10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 23-mavzu Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi.
Urushda 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustamlakalaridan ayrildi.
Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib, hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi.
Duglas Makartur
1952-yilgacha Yaponiya hukumati shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shu shtabga tegishli edi. ikkinchidan, yaponlarda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirishni ko‘zlagan edilar.
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni:
birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini;
Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida 1946-yil kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi.
Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga
o‘rgatdi.
Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi.
Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning nihoyatda jadal – yiliga 11 %dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 – 1970-yillarni o‘z ichiga oladi.
Postindustrial modelning shakllanishi.
1970-yillardagi neft inqirozi
Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin
o‘zgartirishga majbur qildi.
Shu yillari Yaponiya jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlar – mikroprotsessorlar, personal kompyuterlar, sanoat robotlari va tez o‘zgaruvchan ishlab chiqarish tizimlari bilan chiqdi.
1980-yil lardan Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi.
Osiyoning yangi industrial mamlakatlari.
XX asrning 60– 80-yillarida Osiyoning bir qator mamlakatlari jadal modernizatsiyalashni
amalga oshirish orqali taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi.
Juda kambag‘al bo‘lgan Janubiy Koreyada 1970-yillardan og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. 1990-yillarga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi va postindustrial taraqqiyot elementlariga ega bo‘lib, jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egalladi.
Koreya Respublikasi.
Tayland, Malayziya, Indoneziya, Filippin Yaponiya modeli asosida kapitalistik taraqqiyot yo‘lidan rivojlanayotgan va bunda yuqori natijalarga erishayotgan ikkinchi to‘lqin davlatlari hisoblanadi. Savol va topshiriqlar 1. Urushdan keyingi Yaponiyaning ahvoliga umumiy ta’rif bering. 2. Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar o‘z oldilariga qanday maqsadlarni qo‘ygan edi? 3. Yaponiya iqtisodini isloh qilishda D. Makkartur boshchiligidagi Amerika ma’murlari qanday rol o‘ynadi? 4. Yaponiya «iqtisodiy mo‘jizasi»ning asosiy omillari nimalardan iborat edi? 5. 1970-yillarda Yaponiya iqtisodi duch kelgan muammolar nimalardan iborat edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |