Ўзбекистон Республикасининг тинчликсевар ташқи сиёсати асосларининг яратилиши, унинг тамойиллари. Millatlararo totuvlik g'oyasi. Millatlararo totuvlik g'oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o'zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g'oyasidir. Millatlararo totuvlik g'oyasi tinchlik va barqarorlik g'oyasidir. U barcha millat va elatlarning tili, urf-odati, an'analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko'rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma'rifiy g'oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko'tarayotgan sivilizatsiyalararo to'qnashuvlar sodir bo'layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g'oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi, Mamlakatimizdagi turli millat vakillari.Yodda tuting!O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «Oʻz bekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» degan muhim qoida belgilab qo'yilgan. Bugun O'zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq etmoqda,Ruslarning "Maslennitsa", tatarlarning "Sabanto'y, uyg'ur larning "Sayil" bayramlari, xitoylarning "Chunuze" yangi yili, koreys larning "Soller va "Ovol - tano" bayramlari nishonlanmoqda. Har yili res publikamiz miqyosida "Biz yagona oila farzandlarimiz", "Vatan yagonadir, Vatan bittadir. "O'zbekiston umumiy uyimiz" shiori ostidagi festivallar o'tkazilmoqda.O'zbekistonda millatiararo mu-nosabatlar. O'zbekiston hududida o'z madaniyati va o'z an'analariga ega bo'lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega.Oʻzbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasining 4. moddasida ko'rsatilganidek, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.Ko'pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni shakllantirish bo'lishi zarur. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy siyosatning oʻziga xos yo'li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy bag'rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy-madaniy markazlar (MMM) faoliyat yuritadi. Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, ar- manlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan. Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |