Ion almashtiruvchi smolalar yordamida medisinada dori-darmonni ham tozalash mumkin.
Har xil alkoloid va antibiotiklarni (pensillin, streptomisin va boshqalarni) ko‟plab
ishlab
chiqarish ham ana shu smolalar yordamida yo‟lga qo‟yildi.
Gidroliz sanoatida ion almashtiruvchi smolalar yordamida gidrolizatlarni organik va
anorganik qo‟shimchalardan tez tozalash mumkin.
Eritmada vodorod ionlarining ma‟lum bir konsentrasiyasida, har qanday amfoter birikmada
ionlangan asosli guruhlarning soni ionlangan kislotali guruhlarning soniga teng bo‟lib qoladi va
bunday holat izoelektrik holat deb ataladi. Oqsillarning kislotaliligi asosliligidan kuchliroq
bo‟lgani uchun, izoelektrik no‟qtasi PH=7 dan pastroq bo‟ladi. Ya‟ni, izoelektrik no‟qtada, oqsil
eritmasidagi ortiqcha karboksil guruhlarining ionlanishini
bosib turish uchun, ozgina kislota
bo‟lmog‟i lozim.
Izoelektrik nuqtada makromolekulani butun uzunligi bo‟yicha, bir xil miqdorda ionlangan
asosli va kislotali
guruhlar joylashganligi uchun, bukiluvchan makromolekula o‟ralma (kalava)
shakliga o‟tadi. Har xil zaryadlangan ionogen guruhlarning tortilishi hisobiga, bu uralmaning
zichligi maksimal entropiya yoki statistik ehtimollik hisoblariga javob beradigan o‟ralmaga
qaraganda zichliroq bo‟ladi.
Shuning uchun, izoelektrik nuqtaga javob beradigan PH=4.7
jelatinaning eritmasi eng kichik qovushqoqlikga ega bo‟ladi va bu holatda eritmadagi
makromolekulalar qo‟zg‟almagan o‟ralma (globula) shaklini egallab turishadi.
Ishqor yoki kislota qo‟shilishi jelatinaning ionlanish darajasini oshiradi va PH ning ortishi
kislota
guruhlarini, PH ning kamayishi esa asosli guruhlarni dissosiasiyalanishiga olib keladi.
Ikkala kuzatilayotgan holatda ham, yangi paydo bo‟lgan bir xil zaryadlar hisobiga polimer
zanjiri yoyiladi va molekulyar o‟ralmaning zichligi, bukuluvchan makromolekula hosil qila
oladigan o‟ralmaning zichligiga qaraganda ancha kamayadi va bu esa eritmani qovushqoqligini
juda ham ortib ketishiga olib keladi. Kislotali va asosli guruhlarning dissosiyalanishi ma‟lum bir
darajaga etganda (ko‟pincha 80%), PH ning o‟zgarishi eritmaning qovushqoqligini kamayishiga
olib keladi. Chunki endi qo‟shilayotgan elektrolitlarning ionlari polimer zanjirining zaryadlarini
to‟sadi va ularning o‟zaro itarilishiga xalaqit beradi.
Polimetakril kislota bilan polietilenglikol o‟zaro ta‟sirlashganda makromolekulalar o‟rtasida
ketma-ket vodorod bog‟lar hosil bo‟lishi bilan boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: