1916 milliy ozodlik harakati
Reja:
1. Mustaqillik yillarida 1916 yilgi milliy
–
ozodlik harakati haqida yangi izlanishlar.
2.
“Bosmachilik harakati va uning
mohiyati
” haqida yangicha qarash va
xulosalar.
3. Kurashning sabablari
◼
1916 yil xalq qo’zg’oloni.
Birinchi jahon urushi unda
ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasini tobora holdan
toydirmoqda edi. O’n minglab askarlar jangda qurbon
bo’ldilar. Talvasaga tushgan Rossiya Oliy Bosh
qo’mondonlik shtabi harbiy vazirlikdan «armiya ehtiyojlari
uchun salmoqli miqdorda kuch ajratishni» zudlik bilan
talab qildi. Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan
to’plashga umid bog’ladi.
Mustaqillik yillarida 1916 yilgi milliy
– ozodlik
harakati haqida yangi izlanishlar
Respublikamiz olimlarining matbuotdagi chiqishlari,
davra suhbatlari, ilmiy anjuman, maqolalar va ilk risolalar
nafaqat ilmiy jamoatchilikda, balki keng xalq ommasi,
yosh avlod ongida bu tarixiy hodisa haqida
to`g’ri
bilimlarning shakllanishiga asos soddi. Biroq, bu borada,
ya`ni 1916 yil
qo`zg’olonini chuqur, haqqoniy tarixini
batafsil, ilmiy asosda atroflicha yoritish borasida amalga
oshirilishi lozim bo`lgan ishlar talaygina. Muammoning
hali qator masalalari o`z echimini kutmoqtsa.
Bu masalalar quyidagilardan iborat:
◼
Natijada Rossiya imperatori Nikolay II 1916
yil 25 iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi
19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan
erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun
safarbar qilish to’g’risida farmon chiqardi.
Turkiston general-gubernatoriga zudlik
bilan farmonni amalga oshirish buyurilib,
Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming,
Samarqandga 38 ming, Farg’ona
zimmasiga 50 ming kishi yuborish
majburiyati yuklandi. O’lkada safarbar
qilinuvchilarning ro’yxatlari tuzila boshlandi.
◼
Xalq bu tadbirga «mardikorlikka»
olish deb nom berdi. Mahalliy
ma’muriyat mardikorlikka
chaqirishni boylik orttirish vositasiga
aylantirdi. Boylarning o’g’li pul bilan
qutulib qolar, kambag’al oilalar esa
yolg’iz o’g’ildan, boquvchisidan
ayrilar edi.
•
Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi.
Petrograddan ba’zi tabaqadagilar tovon evaziga
mardikorlikdan ozod qilinishi mumkinligi to’g’risida
qo’shimcha ko’rsatmalar etib kelganidan keyin xalq
noroziligi qo’zg’olonga aylanib bordi. 4 iyulda Xo’jand
shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unda
dehqonlar, mardikorlar,chorakorlar, ayollar - jami 3000
dan ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor
bermaymiz!» shiori ostida o’tdi.
▪
Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga
tosh yog’ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib
politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi, ikki
kishi o’ldi, bir kishi yarador bo’ldi. Xo’jand voqeasi
haqidagi xabar butun Turkistonga yoyildi. 5 iyulda
Samarqand uezdining Urgut qishlog’ida g’azabga
kelgan 2000 kishilik dehqonlar volost boshqaruvining
mahkamasi oldiga to’plandi. Mahkama xodimlari
kaltaklandi. O’sha kuni Samarqand uezdining Siyob,
Mahalla, Xo’ja Ahror va Angar volostlarida ham
namoyishlar bo’lib o’tdi.
◼
11 iyulda Toshkentda katta
g’alayon boshlanib ketdi.
Hunarmandlar, ishchilar,
shahar kambag’allari va shahar
atrofidagi dehqonlar
Beshyog’ochdagi politsiya
boshqarmasi tomon yo’l
oldilar. Bu erda
qo’g’olonchilarning katta
guruhi to’plandi.
Namoyishchilar «bolalarimizni
bergandan ko’ra o’zimiz
o’lganimiz yaxshiroq, podsho
o’lib ketsin» deya maydonni
larzaga keltirib qichqirdilar.
Mahalliy aholi faollaridan Yo’lchi Ibrohimov (ko’nchi),
G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi
Musaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga
qarshi qat’iy kurash boshlashga da’vat etdilar. «Ur,
politsiyachilarni!» degan qichqiriqlar bilan boshqarmaga
hujum qildilar. Qamal va otishma boshlanganidan bir
soat keyin yordamga jazo qo’shini etib keldi. Kazak
qismlari 5 kishini otib o’ldirishdi, 15 kishi yarador bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |