III. Yangi mavzu bayoni (Klaster metodi, Asisment texnologiyasi, ,,Teskari test’’ usullarilidan foydalangan holda yangi mavzu bayon etiladi).
Keling o’quvchilar darsimizni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevninh mustaqilligimizning 30 yilligida so’zlagan ma’ruzasidan boshlaymiz.
Bugun yurtimizda ulug‘ bayram, katta tantana. Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi jonajon vatanimiz istiqlolining shonli o‘ttiz yillik to‘yini zo‘r shod-u xurramlik bilan nishonlamoqda.“Yangi O‘zbekiston” deb nom olgan mana shu muazzam bog‘da biz bugun birinchi marta Mustaqillik bayramini o‘tkazmoqdamiz.
Shu munosabat bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning samimiy va eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Barchamizga ayonki, el-yurtimiz asrlar davomida ozod va erkin hayotni, adolatli jamiyatni orzu qilib yashadi. Bu muqaddas maqsad yo‘lida jon olib, jon berib kurashdi, mashaqqatli sinovlarni mardona yengib o‘tdi.
Xalqimiz qalbidagi hurriyat sari ezgu intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi. Bunga ko‘hna tariximizning o‘zi guvoh.
1991-yil 31-avgust kuni mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yuz yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulug‘ orzusiga erishdi – o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi.
Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, butun xalqimiz O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir.
Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi.Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar barpo etildi.
Milliy valyutamiz – so‘m joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz tiklandi.
Muxtasar aytganda, ko‘pni ko‘rgan xalqimiz o‘zining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursat ichida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi.
Mana shunday buyuk tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib qilganidan ko‘pchilik vatandoshlarim qatori men ham baxtiyorman.
Tarixda hech bir xalq yoki millat o’z ozodligi va mustaqilligini osonlik bilan qo’lga kiritmagan. Buni jahon tarixi, jumladan, yurtimiz tarixi ham isbotlaydi. Bizning ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz qadim tariximiz davomida necha bor yovuz bosqinchilar hujumiga duch kelib, Vatanimiz ozodligi uchun kurash olib borganlar. Masalan, To’maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Mahmud Torobiy, Amir Temur singari mard va bahodir sarkardalarimiz boshchiligida yovlarga qarshi qilingan jangu jadallar, so’nggi 130 yildan ortiqroq davom etgan istibdod davridagi ozodlik kurashlari, jadid bobolarimizning xalqimizni jaholat va mustamlakachilik domidan xalos etish yo’lidagi ma’rifiy harakatlari bu fikrning tasdig’idir.
2016-yil 4-dekabrda birinchi prezidentimiz bilan yelkama-yelka yurgan, doimo xalq manfaatlari uchun jon kuydirgan O’zbekiston o’g’loni Shavkat Mirziyayev Miromonovich prezidentlik saylovida g’olib chiqdi va O’zbekiston Respublikasi prezidenti deb e’lon qilindi.
Bu yil 2021 yil davlatimiz prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ““2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”deb e’lon qilindi.
Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarda buyuk bunyodkorlik ishlari jadal olib borilayotganligi tushuntiriladi.
Qisqacha mazmuni tushuntirib berish orqali bilim, ko’nikma, malakalari kompetensiyalar orqali to’ldirilib mustahkamlanadi.
Sinf taxtasiga “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori yozilgandan so`ng, o`quvchilar e`tiborini , eng avvalo, tumanimizda mustaqillik aksi qanday ifoda etayotganligi haqida suhbat uyushtiriladi. Xalqimizning tarixiy yutug`i Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu yana bir bor o`z ifodasini topmoqda. Bularning barchasi istiqlol, bugungi ozod va erkin hayot, musaffo osmon o’z-o’zidan kelmagani, ular asrlar davomida olib borilgan kurashlar mahsuli ekanidan dalolat beradi. Ma’lumki, jonajon Vatanimiz jahon madaniyatiga buyuk va beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, aziz-avliyolar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan ham ma’lumu mashhurdir.
Prezidentimiz raisligida 2019-yil 19-mart kuni o’tkazilgan yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda 5 ta muhim tashabbusni belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |