O'zbekiston respublikasi prezidenti shavkat mirziyoyevning keng miqyosli iqtisodiy islohotlari va uning mazmuniri
Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami tobora yaqinlashmoqda. Shunday kunlarda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan insonlar, ularning qilgan ezgu ishlari yodga tushadi. Mamlakat mustaqilligini taʼminlashda, Oʻzbekistonning erkin taraqqiyot yoʻlidan dadil intilishida juda katta hissa qoʻshgan insonlardan biri, shak-shubhasiz, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevdir.Quyida u kishini yaxshi bilgan, maʼlum bir yillarda birga ishlagan ayrim yurtdoshlarimizning fikrlari bilan qiziqdik.Oqil SALIMOV, Oʻzbekiston fan arbobi, akademik:1987-yilda meni irrigatsiya instituti rektori etib tayinlashdi. Oʻshanda Shavkat Miromonovich institutning partiya qoʻmitasi oʻrinbosari lavozimida ishlardi.Bu insoning oʻsha paytdayoq oliy taʼlim va yoshlarni tarbiyalash tizimidagi muammolarni chuqur tushunadigan qobiliyatli mutaxassis ekanini anglash qiyin emasdi.Bir kuni u shunday taklif bilan kirgan edi: “Institut potensialini koʻtarish, ilmiy salohiyatni keskin rivojlantirish
kerak”. Buning uchun nimalar qilish kerakligini birma-bir sanab ketdi.
Oʻsha paytlari bu aytilgan islohotlarni amalga oshirishning mutloq imkoni ham, iloji ham yoʻq edi. Ammo... Shavkat Mirziyoyev aytganlarining barchasini amalga oshirib isbotladi. Oʻsha paytlar Irrigatsiya instituti tom maʼnoda mamlakatdagi yetakchi ilmiy dargohga aylangandi.
Buning uchun nima qildi?..
Shavkat Mirziyoyev jamoada institutning birinchi darajali – oliy taʼlim dargohiga malakali oʻqituvchilarni jalb qilish, ilmiy-amaliy laboratoriyalar, kafedralar tashkil qilish kabi vazifalarini yorqin koʻrsatib bera oldi. Oʻsha paytda asosan kun tartibida institutga eng qobiliyatli yoshlarni jalb etish, ularning umumiy madaniyatini yuksaltirish, institutning ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalasi turardi.Bu maqsadda institut huzurida maktab tashkil etildi. Eng qobiliyatli yoshlar saralab olinib, bu maktabda oʻqitilardi. Taʼkidlash joizki, ular institut auditoriyalari va ustaxonalarida tahsil olib, oʻsha paytdayoq oliy taʼlim tajribasini oʻzlashtirgan edilar.Keyinchalik ushbu maktab koʻplab iqtidorli yigit-qizlarni tayyorlagan litseyga aylandi.Talaba va oʻqituvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish dolzarb ahamiyat kasb etayotgan edi. Ushbu masalani hal etish uchun barcha zarur mutaxassis va uskunalar, shu jumladan, rentgen xonasiga ega institut poliklinikasi tashkil etildi. Shu tariqa institut hududini tark etmagan holda talaba va oʻqituvchilarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish masalasi hal etildi. Hatto tutash dahalar aholisi ham bizning shifokorlarga murojaat etishni afzal koʻrardi.Shuningdek, sportni rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratilgan, xususan, futbol, voleybol, boks, kurash maydonlari va ringlari barpo etilgan hamda taʼmirlangan, suzish havzasi qurilgan. Bizning talabalar bir necha bor respublika musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan.Shavkat Miromonovich oʻqituvchilarni moddiy qoʻllab-quvvatlash haqida doim qaygʻurgan. Institut huzurida 3 ta doʻkon faoliyat yuritgan, u yerda xodimlar imtiyozli narxlar boʻyicha kerakli mahsulotlarni xarid qilgan. Bunga institutning yirik kolxoz va sovxozlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosidagi aloqalari imkon yaratdi. Shuningdek, mahsulot taʼminotiga institutning Toshkent viloyatidagi oʻz ekin maydonlari va sut fermasiga ega oʻquv xoʻjaligi katta hissa qoʻshardi. Mahsulotlarning bir qismi, jumladan, guruch, shakar, sabzavotlar vaqti-vaqti bilan kasaba uyushmalari qoʻmitasi orqali bepul tarqatilardi.
Talabalarni tarbiyalashda oʻqituvchining tashqi koʻrinishi ham muhim oʻrin tutadi, shuning uchun “Yulduz” tikuv fabrikasida kiyimlar tikilishi yoʻlga qoʻyilgan va yiliga ikki marta ular eng yaxshi maʼruzachilarga mukofot tariqasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |