O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
V.A.Suxomlinskiy pedagogik faoliyatga shunday ta’rif beradi «pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri о ‘qituvchilarda muntazam izlanish va o‘z ishining tahliliga qiziqish uyg'otishdan iborat. Kimki oz darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o'zaro munosabatlarda yaxshi vc yomormi farqlashga, yutuq va kamchiliklarini о'z vaqtida bilishga urinsa, pedagogik faoiiyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo'ladi».
Xuddi shu nuqtai nazardan ilgari surilgan g'oyani V.I.Zagv yazinskiyda ko‘ramiz: u «har bir о ‘qituvchi mustaqil ravishda о'z imkoniyatlarini aniqlashi, о‘z qobiliyatlarini va pedagogik mahoratini rivojlantirishi kerak. О'zida ko'p narsani kashf qilish, tavsiya qilinganlardat ko'pini sinab ko'rish, baholash lozim... o'qituvchi o'zini o'zi yaratadi kosib yoki ijodkor bo‘lishini ham о‘zi belgilaydi».
O‘zining pedagogik tajribasini tahlil qilib, o‘qituvchi o ‘z diqqatin tobora muvaffaqiyatli jihatlarga qaratadi, o‘zining ish samaradorligin pasaytirayotgan pedagogik muammolami va qiyinchiliklarni ham ko‘ra olib, uni bartaraf etish yo'llarini topadi.
Pedagogik faoliyatda uchraydigan qiyinchiliklaming dastlabki tad qiqlaridan biiini N.V.Kuzminada ko‘ramiz. U o'qituvchi duch keladigai dastlabki qiyinchiliklami «pedagogik faoiiyatning tashqi omillari keltiril chiqaradigan va ichki omillaming xarakterida, kishining faoliyatga ta’limiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan tayyorgarligida paydo bo‘ladigan keskinlik, beparvolik, qoniqmaganlikning subyektiv holatidir» del ta’riflaydi.
T.S.Polyakovaning ishi endigina o’z faoliyatini boshlayotgan o‘qi tuvchilar duch keladigan tipik didaktik qiyinchiliklarga bag'ishlangan. U didaktik qiyinchiliklarga shunday ta’rif beradi: «Didaktik qiyinchiliklar - o'qituvchining ta’lim jarayonidagi qiyinchiligi bo'lib, uni hal qilis) uchun shart-sharoitlar yo'qligi, keskinlik, beparvolik, o'z ishidat qoniqmaganlikning psixologik holati yoki aksincha, uni bartaraf qilis) uchun sharoitlar ta’minlangani holda pedagogik mahoratni takomillashtirish, pedagogik «fikrlashni», malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishni ta’minlaydigan tetiklik, mobilizatsion tayyorgarlik, emotsional ко‘tarinkilik holatining mavjud emasligi».
T.S.Polyakova pedagogik faoliyatdagi qiyinchiliklar va ziddiyatlar uzoq muddat hal qilinmaganda, muvaffaqiyatsizlik vaziyatida nafaqat psixologik uzilishlar, balki o‘z-o‘zini baholashning pastligi, pedagogik mahoratni takomillashtirishning tormozlanish manbasi sifatida salbiy rol o'ynashini aytadi. Pedagogik vazifalarga faol munosabataing zarur sharti bo‘lgan rag'batlantiruvchi vazifa esa ijobiy rol o'ynashini ta'kidlab, o‘qituvchining shaxsiy pedagogik mahorati zahirasini safarbar qiladi, uni ijodiy fikrlashni rag'batlantirish manbai deb hisoblaydi.
Qiyinchiliklarning pozitiv roli uning indikatorlik (hisoblovchi) vazifasi bilan ham belgilanadi. «Indikatorlik vazifasi pedagogik mahoratning shakllanish jarayonini tormozlovchi obyektiv omillarni ajratadi, biroq u o'z - о‘zini baholash tarzida subyektiv namoyon bo'lishi, shaxs uchun faoiiyatning tobora qiyin jihatlarini aniqlab berishi mumkin».
Demak, o‘z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o'qituvchi aslo jismonan va ruhan bo'shashishi, butunlay osoyishtalikka berilishi mumkin emas. Bu tuyg'u psixologiya fanida relaksatsiya deb atalib, kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida e’tirof etiladi.
Ya.S.Turbovskiy tomonidan ishlab chiqilgan, pedagogik tajribani diagnostik o'rganish nazariyasi va metodikasi har bir pedagogik jamoada va jamoaning har bir a’zosida pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini o‘rganishda yagona maqsad uchun harakadanishga imkoniyat beradi, bu o‘z navbatida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi.
Pedagogik tashxislash konsepsiyasi pedagogika fani va ta’lim muassasalari amaliyotining o'zaro hamkorlik jarayonini boshqarish imkoniyatini ta’minlaydigan uchta metodologik asosni o‘z ichiga oladi:
- ma’lum bir pedagogik mahorat pozitsiyasini egallash;
- ma’lum bir maqsadga yo^alganlik;
- pedagogik mahoratni egallashga boigan ehtiyoj.
Turli boshqaruv tizimi an nuqtai nazaridan aynan bir xil natijalar u yoki bu muammoning dolzarbligi bilan belgilanadigan turlicha ahamiyat kasb etishi mumldn. Ish tajribasidan foydalanish hajmi va miqyosi ham har xil bo‘ladi. Kons epsiya mualliflari integratsion fan yutuqlaridan foydalanish samaradorligi, olimlar erishgan natijalar, amaliyotchilar unga ehtiyoj sezgan joyga borib etishi, ilmiy bilimlarning ma’lum bir maqsadga yo‘nalganligiga bog’liqligini ta’kidlaydilar.
Fanning u yoki bu tarzdagi tavsiyalari pedagogikada ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar bilan ta’minlashdan awal amaliyot asosida aniqlangan ehtiyoj bo’lishi kerak. O'qituvchi mehnatini o'rganish jarayonida qator shart-sharoitlarga rioya qilish ko‘zda tutiladi. A.K.Markovaning fikricha, nafaqat o‘qituvchilik kasbida uzoq o'tmish tajribalaridan foydalanish darkor, balki o‘qituvchi kasbiy rivojlanishining eng yaqin va olis istiqbollarini ham o‘tmish tajribalaridan foydalanish asosida belgilash zarur.
Shu munosabat bilan pedagogik tashxis pedagogik faoliyatda erishiladigan yutuqlami belgilovchi (prognostik) xarakter kasb etganida samarali bo’lishini ta’kidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan tajriba ishlari jarayonida shu narsa aniqlandiki, pedagogik mahoratni tadqiq qilishning belgilovchi (prognostik) xarakteri bevosita o'qituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanadi.
Shaxsiy pedagogik faoliyatni o'z-o'zida tahlil qilish jarayonida o'qituvchi o'zining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati natijalari va xususiyatlarining holatini o'rganadi, pedagogik ziddiyatlar o'rtasidagi sabab va oqibatli bogianishlami aniqlaydi, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishni yanada takomillashtirish yoilarini belgilaydi, - deb ta’kidlaydi L.E.Pleskach Olimning fikriga ko'ra, “Refleksiya - o'z-o'zini tahlil qilish bo'lib, o'z-o'zicha belgilangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashishga nisbatan rag'batlantirishdir”.
Ilmiy adabivotlar tahlili, shuningdek o'qituvchi faoliyatida pedagogik tajriba o'qituvchilar pedagogik mahoratini oshirishning diagnostic metodikalaridan foydalanish va olingan natijalar tahlili pedagogik tashxislashni o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishini ta’minlaydigar usullardan biri sifatida baholashga imkoniyat beradi.
Zero, o'qituvchi ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganishda “tajriba o'rganishdan maqsad va uning vazifalarini rejalashtirish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyotida mohir o'qituvchilarning yutuqlarin o'rganish, materiallami to'plash, tahlil qilish, xulosa chiqarish” kabi vositalardan foydalanadilar.
Shuningdek, ta’kidlamoqchimizki, pedagogik tashxislash qayd qiluvchi emas, balki maqsad hosil qilishni belgilovchi (prognostik) xarakterga ega bo'lganligida samarali bo'ladi, bu o'qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishi asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda, aynan ta’lim-tarbiya jarayonida maqsad hosil qiluvchi tashxislash uning rivojlanish qobiliyatini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytilganda, o'qituvchi tomonidan o‘z kasbiy faoliyati natijalarini anglab etishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan usullarini izlash va ularni o'zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi. Faoliyatni o‘zgartirish esa, ma’lumki, faoliyat subyektining o'zgarishiga olib keladi. O'qituvchining analitik (tahlil qilish) qobiliyatlari rivojlanishi jarayonida uning kasbiy refleksiyasi ham rivojlanadi, bu o'z navbatida, o'qituvchining o'z-o'zini rivojlantirish jarayonini ma’lum bir yo'nalishga solib, uning shaxsiy ijodiy faolligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |