198-guruh talabasi Jumabayeva Feruzaning “Matnshunoslik” fanidan tayyorlagan mustaqil ta’limi


-mavzu: Istiqlol davri o’zbek matnshunosligidagi sifat o’zgarishlari



Download 3,45 Mb.
bet13/16
Sana04.06.2022
Hajmi3,45 Mb.
#636421
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Matnshunoslik.Jumabayeva Feruza

20-mavzu: Istiqlol davri o’zbek matnshunosligidagi sifat o’zgarishlari


O‘tgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimiz hayoti, ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga ham jiddiy kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning ilmiy shakllanishiga olib keldi. 
A.S.Reyser ta’kidlaganidek, bir qancha yordamchi sohalar – editsiya, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika kabilar bilan bog‘liq holda matn tadqiq etiladi. Xususan, editsiya – hujjatli va mumtoz matnlarning ilmiy nashrini amalga oshirishdir.
Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. O‘zbek matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va metodlari mumtoz adabiyot namunalari nashr etilishi bilan bog‘liq.
Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi.
Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi.
Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy matnshunoslik. Nazariy matnshunoslik – sohaning umumiy masalalari, matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot usullari hamda asosiy tamoyillari kabi masalalarning jamlanmasidir. Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yo‘nalishini ham rivojlantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga yaqin eng asl matnini tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni bajaradi. Umuman, matnshunoslikning nazariy va amaliy ishlaridan maqsad, asarning muallif nusxasiga eng yaqin matnini yaratishdan iborat.
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil qarashlar mavjudligi kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik filologiyaning yordamchi tarmog‘i deb hisoblasalar, boshqalari matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof etishadi. Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning tarixi, amaliy va nazariy yo‘nalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan natijalari va kelajagiga bo‘lgan ilmiy doiraning mulohaza yoki fikrlarini ham ko‘rsatadi. B. V. Tomashevskiyning e’tiroficha, matnshunoslik maxsus fan emas; aniqrog‘i, fanga zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritadigan qandaydir ilmiy vositadir. Lekin matnshunoslik material bilan bevosita bog‘liq boshqa ilmiy metodlardek, faqat nazariy emas, balki amaliy maqsadni ham ko‘zlaydi.
Bu – amaliy fan, ko‘proq amaliy filologiyada namoyon bo‘ladigan alohida tur. Matnshunoslikning nazariy asoslari va metodikasini umumlashtirgan D. S. Lixachev ushbu masalada quyidagicha fikr bildiradi: “Matnshunoslik – bu fandir, uning mustaqil o‘rganish predmeti asarning matni tarixidir. Agar “yordamchi fan” istilohiga eski deb qaralmasa, u holda bu sohani yordamchi filologik fan deb yuritish mumkin bo‘ladi”. S. A. Reyserning bu xususda xulosasi shunday: “Astronomiya dengizda sayohat qiluvchilarning amaliy qo‘llanmasidan, geometriya er o‘lchash amaliyotidan fanga aylandi. Xuddi shunday – matnshunoslik ham ko‘z o‘ngimizda nashriyot xodimlari amaliy ishlaridan o‘z tadqiqot predmetiga ega bo‘lgan filologiyaning maxsus fani sifatida shakllanib bormoqda

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish