1918 – 1939 yillarda Amerika Q’oshma Shtatlari
R e j a:
1. Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.
2. 20 – yillarda AQSHning tashqi siyosati.
3. 30 – yillarda AQSHning tashqi siyosati
4. AQSHning tashqi siyosatining xalqaro maydondagi roli.
AQSH birinchi jahon urushiga 1917 – yilning aprel oyida kirgan edi. Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1917 – yilning yozidan ishtirok etdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurol – yarog’ va oziq – ovqat mahsulotlari sotdi. Urush yillarida Qo’shma Shtatlar monopoliyalari 35 mlrd. Dollar miqdorida sof daromad ko’rdilar. Ayni paytda Yevropa davlatlari AQSH dan katta miqdorda qarz olishga majbur bo’ldilar.
AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914 – yilda 2,3 mlrd. Dollarni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1920 – yilda 8 mlrd. Dollarga yetdi. Eksport importdan 4 mlrd. Dollar ortiq bo’ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli 50 foizi to’plandi.
1920 – yilga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keldi. Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markaziga va jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi.
Birinchi jahon urushi natijasida AQSH dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Amerika kompaniyalari Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol-yarog’ va oziq-ovqat yetkazib berdi. Ko’plab Yevropa mamlakatlari AQSHdan urush olib boorish uchun kredit oldilar va urushdan so’ng AQSH oldida qarzdor bo’lib qoldilar. Amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollardan ortiq sof daromad oldilar. Bundan tashqari, Yevropadagi 20 mamlakat AQSHdan 10 mlrd. dollar qarzdor bo’lib qoldi.Ular har yili AQSHga kamida 1 mlrd. dollardan to’lab turishlari lozim edi.
Birinchi jahon urushidan so’ng millionlab oddiy amerikaliklarning ahvoli deyarli o’zgarmadi. Yirik sarmoya daromadlarining o’sishi ularning moddiy ahvoliga hech qanday ta’sir ko’rsatmadi. Jamiyatning boy va qashshoq tabaqalari daromadlari orasidagi farq mamlakatda ish tashlashlar avj oldi, ishchilar sinfining faolligi jihatidan AQSH G’arb mamlakatlari orasida yetakchi o’ringa chiqdi.
Mamlakatda ishlab chiqarish hajmi o’sdi. Ayrim sohalar-avtomobilsozlik, rezina, kimyo, po’lat quyish sanoatlari, shuningdek, kemasozlik, elektrotexnikada ayniqsa yuqori natijalarga erishildi. Ular AQSH sanoatining o’zagini tashkil qildilar. Olti yil ichida 1914 yildan 1920 yilgacha mamlakat milliy boyligi 2,5 baravar oshdi. Boshqa ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha AQSH
2. 20-yillarda AQSHda boshlangan yangi ishlab chiqarish-texnika inqilobi o’zi bilan birga yangi ijtimoiy puch xayollarning oqimini olib keldi. 1922 yilda AQSHda ishlab chiqarishning o’sishi boshlandi. Avtomobilsozlik, samolyotsozlik, radio, elektrotexnika sanoatlari jadal sur’atlarda rivojlandi. O’sish yangi texnikaviy asosda, eng yangi texnika uskunalari, konveyer tizimi, standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo’li bilan amalga oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish usuli keng qo’llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o’sish ro’y berdi.
Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917 yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929–33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933 yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida F. Ruzvelt (1933– 45 yillarda AQSh prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi.
Dunyoning turli mamlakatlariga bevosita mablagʻ sarflash koʻpayib bormoqda. Eksportda ham, importda ham tayyor mahsulot ustun. AQShdan sanoat va energetika mashina-uskunalari, transport vositalari, kimyo tovarlari, toʻqimachilik va qogʻoz mahsulotlari, koʻmir, oziq-ovqat va yembop don, soya, paxta, tamaki va boshqa mahsulotlar chiqariladi; neft va neft mahsulotlari, ruda va metall, sanoat mashina-uskunalari, uzoq muddat foydalaniladigan roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, poyabzal, yogʻoch, qogʻoz, baliq, goʻsht, qand-shakar, kofe va boshqa keltiriladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari – Kanada, Yaponiya, Meksika, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi – Amerika dollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |