4. Misrliklarning dini va e`tiqodi haqida. Misrliklar eng qadimgi davrdan boshlab milodning III–IV asrlarigacha uzoq tarixiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tganlar. Ular turli fanlar sohasida ancha bilimlarga ega bo`lsalar ham hali tabiat hodisalari oldida ojiz edilar. Ular, Nil toshqini, zilzilalar, Sahroi Kabir tomondan esadigan qum bo`ronlari, momaqaldiroq, sayyoralar va yulduzlarning harakatida qandaydir g`ayritabiiy kuch bor deb tasavvur qilganlar.
Bu hodisalar misrliklarning dini va e`tiqodida o`z ifodasini topgan. Qadimgi misrliklarda fetishizm, totemizm, animizm, quyoshparastlik, podshoni ilohiylashtirish va diniy e`tiqodning boshqa shakllari keng tarqalgan edi.
Fetish e`tiqodi. Fetish eng qadimgi va qadimgi davrga xos e`tiqodlardan biridir. Misrliklar e`tiqodicha fetish buyumlar sehrli va muqaddas hisoblangan. Misrda juda qadim zamondan boshlab ma`buda Neytning muqaddas ramzi bo`lgan o`q-yoyga topinganlar. Shuningdek xudo Sopduning «o`tkir» tishlariga, xudo Uxning pay va tasmalar bilan bezatilgan hassasiga, xudo Minaning yog`ochdan ishlangan buyumiga sig`inganlar.
Shunday qilib, qadimgi misrliklarda xudolarning ayrim buyum-larini sehrli deb hisoblab, ularga topinish fetish e`tiqodi deyiladi.
Tabiatga sig`inish. Tabiatdagi buyumlar va hodisalarga sig`inish misrliklarning qadimgi e`tiqodlaridan biri hisoblanadi. Misrdan g`arb tomonda ulkan Sahroyi Kabir cho`li yastanib yotadi. Vaqt-vaqti bilan cho`1 tomondan Nil vodiysiga qum aralash dahshatli dovul esib turgan. U tomonlarda har turli yirtqichlar izg`ib yurgan, hayvonlar odamlarga, ekin maydonlariga ko`plab zarar keltirgan. Cho`lda yashagan ko`chmanchi qabilalar esa vodiyga bostirib kirib, talonchilik, odamlarni o`ldirib vahshiyliklar qilganlar. Qadim zamondan boshlab misrliklar tog`larga, muqaddas toshlarga si-g`inganlar. Misr dehqonlari va aholisi «Muqaddas yer» xudosi Jebni, suv xudosi Nunni ilohiylashtirganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi bo`lib ko`ringan.
Misrliklar Nil daryosini ilohiylashtirib uni Xapi deb ataganlar. Suvni muqaddas bilib va ilohiylashtirib, unga topinish hamma uchun muqaddas burch bo`lgan. Suv xudosi boshi ajdaho, tanasi odam qiyofasida ifoda etilgan.
Misrliklar quyosh va uning yerdagi ramzi olov-o`tni ham ilohiylashtirganlar. Rivoyatga ko`ra tanasi odam, qarchig`ay boshli Quyosh xudosi Ra xudolar podshosi hisoblangan. U har kuni oltin qayiqchasida osmonni kezib chiqadi va g`arbga tushadi. Misrliklar Raga atab ibodatxonalar qurganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |