1940 yildan boshlab fashistlar bosqinida o‘tgan to‘rt yil Fransiya uchun og‘ir sinov yillar bo‘ldi. Ozod qilingan mamlakatda eng murakkab vaziyat iqtisodiy tiklanish masalasi bilan bog‘liq edi



Download 218,5 Kb.
bet2/5
Sana28.06.2022
Hajmi218,5 Kb.
#714595
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOZILJONOV BOBUR

Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishi materiallaridan maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida tashkil etilgan tugaraklarda, fakultativ darslarda, oliy o‘quv yurtlarda jahon tarixidan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilish. Kurs ishiga kirish 3 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan iborat.
1. Qarshilik ko‘rsatish Milliy Kengashi va Fransiyaning ozod qilinishi.
Germaniya bilan tuzilgan sulh Fransiyani qismlarga ajratilishiga va surunkali ravishda talon - taroj qilinishiga debocha bo‘ldi. Gitlerchilarning qilgan ishlaridan birinchisi Somma daryosidan shimolroqda “ Belgiya va SHimoliy Fransiya harbiy gubernatorligi ” boshqaruviga berilgan “ taqiqlangan zona ” tashkil qilish bo‘ldi. Bu zonaga fransuzlarning kirishi ta’qiqlangan edi. 1940 yil kuzda Fransiyadan Elzas va Lotaringiya ajratib olindi hamda nemis fuqarolik ma’muriyati tizimiga qo‘shib olindi. Fransuz aholisini bu muzofatlardan ommaviy tarzda siqib chiqarish boshlandi. Lotaringiyadan 500 ming, Elzasdan 120 ming kishi ko‘chirib yuborildi.
Fransiya juda katta okkupatsion harajatlarni dastlab bir kunda 400 million, so‘ngra esa 550 million frankni sarflab turganiga qaramasdan, gitlerchilar Fransiyadan sanoat tovarlari hamda oziq – ovqat mollarini tashib keta boshlashdi. 1941 yil yanvar oyiga kelib, tortib olingan mulklarning narxi 25 milliyard frankni tashkil etdi. Qurol ishlab chiqaruvchi korxonalar nemislarning buyurtmalarini bajarardi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli keskin yomonlashdi. Ikki million ishchi ishdan bo‘shatildi1.
Fransiyani egallagan dastlabki kunlardanoq gitlerchilar komunistlarni ta’qib qila boshlashdi. 1940 yil senyabrida Parijda 871 komunistlar turma va konslagerlarga tashlandi. 1941 yil 15 avgust kuni nemis okkupatsion qo‘shinlari bosh qo‘mondoni SHtolpnagel aholiga qilgan murojaatida “kommunistlarni har qanday ko‘rinishda qo‘llab – quvvatlagan kimsalar havfli dushman sifatida ko‘riladi. Aybdor o‘limga mahkumdir, hukmni nemis harbiy sudi qiqaradi”, deb aytdi.
Ayni paytda nemislar fransuzlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Fransiyani ichki ma’naviy tomondan qo‘porish va zaiflashtirish uchun barcha ishlarni amalga oshirishga ko‘rsatma olishdi. Bunda albatda davriy matbuotning roli katta bo‘ldi.
Peten ma’muriyati sulh tuzilgandan so‘ng ko‘p o‘tmasdan Bordo shahridan Vishi shahriga nemis qo‘shinlari muhofazasi ostida ko‘chib o‘tdi. Bu kurort shaharchada 10 iyul kuni Milliy majlisning yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda butun hokimiyat Petenga berildi. Parlament tasdiqlagan qonunning yakkayu – yagona moddasida “ butun vakolat marshal Peten rahbarligidagi respublika hukumatiga berildi... u Fransiya davlvtining yangi konstitutsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu konstitutsiya Mehnat, Oila va Vatan huquqini kafolatlamog‘i kerak ”, deb yozib qo‘yilgan edi. 1940 yil 10 iyul kuni respublikani tugatish to‘g‘risidagi qonunni va senator va deputatlardan 569 kishi yoqlab ovoz berdi. Sakson foiz ovoz qarshi chiqdi. Oradan ikki kun o‘tgach, Peten hukumatining dastlabki konstitutsiyaviy qonunlari e’lon qilindi. U Respublika prezidenti lavozimini bekor qilib, o‘zini “davlat boshlig‘i” deb atadi. Ikkinchi konstitutsiyaviy qonunda Petenga ijroiya hokimiyati to‘laligicha tegishli ekanligi, uchinchi qonunda esa senat va deputatlar palatasi majlislari “ yangi ko‘rsatmalar ” berilgunga qadar orqaga surilishi bayon qilindi. Nihoyat Peten bosh ministr o‘rinbosari Lavalni o‘ziga voris etib tayinladi. Kelgusi yili Peten davlatning barcha mansabdor shaxslar, harbiylar va jamoat muassasalari xodimlari uchun davlat boshlig‘iga sodiqlik haqida qasamyod qilishlarini bildiruvchi qonun chiqardi. Xatto Laval ham Petenning vakolatlari sobiq qirol Lyudovik XIV vakolatlaridan kengroq ekanligini e’tirof etgan edi.
SHu tariqa Fransiyada fashistlar tartibiga monand boshqaruv shakli o‘rnatildi. Vishi hukumati Ko‘mir sanoati Markaziy qo‘mitasi “Komite de Forj” fransuz tadbirkorlari bosh konfederatsiyasi kabi birlashmalarini tarqatib yubordi. Kasaba birlashmalari, xristian mehnatkashlari Fransiya konfederatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarining faoliyati taqiqlab qo‘yildi.
1940 yil 2 dekabrda Vishi hukumati “ fransuz qishloq ho‘jaligini korporativ tashkil etish to‘g‘risida ” qonun qabul qildi. Qonun qishloq ho‘jalik ishlari, mehnatkash ijarachilari va mulkdorlarning mahalliy sindikatlari tashkil etishni nazarda tutar edi.
Angliya hukumati de Goll tashabbusini qo‘llab - quvvatladi. Yigirma sakkizinchi iyun kuni ingliz hukumati de Gollni ittifoqchilik ishini himoya qilishga qo‘shilgan barcha fransuzlarning etakchisi deb e’tirof etildi. 1940 yil ettinchi avgust kuni Angliya premer – ministri Uinstin CHerchil va SHarl de Goll fransuz qurolli kuchlarini tashkil qilish va mablag‘ bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Fransiya qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan SHarl de Goll ingliz qo‘mondonligi ko‘rsatmalariga amal qilishini ma’lum qildi1.
Angliya hududida fransuz armiyasiga ko‘ngilliklarni jalb qilish dastlab sust bordi. Fransuz muhojirlarining bir qismi de Gollni qo‘llab - quvvatlashdi. Britaniya hukumati ham generalga aytarli ko‘mak bermadi. Biroq “ Ozod Fransiya ” deb nomlangan harakat asta - sekin kengaya bordi. Agar 1940 yil iyulida de Goll ixtiyorida etti mingdan kamroq ko‘ngilli bo‘lgan bo‘lsa, noyabr oyiga kelib ularning soni o‘ttiz besh mingga etdi. General tasarrufida yigirmata harbiy kema, oltmishta savdo kemasi, mingta uchuvchi bor edi. Harakatning boshqaruv organlari ham shakkalana boshladi. Mustamlakalardan Kamerun, O‘rta Kongo, CHad va Ubangi de Gollni qo‘llab – quvvatladi. Lekin Dakarga inglizlar bilan hamkorlikda 1940 yil sentyabrda uyushtirilgan ekspeditsiya muvaffaqqiyatsizlikka uchradi.
1940 yil yigrma ettinchi oktyabrda de Goll Brazzavilda imperiya mudofaa Qo‘mitai tuzilganligini ma’lum qildi. Uning tarkibiga Hindi – Xitoy general - gubernatori Katru, admiral Myuzele, Genral de Larmin, d’ Arajnle Leklerk, CHad hududi gubernatori Ebua va boshqalar kirdi. E’lon qilingan hujjatda de Goll “ Ozod Fransiya ” harakatining asoslarini yaratib berdi. Xususan, hujjatda “ Vishida joylashgan va hukumat deb atalishiga da’vo qilayotga organ konstitutsiyaviy bo‘lib, u bosqinchilarga bo‘ysunadi. SHu sababli yangi hokimiyat Fransiya harbiy harakatlariga rahbarlik qilish vazifasini o‘z zimmasiga olishi zarur ... Men o‘z hokimiyatimni Fransiya nomidan amalga oshiriman1, ” deb yozilgan edi. 1941 yil bahorida de Goll harakati inglizlar o‘rtasida Suriyadagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq tushunmovchiliklar yuzaga keldi, chunki bu harakatlarda “ Ozod Fransiya ” ning qurolli kuchlari ham qatnashgan edi. De Goll inglizlarning Suriyada mustahkamlanib olishiga urinayotganliklaridan qattiq havotirda edi. SHunda “ Ozod Fransiya ” va Angliya munosabatlariga chek qo‘yilishiga bir bahya qoldi.
1940 yil 11 noyabr kuni Parijdagi Zafar arkasi yonida talabalar o‘tkazgan namoyish hamda 1941 yil may oyida Nor va Pa – de – Kale departamentlaridagi 100 ming shaxtyorning ish tashlashi juda qattiq aks – sado bo‘ldi. Bu departamentlar shaharlarda tashkil etilgan yashirin tashkilotlar a’zolari nemislarning omborlari va transportlariga hujum uyushtirishar, ish tashlash va namoyishlar o‘tkazishar edilar.
Konchilar ish tashlashi 16 maydan 10 iyungacha davom etdi. Debarj va Appio guruhlari bunda faol rol o‘ynadilar. Konchilarga qarshi jandarmeriya va qo‘shinlar tashlanganligiga qaramasdan, ish beruvchilar va fashistlar ma’muriyati yon bosishga majbur bo‘lib, ayrim talablarini bajarishdi.
Milliy front dasturi quyidagi vazifalarni ilgari surdi:
- demokratiya chizig‘ini yo‘q qilish;
- Fransiyadan okkupatsion qo‘shinlarni chiqarib yuborish;
- xarbiy asirlarni qaytarish;
- harbiy kontributsiyalarni bekor qilish.
1941 yil iyul oyining boshida Milliy front tuzishda ishtrok etishni bildirgan guruh va tashkilotlar vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda Milliy front tashkiliy qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘z navbatida tashkiliy Qo‘mita hamma joyda mahalliy Qo‘mitalar tuzishga da’vat qilib, ular oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo‘ydi:
- mamlakat resurslaridan foydalanishda nemis fashistlarga halal berish;
- qatag‘onlarga qarshi faoliyatni yo‘lga qo‘yish;
- fashist boskinchilariga qarshi qurolli kurashni boshlash.
SHu tariqa Qarshilik ko‘rsatish harakatiga asos solindi.
Gitlerning talabiga ko‘ra Peten Riom shahrida XXX respublikaning Delade, Blyum, Reyno kabi ministrlari ustidan sud jarayonini boshladi. Ular Fransiya mag‘lubiyati uchun to‘la javobgar deb aybdor qilindilar. Gitlerning maqsadi urush boshlangani uchun butun aybni Fransiyaga ag‘darish edi.
Gitlerchilar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga hujum boshlaganidan so‘ng ministrlar soveti raisining o‘rinbosari Darlan 1941 yil 30 iyun kuni sovet elchisiga Fransiya Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlarni bekor qilinganligini e’lon qiladi. Vishi hukumati Germaniyaga har tomonlama yordam bera boshladi. Darlan nemislarga ular harid qilgan yuk avtomobillarini Fransiya orqali SHimoliy Afrikaga yuborishga ijozat berdi. 1941 yil oxirida torpedali katerlar Ron kanali orqali o‘rta yer dengiziga olib kelindi. Rommel qo‘mondonligidagi fransuz qismlari tor – mor kilingach, Darlin Fransiyaning Tunisdagi bosh rezidentiga nemis qo‘mondoniga ko‘maklashish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Qarshilik ko‘rsatish harakati tashkilotlarining rahbarlari - d’ Astde la Vijera, Frene, Pinolar Londonga taklif qilindilar. Londoga etib kelganlar Fransiyadagi ahvoldan bu yerdagilar juda ham oz ma’lumotga ega ekanliklarini angladilar. 1942 yil oktyabrida janubiy hududning uch tashkiloti Mulen rahbarligida muvofiqlashtirish Qo‘mitai tuzishni va o‘z harbiylashtirilgan guruhlarini SHarl de Goll tayinlaydigan qo‘mondon boshchiligidagi “ maxfiy armiya ” ga qo‘shishlari to‘g‘risida kelishib olindi.1 Bu lavozimga tank qo‘shinlarining sobiq noziri General Delestren tayinlandi.
Londondagi maxfiy tashkilotlar uchun ham, ularning rahbari de Goll uchun ham 1941 – 1942 yillar qiyin kechdi. Fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilganlaridan keyin de Goll Sovet mamlakatining Angliyadagi elchisiga “ Ozod Fransiya ” Sovet Ittifoqi bilan harbiy hamkorlik o‘rnatishga taklifini aytdi. 1941 yil 26 senyabr kuni Sovet hukumati de Goll va uning “ Ozod Fransiya ” tashkilotini e’tirof etdi.
De Goll hukumatining inglizlar va amerikaliklar bilan munosabatlari o‘ta chigal va murakkab edi. Bu davrda Aqsh de Gollni va uning “ Ozod Fransiya ” sini sovuq qarshilardi. 1941 yilning oxirida de Goll Fransiyaga qarashli bo‘lgan San – Per va Mikelon orollari ustidan nazorat o‘rnatishga qaror qilganda Aqsh bilan keskin nizo ham vujudga keldi.
Angliya bilan munosabatlar birlashgan qirollikning Suriya va Livandagi siyosati tufayli keskinlashdi. SHarl de Goll 1942 yil 5 may kuni ingliz qo‘shinlari Fransiyani xabardor qilmasdan Madagaskarga tushganliklarini eshitib, Angliya bilan munosabatlarni to‘xtatishi hamda Londondan chiqib ketish haqida qat’iy ogohlantirdi. Inglizlar yon bosishga majbur bo‘ldilar va “ Ozod Fransiya ” ning vakiliga Madagaskarga kelishga ijozat berildi. 1942 yil bahorida de Goll o‘zi boshchilik qilayotgan harakatning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qilib, SSSR, Aqsh va Angliya hukumatlariga milliy Qo‘mitani “ Kurashayotgan Fransiya ” ning rahbari organi sifatida etirof etishlarini so‘radi. Biroq Angliya va Aqsh bu murojatni rad etishdi. 1942 yil 29 sentyabrda “ Kurashayotgan Fransiya ” ni e’tirof etdi. Asta – sekin “ Kurashayotgan Fransiya ” ning qo‘shinlari turli frontlardagi harbiy operatsiyalarga faolroq qatnasha boshladilar. Masalan, 1942 yil may – iyun oylarida fransuzlar Xakkeyma yonidagi jangda ishtirok etishdi.
1942 yil kuzidagi voqealardan so‘ng Peten rejimini qo‘llab – quvvatlayotgan yirik burjuaziya o‘z rejalarini o‘zgartira boshladi. Uning bir qismi Qarshilik ko‘rsatish harakatiga qo‘shilishga intildi, bir qismi esa SHimoliy Afrikaga ketdi. Fransiya hududidagi Qarshilik ko‘rsatish harakatida yangi bosqich boshlandi. Milliy ozodlik harakati asta – sekin fransuz fuqarolarining ishiga aylandi.
Stalingrad yonida Sovet armiyasi erishgan g‘alabadan so‘ng Fransiyada Qarshilik ko‘rsatish kuchaya bordi. Fashist qo‘shinlarining Sovet – Germaniya frontida tor – mor qilinishi ingliz – amerika qo‘shinlari uchun SHimoliy Amerikadan italyan – nemis qo‘shinlarini 1943 yil 7 maygacha surib chiqarish imkonini berdi. YOz oylariga kelganda SHimoliy Fransiya, Belgiya va Gollandiyada Sovet – Germaniya frontidagi mag‘lubiyatlardan ancha “ karaxt ” bo‘lgan fashistlarning 25 taga yaqin dviziyasi qolgan edi. Sentyabr oyida Korsika oroli Milliy front qurolli kuchlari tomonidan ozod qilindi. Milliy front shunda Fransiyada qurolli qo‘zg‘olon qilindi. Milliy front shunda tashkil qilish masalasini ko‘tardi. Siyosiy partiya vakillari general SHarl de Goll bilan bitim tuzib, Qarshilik harakatiga boshchilik qiluvchi yagona organ – Qarshilik ko‘rsatish Milliy Qo‘mitaini tuzish to‘g‘risida kelishib oldilar.
1943 yil 27 may kuni bosqinchilar qo‘lidagi Parijning Fur ko‘chasida Qarshilik ko‘rsatish Milliy Qo‘mitaining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.1
Qarshilik ko‘rsatish Milliy Qo‘mitai tarkibiga Qarshilik harakatining sakkizta tashkiloti, ikkita kasaba uyushmasi, markazi, oltita siyosiy partiya kirdi. Jan Mulen Qarshilik ko‘rsatish Milliy Qo‘mitai birinchi raisi bo‘ldi.
Fransuz vatanparvarlarini birlashtirish yo‘lidagi yana bir ahamiyatli natija 1943 yil 3 iyun kuni Jazoirda Fransiya Milliy Ozodlik Qo‘mitaining tuzilishi bo‘ldi. Unga ikki rais – de Goll va Jiro boshchilik qilishdi. Fransiya Milliy Ozodlik Qo‘mitaining dastlabki tarkibida Qarshilik harakatining vakillari yo‘q edi. Biroq noyabr oyida Qo‘mita qayta tashkil etildi. Jiro rais lavozimidan ketdi va qo‘shinlar qo‘mondoni etib tayinlandi. Qo‘mita tarkibiga “ Kurashayotgan Fransiya ” vakillari va Qarshilik harakatining ayrim vakillari kirdi, shu jumladan “ Koma ” guruhining rahbari Frene va “ Liberason Syud ” asoschisi Emmanuel d’ Astelar Fransiya Milliy Ozodlik Qo‘mitaining a’zosi bo‘lishdi. 1943 yil 26 avgust kuni Fransiya Milliy Ozodlik Qo‘mitai Sovet hukumati tomonidan “ Fransiya Respublikasi davlat manfaatlarining vakili ” deb e’tirof etildi. Ayni paytda Angliya va Aqsh ham Fransiya Milliy Ozodlik Qo‘mitaini tan oldi.
Peten boshchiligidagi Vishi hukumati Qarshilik ko‘rsatish harakatidan hamda ikkinchi jahon urushi frontlaridagi vaziyatning o‘zgarishidan, nemis fashistlarining mag‘lubiyat ketidan mag‘lubiyatga uchrayotganligidan xavotirga tushib qoldi. Gitlerchilar Vishi hukumati va Peten ustidan nazoratni kuchaytirishdi. 1943 yil dekabr oyining oxiridan boshlab Vishi shaxrida nemis fashistlari qo‘mondonligining ishonchli agenti, bungacha Mussolini o‘g‘irlab ketgan Otto Skorshni ikkita batalon bilan paydo bo‘ldi. Otto Skorshni Vishini o‘rab olish va Petennni ushlab kelish to‘g‘risida buyruq kutardi. 1944 yil 20 iyulda Gitlerga qarshi uyushtirilgan muvaffaqqiyatsiz fitna barbod bo‘lganidan so‘ng gitlerchilar Petenga yana ham shubha bilan qaray boshladilar. 3 avgust kuni Vishi shaxrida Peten va fitnachi nemislarga aloqa o‘rnatishga yordam berayotgan Gabriel Jante xibsga olindi. 1944 yil martida Qarshilik ko‘rsatish Milliy Qo‘mitai dastur qabul qildi. Dasturda quyidagi ishlar nazarda tutilgan edi:
- mamlakat siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qiluvchi vaqtli hukumat tuzish;
- halqlar va dushmanlar bilan hamkorlik qilgan shaxarni jazolash, ularni mol – mulkini musodara qilish;
- umumiy saylov huquqini tiklash;
- demokratik erkinlklarni ta’minlash.
Milliy-ozodlik kurashining kulminatsiyasi, ya’ni yuqori nuqtasi Parijdagi qozg‘olon bo‘ldi. Normandiya va Bretandagi janglardan so‘ng ittifoqchi qo‘shinlari poytaxtga yaqinlashib keldi. Qo‘mondonlik Parijni qo‘lga kiritishni emas, uni aylanib o‘tib, harbiy harakatlarni mamlakatning boshqa joylariga ko‘chirishni rejalashtirgan edi. Biroq 18 avgust kuni Parijda boshlangan qo‘zg‘olon ittifoqchilar rejasini o‘zgartirdi va poytaxtga qo‘shin kiritishga undadi.
SHaxarning turli joylarida yoshlar nemis qo‘shinlariga hujumlar uyushtirishdi. Ba’zi okruglarda vatanparvarlar Liriya binolari va kazarmalarini egallashdi. 12 avgustdan 19 avgustga o‘tar kechasi qo‘zg‘olonga da’vat etib chiqarilgan plakatlar shaxar bo‘ylab elimlab, ilib chiqildi. FFI otryadlari zudlik bilan bosqinchilarga qarshi harakat boshladi va qo‘zg‘olonning birinchi kuniyoq vatanparvarlar Parijning sakson kvartalidan 43 tasini egallashdi.
Ertasi kuni Elisey maydonida namoyish uyushtirildi, Parij yig‘ilishida poytaxt ozod qilinganligi sharafiga tantanali diniy marosim bo‘lib o‘tdi. Poytaxt ozod qilindi.
Parijga kelgan dastlabki soatlaridayoq de Goll qat’iy harakatlar qilib, Qarshilik ko‘rsatish vakillari bilan uchrashib, shaxar ratushasida Qarshilik ko‘rstish Milliy Kengashi va Parij ozodlik qo‘mitasi a’zolari bilan muzokaralar olib bordi
Parijda qo‘zg‘olon boshlanishidan ilgari Vishi hukumati siyosiy sahnadan tushib ketdi. Laval, Peten va boshqa shaxslarga Belfor shaxriga borish haqida buyruq berildi. Bu shaxar kolloboratsionchilar markaziga aylangan edi. Biroq bu yerda ham ular uzoq qolishmadi. Fashistlar ma’murlari farmoyishiga ko‘ra 7 sentyabr kuni Vishi hukumati a’zolari SHvarsvaldagi Zigmaringen shaxarchasiga olib ketildi. Ular fashistlar to‘la tor-mor bo‘lgunga qadar shu yerda bo‘lishdi.



Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish