SMISlarni uch xil usul bilan dasturlash mumkin:
HAM matritsasini o‘zgartirmasdan turib, YOKI matritsasi tuzilmasini dasturlash;
YOKI matritsasini o‘zgartirmasdan turib, HAM matritsasi tuzilmasini dasturlash;
ikkala matritsa tuzilmasini dasturlash.
Dasturlashning birinchi usuli DDXQlarni, ikkinchi usul – DMM ISlarini, uchinchi usul esa – DMMlarni tuzishda qo‘llaniladi.
Dasturlovchi elementlar bo‘lib eruvchan qayta ulagichlar hisoblanadi. Dastlabki holatda barcha simlar butun bo‘ladi. DMMga ma’lumot yozish ba’zi diolar (tranzistorlar)dan tok impulslari o‘tkazish natijasida eruvchan simlarni kuydirish orqali amalga oshiriladi. Natijada shinalar orasidagi ba’zi bog‘lanishlar uziladi. Bu jarayon dasturlash deb ataladi va maxsus tashqi qurilma – programmatorlar yordamida amalgi oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |