1940 yildan boshlab fashistlar bosqinida o‘tgan to‘rt yil Fransiya uchun og‘ir sinov yillar bo‘ldi. Ozod qilingan mamlakatda eng murakkab vaziyat iqtisodiy tiklanish masalasi bilan bog‘liq edi


Iqtisodiyotni tiklash borasida amalga



Download 218,5 Kb.
bet4/5
Sana28.06.2022
Hajmi218,5 Kb.
#714595
1   2   3   4   5
Bog'liq
FOZILJONOV BOBUR

3. Iqtisodiyotni tiklash borasida amalga
oshirilgan ishlar.
Ikkinchi jaxon urushi va Fransiyaning Gitler Germaniyasi tomonidan okkupatsiya qilinishi, shuningdek, fransuz yirik burjuaziyaning va katta yer egalarining gitlerchilar bilan hamkorlik qilishi Fransiyaga juda katta zararlar keltirdi. Ozod etilgan paytdan boshlab uning iqqtisodiy holati cheksiz og‘ir edi. Ko‘rilgan zararlarning hajmi 4.893 milliard frankka etdi. 1944 yil kuzida sanoat mahsuloti 1938 yildagiga qaraganda 20%, qishloq ho‘jaligidagi mahsuloti esa 50% kamaydi, 2 milliondan ko‘p turar joy binolari va boshqa binolar vayron qilindi. Kapital va ishlab-chiqarish konsentratsiyasi kuchaydi. Mayda savdo - sanoat korxonalarining yarmi bekildi. Mahsulotlarni nemis - fashistlarga majburiy etkazib turish, ishchi kuchi va qurollarning etishmasligi dehqonlarni ko‘p kulfatlarga duchor qildi.
Oziq - ovqat mahsulotlari, iste’mol buyumlari, hom ashyo etishmay qoldi. Frankning qadri qimmati juda ham tushib ketdi. Qog‘oz pullar muomalada 1945 yilda 1938 yildagiga nisbatan deyarli 6 marta ko‘payib ketdi. Real ish haqi pasayib ketdi. Ish haqlarining xarid quvvati 2,5 marta pasaydi. Parijda ochlik hukm surdi. Ayniqsa ishchilar guruxi mushkul ahvolda qoldi.1
Ishchilar sinfining strukturasi o‘zgardi. Sanoat pro­letariati (ayniksa metallurgiya sanoat tarmoqlaridagi ishchilar) ko‘paydi. «Lekin aholining ko‘pchiligini ilgarigidek mayda burjuaziya (dehqon ho‘jaliklari, ijarachilar, hunarmandlar, mayda va o‘rta savdogarlar) tashkil etdi.
Fashizmga Qarshilik ko‘rsatish harakatining, mamlakat milliy ozodligi va mustaqilligi uchun kurashning fidokorona kurashchisi va avangardi Fransiya Kommunistik partiyasi edi.
Xalqning eng yaxshi farzandlaridan 75 ming kommunist halok bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi Fransiya imperializmining iqtisodiy va siyosiy pozitsiyasini juda ham bo‘shashtirib qo‘ydi. 1945 yil yozida Vetnamda milliy ozodlik inqilobi g‘alaba qildi. Vetnam Demokratik Respublikasi (VDR) tashkil topdi. Fransiya u bilan bitim tuzib Vetnam Demokratik Respublikasini tan oldi. Fransiyaning boshqa mustamlaka yerlarida (Marokash, Tu­nis, Jazoirda) milliy ozodlik harakatlari o‘sdi. 1946 yilda Fransiya o‘z qo‘shinlarini Suriya va Livandan butunlay olib chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Fransiya mustamlakachilik imperiyasi emirila boshladi. Bir necha Yevropa mamlakatlaridagi inqiloblar va yangi, sotsialistik re­jim o‘rnatilishi tufayli Fransiyaning ta’sir doirasi toraydi. Fransiyada demokratik harakatlar kuchayib ketdi. Milliy mustaqillik uchun kurashning etakchi kuchi - Kompartiyaning roli va pozitsiyasi o‘sdi. U mamlakatning birinchi, etakchi partiyasiga aylandi. Kompartiya har tomondan mustahkam bo‘lgani holda kurashning legal sharoitidan o‘tdi. Kompartiya a’zolarining soni 1939 yilda 340 ming kishi bo‘lsa, 1945 yilda 700 ming kishidan oshdi. Kommunistlar ko‘pgina ommaviy tashkilotlarning asosiy qismini tashkil etdi. Fan va madaniyatning Frederik Jolio-Kyuri, Lui Aragon kabi a toqli arboblari Kompartiyaga a’zo bo‘lib kirdilar.
Kompartiya ishchilar sinfining va barcha qat’iy kuchlarning birligi uchun, mamlakatning iktisodiy va siyosiy strukturasini o‘zgartish uchun kurashni davom ettirdi.Kompartiyaning 1945 yil iyunda bo‘lib o‘tgan X s’ezdi Fransiyani demokratlashtirish dasturini belgilab berdi va halkni ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun kurashga chaqirdi.
Ushbu Dastur urushning mashaqqatlarini o‘z boshidan kechirgan aholining hamma tabaqalari manfaatini aks et­tirdi va mamlakatning legal sharoitiga o‘tgan barcha pro­gressiv demokratik tashkilotlarni («Respublika yoshlar uyushmai», «Fransuz ayollari uyushmai», «Sobiq, partizanlar as­sotsiatsiyasi», Umumiy Mehnat Konferensiyasi va boshqalarni) Kompartiya atrofiga jipslashtirdi.
Eng kuchli ommaviy tashkilot - Umumiy mehnat konfederatsiyasi (UMK) 1945 yilda 16 ming mahalliy tashkilotga va 5 milliondan ortiq a’zoga ega bo‘ldi. Anarxo-sindakalistik qarashlardan holi bo‘layotgan va rahbarlikda kommunistlar asosiy rol o‘ynay boshlagan edi. Konfederatsiya 1945 yilda Fransiya -SSSR Kasaba uyushmalari qo‘mitasini, kasaba uyushmalarning jahon federatsiyasini tuzishda faol katnashdi. Fransiyada yana boshqa yirik va mayda kasaba uyushma birlashmalari (Xristian mehnatkashlarning Fransiya konfederatsiyasi va boshqalar) bor edi. Fransiya kasaba uyushmalarining juda ko‘pchiligi ishlab chiqarish prinsipi asosida tuzildi.1
Ozodlik, mustaqillik va demokratiya uchun kurashda fransuz ishchilari ancha kamolotga etdi. Ishchilar harakati keng ommaviy va shiddatli tus oldi. Biroq ishchilar sinfi safida (partiya va kasaba uyushmalar bo‘yicha) birlikning bo‘lmaganligi — ishchi harakatlarining bo‘sh tomoni bo‘lib qolaverdi.
Mamlakatning endigi siyosiy tartibi masalasida Ta’sis majlisida munozara kuchayib ketdi. Burjua partiyalari 1875 yilgi Konstitutsiyani tiklashni, de Goll esa par­lament xuquqlarini cheklab, hokimiyatni prezident qo‘lida markazlashtirishni, yakka hokimiyatlik diktaturasini talab qildi. Kommunistlar chinakam demokratik respublika rejimini o‘rnatishni talab qildilar. Kuchlar nisbati pre­zident foydasiga bo‘lmadi. 1946 yil yanvarida de Goll iste’foga chiqdi. (1946 yil noyabrigacha hukumatga o‘ng sotsialist F. Guen, so‘ng de gollchi J. Bido boshchilik qildi.)
1946 yil aprelida Ta’sis majlisi yangi konstitutsiya loyihasini qabul qildi. Loyihada kommunistlar taklif ( etgan progressiv tomonlar bo‘lganidan reaksiya kuchlari AQSH monopolistlarining va Vatikanning yordamiga tayanib, ushbu konstitutsiya loyihasiga, demokratiyaga qarshi kurashni kuchaytirdilar. O‘sha yili 5 mayda o‘tgan referendumda bir oz ko‘proq ovoz bilan konstitutsiya loyihasi ma’qullanmadi. SHundan keyin 2 iyunda Ta’sis majlisining o‘ziga qayta saylov o‘tkazildi, unga yana ko‘proq reaksionerlar kirib oldi. Sotsialistlar 300 mingdan ortiq ovoz yo‘-qotdilar. Lekin kommunistlar olgan ovozlar 5 million 200 mingga etdi. Konstitutsiya masalasida kurash davom etib, 1946 yil sentyabrida progressiv ahamiyatga ega bo‘lgan Konstitutsiya loyihasi qabul qilindi. 13 oktyabr referendumida u ma’qullandi. Konstitutsiya Fransiyani demokra-tik respublika (IV respublika) deb, mustamlakay erlari bilan esa Fransiya uyushmasi deb, e’lon qildi.
Konstitutsiya Fransiyani «yagona va bo‘linmaydigan dunyoviy demokratik va ijtimoiy respublika» deb e’lon qildi; xalq ommasining suverenitetini va bir qator demokratik huquq va erkinliklarni, xotin-qizlarning erkinliklar bi­lan hamma sohada teng xuquqqa ega bo‘lishini, mehnat qilish majburiyatlarini, ish tashlash va mehnat qobiliyatini yo‘-qotganda davlat yordamini olish huquqlarini, ozodlikni Himoya qilgani uchun ta’qib qilinayotgan ajnabiylarga boshpana berilajagini bayon qildi va milliy, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan hamma korxonalar mulkini jamiyat mulki bo‘lishi kerak deb ko‘rsatdi; iqtisodni rejalashtirish va korxonalarni boshqarishga ishchilarni jalb etish kerakligini ta’kidladi. Konstitutsiya bosqinchilik urushlarini taqiqladi va tinchlik siyosati yuritish lozimligini ko‘rsatdi.
Konstitutsiyaga muvofiq qonun chiqaruvchi oliy organ ikki palatali parlament, ya’ni Milliy majlis va Respub­lika Soveti bo‘ldi. Milliy majlis qonunlarni chiqarish, byudjetlarni qabul qilish, hukumatga ishonch bildirish, sulh shartnomasini tuzish, xalqaro siyosat hujjatlarini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ldi. U to‘g‘ri saylov asosida 5 yilga saylandi. Saylov huqukidan 21 yoshga etganlargina foydalanadi. Respublika Soveti ikki tabaqali saylov aso­sida 6 yilga saylandi. Sovet qonun loyihalarini kuchga kirishini kechiktirish huquqiga ega bo‘ldi.
Respublika boshlig‘i — Prezident Milliy majlis va Respublika Sovetining qo‘shma majlisida 7 yil muddatga saylanadi. Prezident ikkinchi marta ham saylanib, o‘z o‘rnida qolishi mumkin bo‘ldi. Ijroiya organi — Ministrlar Sovetining raisi Prezident tomonidan tayinlandi.
1946 yil konstitutsiyasi kapitalistik dunyoda eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‘ldi. Konstitutsiya xalq ommasining istaklariga to‘la javob bermadi. Konstitutsiyada aytilgan ko‘p huquqlar ham amalga oshmay qoldi.1
1946 yil 10 noyabrda Milliy majlisga saylovlar o‘tkazildi. Kompartiya 6 millionga yaqin ovozga va 182 mandatga, sotsialistik partiya esa 3 million 431 ming ovozga v a 102 mandatga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaga muvofiq kommunist siyosiy arbob hukumat boshlig‘i lavozimini egallashi mum­kin edi. Lekin burjuaziya va uning sotsialist sheriklari buni istamadilar. Sotsialistlar bu gal ham kommunistlar bilan hamkorlik qilishdan, birga hukumat tuzishdan bosh tortdilar.
Leon Blyum boshchiligida sotsialistlardan yangi muvaqqat hukumat tuzildi. (1946 yil dekabri—1947 yil yanva­ri.) 1947 yil yanvarda sotsialist Vensan Oreol respublikaning prezidenti qilib saylandi va sotsialist Pol Ramade boshchiligida hukumat qayta tuzildi. Hukumat tarkibiga 5 ta kommunist kiritildi. Lekin kommunistlarning asosiy ministrliklarga rahbarlik qilishlariga yo‘l qo‘yilmadi.
O‘ng sotsialistlarning ajratuvchilik siyosati reaksiya kuchlarining demokratiya kuchlariga qarshi hujumga o‘tishini engillashtirdi.
O‘ng sotsialistlar va ular boshchiligida bo‘lgan hukumatlar mexnatkashlarining turmush darajalarini yaxshilash choralarini ko‘rmadi, ish haqlarini oshirmadi. Avvalo L. Blyum hukumati o‘z imperiyasini saqlab qolish tashvishida mustamlakachilik urushlari yo‘liga kirdi. 1946 yil martida Laosga qarshi, 1946 yil oxirida Vet­nam xalqiga qarshi mustamlakachilik, bosqinchilik urushini boshlab yubordi. Urush Kambodjeda ham olib borildi. P. Ra­made hukumati de Gollning mustaqil tashqi siyosat yo‘lidan voz kschdi. 1947 yil martida Angliya bilan o‘zaro yordam haqida shartnoma tuzdi. Bu rasman Germaniya tomonidan bo‘ladigan agressiya xavfiga qarshi, amalda esa G‘arbiy Yevropa davlatlarini separativ birlashtirishga qaratildi. Fransiya Rur ustidan xalqaro nazorat qilishdan va reperatsiya yuzasidan olinadigan Rur ko‘miridan G‘arbiy Germaniya foydasiga voz kechdi. Angliya va AQSH bilan birgalikda avvalo Fransiyannng o‘zi uchun xavfli bo‘lgan G‘arbiy Germaniya harbiy sanoatining va militarizmining tiklanishiga keng yo‘l ochib qo‘ydi. Fransiya iqtisodiga Amerika kapitali ko‘plab kirib bordi. 1946 yil yozida AKSHdan olnngan zayom hisobiga Amerika tovarlaridan olinadigan boj haqi bekor qilindi. Fransiya AQSHdan moliyaviy yordam so‘radi. Milliy majlisda shu masalada kommunistlar bilan sotsialistlar o‘rtasida kelishmovchnlik keskinlashdi. Sotsialistlar kommunistlarni hukumatdan chetlatish yo‘liga tushdilar. AKSH prezident Trumen Fransiya hukumati tarkibidan kommunistlarning chiqarilishnni talab kildi.


Xulosa

Gitlerchilar va ularning ittifoqchilari egallab olgan hududlarda keng avj olgan Qarshilik harakati ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakat va halqlarning fashizmga qarshi kurashining bir qismi bo‘lib, ushbu harakat urush jihatiga, xarbiy hatti – harakatlarni muntazam armiyalarning harbiy operatsiyalari bilan muvofiqlashtirib olib borgan partizanlar otryadlari va Milliy qo‘zg‘olon rahbarlari hmda ishtirokchilari dunyoni gitlerchilar bosqini va fashizmdan halos qilish ishiga munosib xissa qo‘shdilar.


Biz kurs ishimizda Qarshilik harakatini shartli ravishda to‘rtta davrga bo‘lib, taxlil qildik:
Birinchi davr – Fransiyaning taslim bo‘lishidan Germaniyaning Sovet Ittifoqiga hujum boshlashigacha bo‘lgan davr – 1940 yil iyun – 1941 yil iyun.
Ikkinchi davr – Sovet qo‘shini Stalingrad ostonalarida hujumga o‘tishi, ingliz – amerika qo‘shinlarining SHimoliy Afrika sohillariga
tushirilishi davri – 1941 yil iyun – 1942 yil noyabr.
Uchinchi davr – 1942 yil noyabr oyida boshlanib, ingliz – amerika qo‘shinlarining 1944 yil 6 iyunda Fransiyaga kirib kelishi bilan tugallanadi.
To‘rtinchi davr – ittifoqchilar ingliz – amerika qo‘shinlarining Fransiyaga kirib kelishidan tortib 1944 yil sentyabrgacha, ya’ni Fransiya ozod qilingungacha bo‘lgan davr bilan tugaydi. Bu Milliy qo‘zg‘olon davri bo‘lib, Qarshilik harakati kuchlari Fransiyaning katta bir qismini o‘zlari ozod qilishdi.
Qarshilik harakatining asosiy bo‘limlari faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu harakat keng qamrovli va murakkab harakat bo‘lgan. Unda aholining turli qatlamlari vakillari ishtirok etib, o‘z manfaatlari harakat doiralariga ega bo‘lishgan. Ushbu harakat katta yo‘lni bosib o‘tdi va faoliyatining so‘ngi bosqichida dastlabki davr 1940 – 1941 yillardan ancha farq qiladi.
Fransiya Qarshilik harakati o‘z faoliyatining barcha bosqichlarida umummilliy harakat bo‘lgan. Bu harakatda ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, mayda burjuaziya, o‘rta burjuaziyaning bir qismi ishtirok etdi. So‘ngi bosqichda ularga yirik burjuaziyaning ham bir qismi qo‘shildi. Bunga asosiy sabab Ikkinchi jahon urushida yuz bergan tub burilish, ya’ni gitlerchi qo‘shinlarning Stalingrad ostonalarida tor – mor qilinishi, ingliz – amerika qo‘shinlarining SHimoliy Afrika sohillariga tushirilishi, Vishi hukumatining qulashi, general SHarl de Goll va uning “ Ozod Fransiya ” harakatining nufuzi oshgan edi.
Fransiyadagi Qarshilik harakatida so‘l guruh “ Liberason Syud ”, “ Liberason Nor ” qisman “ Fraen – Tirer ” kabi tashkilotlardan iborat bo‘lib, ular mamlakatni ozod qilish uchun kurashni, demokratik erkinliklarni tiklash va kengaytirish uchun kurash bilan uyg‘unlashtirib olib borish zarur, deb hisoblashardi.
Fransiyadagi Qarshilik harakatida o‘ng guruhga OSM, “ Komba ”, “ Defon de lya Frans ”, keyinchalik de Goll boshchiligidagi “ Ozod Fransiya ” harakati kirgan. Harakatning asosiy maqsadi Fransiyani fashistlardan ozod qilish edi. Bu harakat albatta Milliy ozodlik harakati edi. Bu harakatning faoliyati natijalari Fransiyaning milliy mustaqilligini va hududiy birligini tiklash bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Fransiya endi o‘zining oldingi shuhrati va siyosiy nufuzini tiklashag kirishdi.

Download 218,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish