198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


-mavzu:P.Shamsiyevning o’zbek matnshunosligining shakllanishidagi o’rni



Download 3,45 Mb.
bet4/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

11-mavzu:P.Shamsiyevning o’zbek matnshunosligining shakllanishidagi o’rni.


1956 yil “Xamsa”ning to‘rtinchi dostoni “Sab’ai sayyor”ning ilmiy-tanqidiy matni nashrdan chiqqan. Kitob avvalida ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash prinsiplari haqida Porso Shamsiyevning so‘zboshi maqolasi berilgan. Maqolada ilmiy-tanqidiy matn uchun bitta tayanch va ikkita yordamchi nusxa tanlangani, shulardan ikkitasi Navoiy hayot chog‘ida ko‘chirilgani aytilgan. Nashrga tayyorlovchining fikricha, mazkur uchta nusxadan boshqa “turli asrlarda xilma-xil o‘zgarishlarga uchragan nusxalarga murojaat qilish ishni murakkablashtirib yuboradi, farqlar soni ko‘payib, tekstdan foydalanish qiyinlashadi. Bunga esa ehtiyoj yo‘q.
Chunki kritik tekst tuzishdan ko‘zda tutilgan maqsad faqat ma’lum asarning har qanday shubha va nuqsonlardan xoli bo‘lgan mustahkam va ishonchli nusxasiga ega bo‘lish, bu bilan shu asardan bemalol foydalanishga yo‘l ochishdir”.[5] Maqolada har uchala qo‘lyozmadagi yozuv bilan bog‘liq holatlar, o‘zaro farqlar va ularning ilmiy-tanqidiy matndagi shartli belgilari izohlangan. Ilmiy-tanqidiy matn arab bosma yozuvida terilgan. Har bir bo‘lim o‘n bayt-o‘n baytdan ajratilib, raqamlab chiqilgan. Nusxalardagi farqlar matn ostida berib borilgan, matn ichida ularga ishora qiluvchi belgi mavjud emas.
1963-yil Porso Shamsiyev tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matn asosida “Xamsa”ning yana bir dostoni “Farhod va Shirin” chop qilindi. Bu kitobda ham oldingi nashrdagi tartib takrorlanganini kuzatish mumkin. Farqi, muqoyasa uchun tanlangan nusxalarning soni ortgan, natijada, ularning nomlanishi biroz o‘zgarishga uchragan: asosiy tayanch nusxa; asosiy yordamchi nusxalar; yordamchi nusxalar. Shuningdek, “ish jarayonida ayrim so‘zlarning o‘qilishini aniqlashda boshqa qo‘lyozmalarga, hatto toshbosma nusxalarga ham”[6] murojaat qilingan. 1970 yilda chop etilgan “Hayratul abror” dostonining ilmiy-tanqidiy matnini tuzishda asos nusxalar soni oltiga yetib, shulardan uchtasi toshbosma nusxalar ekani aytilgan.[7]
Matnshunos yig‘ma-tanqidiy matn tayyorlashda tayanch nusxani tanqidiy kuzatuvga olmaydi. YA’ni, tayanch nusxa matni aynan ko‘chiriladi, qolgan asos nusxalar matnidagi farqli o‘rinlar ilmiy apparatda qayd etib boriladi. Xususan, 1948 yili A. N. Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining yig‘ma(svodnыy) matnini yaratdi.[9] So‘zboshidan ma’lum bo‘ladiki, asar matni Leningrad hamda Toshkent qo‘lyozmalar fondda saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma nusxa asosida tiklangan.
Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi(2095) bo‘lib, matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, boshqa nusxalar solishtirilib, ular orasidagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A. N. Kononov so‘zboshida o‘zi amal qilgan matn tuzish tamoyili xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P. Shamsiyev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini chog‘ishtirma matn deydi.[10]
Asos-matnini ilmiy-tanqidiy tamoyil bilan tuzish manbaning eng qadimiy, benuqson, to‘la deb topilgan nusxasi aniqlangandan so‘ng amalga oshiriladi. P. Shamsiyev jahon qo‘lyozma fondlarida Navoiy asarlari qadimiy qo‘lyozmalarining topilishi shoir asarlari ilmiy-tanqidiy matnlarini yaratish uchun katta imkoniyat berganligini qayd etadi.
O‘zbek matnshunosligi ravnaqini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori Porsoxon Shamsiyevning salmoqdor xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Olim o‘zbek matnshunosligining asoschilaridan biri sifatida qariyb 50 yil mobaynida mumtoz shoirlarimiz, xususan Alisher Navoiy asarlarini to‘plash, o‘rganish va nashrga tayyorlash ishlari bilan muttasil shug‘ullanib kelgan, ko‘plab asarlarning matnini yaratgan olimdir.
Porso Shamsiyev 1897 yil 10 fevralda Buxorodagi Xoja Porso mahallasida tavallud topdi. U avval mahalladagi maktabda, so‘ngra madrasada tahsil ko‘rdi. Mehnat faoliyatini o‘zi tug‘ilib o‘sgan joy – Buxoroda amirlik davridayoq ilm-ma’rifatni egallashga da’vat etuvchi maqolalari bilan boshlagan, devonda yozuv-chizuv ishlari bilan shug‘ullanar, yoshlarni xat o‘rganish, ma’rifatli bo‘lishga undar edi.
30-yillarda nashr etilib, bir qancha vaqt maktablarda darslik sifatida qo‘llanilgan “Adabiyotdan ish kitobi”, “Adabiyot darsligi”, “O‘zbek tili darsligi”, birinchi va ikkinchi “O‘qish kitobi” kabilar Porso Shamsiyevning yuqorida aytilgan ilmiy va amaliy faoliyatining isbotidir.
XX asrning 30-yillariga qadar madrasa, maktab va maorif yo‘nalishidagi muassasalarda xizmat qilgan olim 1931-1936 yillarda O‘zbekiston davlat nashriyoti, O‘quv pedagogika nashriyoti (1936-1940), O‘zFAN nashriyotida muharrir (1941-1945), Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1945-1972) lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish