Ketma – ketli qurilmalar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt momentlari uchun, ya’ni kirish o‘zgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Ularga triggerlar, registrlar va hisoblagichlar misol bo‘la oladi.
Triggerlar – ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘zgartiradi.
Har bir trigger asosida bir-biri bilan o‘zaro kesishib ketgan teskari aloqalari mavjud bo‘lgan ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu zanjir bistabil yacheyka (BYA) deb ataladi va u ikkita turg‘un holatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |