198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


-mavzu: Kundalik matbuotdagi matnshunoslik mavzusidagi bahs-munozaralar



Download 3,45 Mb.
bet7/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

14-mavzu: Kundalik matbuotdagi matnshunoslik mavzusidagi bahs-munozaralar.


Bugungi kunda matnshunoslik, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun dolzarb ahamiyatga ega. Chunki oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid yuzlab bebaho asarlar hali nashr etilmasdan qoʻlyozma holida saqlanmoqda. Shularni hisobga olib, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida matnshunoslik yetakchi ilmiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻlyozmalar xazinasida saqlanayotgan qimmatli asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlarini nashrga tayyorlashga jiddiy eʼtibor qaratildi. Sir emas, bir necha nusxada yetib kelgan asar qoʻlyozmalari orasida ancha-muncha tafovutlar boʻlishi tabiiydir. 
Asarning turli nusxalari muqoyasa qilinib yaratilgan ilmiy matnigina tarjima va tadqiqotlar uchun ancha ishonchli boʻladi. Qolaversa, turli mavzuda izlanishlar olib borayotgan mutaxassislar tarjima emas, balki asl matnga tayanishsa, ularning tadqiqotlari koʻproq tosh bosadigan boʻladi. Asl matnda muhim atama va unvonlar asar yozilgan davrda qanday ishlatilgan boʻlsa, shunday yoziladi. Tarjimada ular oʻzgarishga uchrashi va boshqa baʼzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Milliy fanimizning xalqaro obroʻsi bilan bogʻliq yana bir jihat borki, bizning tariximiz va madaniyatimizga oid asarlarning ilmiy-tanqidiy matnlari Arab mamlakatlari (movarounnahrlik ulamolar kitoblari), Eron (fors tilidagi bir qancha tarixiy va adabiy manbalar), Amerika (Munis va Ogahiyning “Firdavs ul-iqbol” asarining Yuriy Bregel tarafidan tayyorlangan ilmiy-tanqidiy matni), Yaponiya (Muhammad Hakimxonning “Muntaxab ut-tavorix” asarining Yayoi Kavaxara, “Boburnoma”ning Eyji Mano tarafidan nashr etilgan ilmiy-tanqidiy matnlari) va boshqa mamlakatlar olimlari tomonidan nashr etilayotganida oʻzbek manbashunos-matnshunoslari bu ishda nainki ishtirok etish, balki faol kirishib, bu sohada yetakchilikni oʻz qoʻllariga olishga burchlidirlar.
Turkiy tildagi asarlarni kirill yoki lotin alifbosiga tabdil qilishdan oldin ham ularning muallif tomonidan ilk bor yaratilgan yozuvdagi ilmiy-tanqidiy matnlarini hozirlash katta ahamiyatga ega. Quyida biz Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy-tanqidiy matnlari tayyorlangach, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda chop etilib, Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati bilan shugʻullanuvchi jahondagi koʻplab ilmiy markazlar mutaxassislari tomonidan iliq kutib olingan bir necha moʻtabar manbalar nashriga toʻxtalib oʻtamiz.
Maʼlumki, “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyimil futuvvat” (“Ulugʻlik xushboʻyliklarini taratuvchi sevikli shabadalar”) Alisher Navoiyning nasrdagi eng yirik asaridir. Undan 770 dan ortiq tasavvuf shayxlari haqida maʼlumotlar oʻrin olgan boʻlib, muallifning diniy-falsafiy qarashlari hamda Navoiygacha bunchalik keng koʻlamda tasvirlanmagan turk mashoyixlari faoliyatiga oid behad qimmatli manbadir. Shuningdek, Navoiyning otasiga oid baʼzi biografik qaydlar ham asarning qimmatini yanada oshiradi.
OʻzR FA Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi Hamidxon Islomiy “Nasoyim ul-muhabbat”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash ustida uzoq yillar izlanishlar olib bordi. Domla “Nasoyim”ning Turkiya, Rossiya, Fransiya va Oʻzbekistondagi eng qadimgi, baʼzilari Alisher Navoiy hayotligi davrida koʻchirilgan moʻtabar nusxalar asosidagi matnini tiklab, nusxalar orasidagi muhim tafovutlarni satrosti izohlarida qayd etdi. Matn uchun zarur koʻrsatkichlar ham tuzilganki, bu tadqiqotchi va oʻquvchilarga asardan oʻzlari izlayotgan maʼlumotlarni tezda topib olish imkonini yaratadi.
“Nasoyim ul-muhabbat”ning shu paytgacha Turkiya va Oʻzbekistonda amalga oshirilgan nashrlari puxta ilmiy-tanqidiy matnga asoslanmagani uchun koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyilgan edi. Misol keltiradigan boʻlsak, 2001 yilda “Fan” nashriyotida Alisher Navoiy “Mukammal asarlar toʻplami”ning 17-jildi sifatida “Nasoyim ul-muhabbat” asari nashrdan chiqdi. Buyuk adibning eng yirik nasriy asari Oʻzbekistonda ilk bor toʻliq holida nashr etilishi quvonchli hodisa, albatta. Biroq bu nashrdagi matniy xatolar oddiy oʻquvchi tugul, mutaxassislar uchun ham qator jumboqlar paydo qiladi. 
Boz ustiga, Navoiy matnidagi yuzlab soʻz va jumlalar yo atayin, yo eʼtiborsizlik natijasida tushirib qoldirilgan. Baʼzi soʻzlarning toʻgʻrisini va nashrdagi xato shakllarini quyida keltiramiz: “barxabarlar” – “bexabarlar”, “ul kitobdagʻi” – “ul kitobda dagʻi”, “siroti mustaqim” – “siyrati mustaqim”, “aning manʼin” – “ani mutaayyin”, “anga rom” – “orom”, “komlarim” – “gʻamlarim”, “suvab” – “savob”, “muvofaqatingizdin” – “muvaffaqiyatingizdin”, “taxalluf” – “takalluf”, “mahshur” (qoʻshilgan maʼnosida) – “mashhur”, “iflos” – “ixlos”, “adab” – “abad”, “afzun” – “afsun” va hokazo. Ular kitobxonga matn maʼnosini qiyinlashtirib, baʼzan mutlaqo tushunarsiz qilib qoʻyadi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish