi bug`doy edi. G’allakorlarning yutuqlari o’z-o’zidan bо`lgani yo`q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G’allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi, 8159 ta "Niva", "Don", "Sibiryak" kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning "Keys" ftrmasidan keltirilgan 637 kombayn g`alla orim-yig`imida qatnashdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o’zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. "Yer kodeksi", "Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to’g’risida", "Dehqon xo`jaligi to’g’risida". "Yer kadastri to'g`risida"gi qonunlar qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo`lmagan sektor muslahkamlandi va yetakchi o’rinni egallab, 1991-yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.
Barcha islohotlarning tub maqsadi insonning ijtimoiy turmusbini yaxshilashga qaratilgandir. O’zbekiston taraqqiyotidagi o’ziga xos yo`lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta'minlangan, boquvchisi yo`q, ko’p bolali oilalarni, nogiron va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a'zolarining o`ta boylar va kambag`allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. 1994 yilni oktyabridan boshlab davlat tomonidan bola boquvchi onalarga, 16 yoshgacha bolalari bor, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa joriy etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarning dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda, Xususan. 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda obyektiv sabablarga ko`ra yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, ma'muriy va boshqaruv organlari tizimida o`tkazilgan qisqartirishlar hisobiga ijtiraoiy sohalarga ajratiladigan mablag`larning kamayishiga yo'1 qo`yilmadi.
1998-yiI oxiridagi hisobga ko`ra mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so`m miqdorida mablag` ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 ralrd. 448 mln. so`m nafaqa berildi.
Kam ta'minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli hil imtiyozlardan keng foydalanadi. Jumladan, jamoat transportida tekin, arzon haq to’lab yurish, turar joy va kommunal xizmatlari uchun haq to’lashda, dori-darmonlarni bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha yengilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta'1imi, o’rta maxsus va oliy o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilariga, tibbiy xodiralarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlaridan foydalanishda qator imtiyozlar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |