19. Mavzu: Zamonaviy o‘qitishning pedagogik-psixologik texnologiyalari


Pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning ijtimoiy-psixologik tomonlari



Download 28,08 Kb.
bet14/14
Sana28.05.2020
Hajmi28,08 Kb.
#57327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3.Pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning ijtimoiy-psixologik tomonlari.
Dastur asosida ta’lim berishdan maqsad ta’lim jarayonining asosiy qonuniyatlariga tayanib ta’lim berish va bu ishni boshqarish uchun eng qulay shart – sharoit yaratishdir.

Ta’lim jarayoni individuallashtiriladi. Har bir o‘quvchi o‘z individual imkoniyatlariga yarasha mustaqil ish olib boradi. Ta’lim mazmuni, bilim berish va uni uqib olish, malaka hamda ko‘nikmalar hosil qilish jarayonlari dasturlashtiriladi. Ta’limni dasturlashtirishda avvalo o‘quvchilar mazkur mavzuni o‘rganish natijasida qanday bilim, malaka va ko‘nikmalar hosil qilishlari kerakligini, mazkur mavzu materiallarini uqib olish uchun o‘quvchilar ilgari olgan bilimlari hamda hosil qilgan malaka va ko‘nikmalaridan qaysi biri bevosita mazkur fanni va aralash boshqa fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lishini aniq belgilab olish nazarda tutiladi.

Mana shundan kelib chiqib, mavzu mazmuni qismlarga taqsimlanadi, bu qismlardan har biri uqib olish va nazorat qilishni taqozo etadigan yangi materialning tugallangan bir bo‘lagi hisoblanadi.

Bilim hosil qilish va malakalar tarkib toptirish jarayonini dasturlashtirishda o‘quv materialini uqib olish uchun o‘quvchining qanday aqliy va jismoniy ishlar qilishi lozimligini belgilab olish nazarda tutiladi. Buni ishlab chiqarish ta’limiga tadbiq etish – mehnat usullari, operatsiya va jarayonlar, mashqlarni bajarish metodikasi talablariga rioya qilingan holda tanlangan va bajariladigan jarayonlar, shuningdek, o‘z oldiga qo‘yilgan savollarga javob topish, javoblarni ta’riflab berish uchun o‘quvchi bajaradigan taqqoslash, analiz, turli hisoblash – o‘lchash singari bilim olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlar yuqorida aytib o‘tilgan aqliy va jismoniy harakatlar jumlasiga kiradi. Qo‘yilgan masalalar o‘rganilayotgan mehnat usullari, operatsiyalar va jarayonlarning taxminiy negizini o‘quvchilar tomonidan faol ravishda va to‘la uqib olinishini ta’min etish kerak.

Har bir elementning uqib olinishi ustidan nazorat o‘rnatish va bundan avvalgi elementni muvaffaqiyat bilan bilib olgandan keyingina navbatdagi element ustida ishlashga kirishish – dastur asosida ta’lim berishning eng zarur tarkibiy qismidir.

Dastur asosida ta’lim berish o‘quvchilarning o‘quv materialining har bir elementi sohasidagi topshiriqlarni bajarishlari va ularni uqib olishlari ustidan nazorat o‘rnatish singari ishlar o‘qituvchining bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilishini taqozo qiladi.

Dastur asosida bosilib chiqqan o‘quv qurollari va o‘qitish uchun yasalgan mashinalar dastur asosida ta’lim berishning asosiy vositalaridir.

Dastur asosida ta’lim berish professional – texnika bilim yurtlarida nazariy ta’lim sohasida nisbatan ancha keng, ishlab chiqarishda esa ancha torroq ko‘lamda olib boriladi.

Agar nazariy ta’limni dasturlashtirish paytida bosma qo‘llanmalar va eng oddiy mexanik elektron mashinalari yordamida o‘quv materialining har bir elementini o‘rganish va uni uqib olish ustidan nazorat o‘rnatishga, ya’ni bu ishlarni o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz amalga oshirishga erishilsa, ishlab chiqarish ta’limini, ayniqsa xarakat hamda hunar malakalarini tarkib toptirish jarayonlarini dasturlashtirishda quruq so‘zlardan iborat matnning o‘zi va grafik usulda tayyorlangan eng oddiy ko‘rgazma vositalarining yolg‘iz o‘zi kamlik qiladi. Bu yerda navbatdagi elementni avtomatik tarzda namoyon qilish uchun o‘qitadigan mashinalar lozim bo‘ladi, ularda kinofragmentlardan, avtomatik nazorat o‘rnatish uchun esa elektron apparatura bilan jihozlangan mashinalardan foydalaniladi. Hozir mana shunday mashinalar mavjuddir, biroq ular qimmat va murakkab mashinalar bo‘lganligidan hozircha ulardan ommaviy ravishda foydalanib bo‘lmaydi.

O‘quv ustasi aslida ishlab chiqarish ta’limi yuzasidan dasturlashtirilgan o‘quv qo‘llanmasi hisoblangan o‘quv kartalari – topshiriqlari yordamida beriladigan muqaddima tarzidagi yo‘l – yo‘riqni zarur bo‘lib qolgan hollarda maxsus asboblar va trenajyorlardan foydalangan holda an’anaviy metodlar bilan olib boradi.«Qadam-baqadam» nazorat qilib, topshiriq qanday bajarilayotganligini tekshirib boradi. Ba’zi hollarda o‘quvchilarning bir – birlarini nazorat qilish metodidan ham foydalanish mumkin.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, aqliy funksiyalarni, ya’ni texnologiya jarayonlarini rejalashtirishda, buzilgan joylarni qidirib topishda va xokazolarda dastur asosida ta’lim berish juda yaxshi samara beradi. Buning uchun dasturlashtirilgan bosma qo‘llanmalar ham, uncha murakkab bo‘lmagan o‘qitish mashinalari – trenajyorlar ham qo‘llaniladi.

Professional – texnika ta’limi sistemasidagi o‘quv yurtlarida turli xil o‘qitish dasturlari va texnika vositalari yaratish hamda joriy ish yuzasidan ham katta amaliy ishlar qilingan. Kasb-hunar kollejlarida o‘qitishga xizmat qiladigan mashinalarning har xil tiplari ko‘plab ishlab chiqilgan, ularning rasmiy joriy qilingan dastur (liniyali va shaxobchali) turlari, qarshi aloqani yo‘lga qo‘yish (tayyor javoblarni konstruksiya qilish yoki tanlash) xarakteri, qanday maqsadda foydalanilishi (trenajerlar, ekzamenatorlar, repetitorlar) turlari bilan bir –birlaridan farq qiladi.

Dastur asosida ta’lim berish texnikaviy vositalari ehtimol tutilgan turlari hamda tiplarining shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, amalda o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarib turish, ularning bilimini nazorat qilish va amaliy ko‘nikmalarini o‘stirish uchun faqat bir necha mashinalarning asosiy tiplari bo‘lishi kifoyadir. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda maslahat va nazorat qilish funksiyalarini, shuningdek, nazorat hamda mashq qilish funksiyalarini o‘zida mujassamlashtirgan murakkab mashinalar keng qo‘llanilmoqda. Shuning uchun mashinalarni ularning samaradorlik darajasiga qarab tanlash lozim.

Nazorat savollari



1 Pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarda bilish mustaqilligini rivojlantirishning psixologik muammolari nimalar?

2.Bilimlarning ko‘nikma va malakalarga aylanish texnologiyasining pedagogik-psixologik mohiyatini ayting ?

3.Pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning ijtimoiy-psixologik tomonlari nimada?

4 Ko‘nikma va malakani tushuntirng

5.Muammoli vaziyatga doir misol keltiring.

6.Idrok etish nima?
Download 28,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish