10-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 21-mavzu
Buyuk Britaniya.
Buyuk Britaniya iqtisodiy va siyosiy jihatdan
kuchsizlangan holda urushdan chiqdi. Savdo flotining katta qismi yo‘qotildi, mustamlaka va dominionlardagi obro‘siga ham putur yetdi.
1949-yil Buyuk Britaniya NATOga a’zo bo‘ldi.
1951-yili o‘tkazilgan saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozondi. U. Cherchill yana bosh vazir lavozimini egalladi. Konservatorlar Buyuk Britaniyani 13 yil boshqardi.
1979-yilgi parlament saylovlari keskin siyosiy kurashlar ostida o‘tdi. Saylovchilar konservatorlarga ovoz berdi.
Margaret Tetcher.
Margaret Tetcher bosh vazir bo‘ldi. Ichki siyosatda asosiy e’tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
1979 – 1990-yillar Buyuk Britaniya tarixida «Tetcher davri» nomini oldi.
Bu davrda M. Tetcher hukumati Yevropada eng ko‘p ish o‘rinlari yaratdi.
1990-yili M. Tetcher bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga ilgari moliya vaziri lavozimida bo‘lgan J. Meyjor keldi.
J. Meyjor hukumatning neokonservatizm siyosatini davom ettirdi.
J. Meyjor
Tashqi siyosatda.
Brita niya imperiyasining qoldiq larini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend orollari
uchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda «imperiyachilik tafakkur»ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‘alaba qozondi.
Janubiy Atlantikadagi Folklend orollari.
Fransiya.
Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. 1945-yili sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajasining yarmiga ham yetmadi.
To‘rtinchi respublika.
1946-yili Fransiyaning yangi konstitutsiyasi
kuchga kirdi. Bu Yevropadagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‘ldi.
1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning ko‘pchiligi prezidentni qo‘llamadi. Sh. de Goll iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
1970-yillarning oxirida Fransiya iqtisodiyoti juda murakkab holatda edi. Shundan so‘ng sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi.
4. Fransiyaning urushdan keyingi ahvoli va rivojlanish yo‘nalishlari
to‘g‘risida gapirib bering.
5. Fransiyada To‘rtinchi respublikaning tarqalib ketishiga qanday holatlar sabab bo‘ldi?
6. Fransiyada Beshinchi respublikaning paydo bo‘lishi va mamlakat iqtisodiy hamda siyosiy holatining barqarorlashuvida Sh. de Gollning yetakchilik roli qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
7. XX asrning 80 – 90-yillarida Fransiya tashqi siyosati haqida nimalarni bilasiz?