19-bilet:1-savol:Janubiy koreyada ta'lim tizimi.
Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar.
Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi 1882 yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan, Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kelib boshladi va keyinchalik universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894 yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 yildan boshlang‘ich maktablar va maktab uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha xususiy maktablar ochilib, 1900 yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910 yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi. Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 yil 23 avgustda qabul qilingan «1-Choson ta’lim buyrug‘i» amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni, maxalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo 1919 yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6 yilga uzaytirildi. 1922 yil 4 fervralda «2-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924 yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. O‘sha yili Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat yanada kuchaytirildi.
Oddiy maktablar va boshlang‘ich maktablar,yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi. Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 yil 3 avgustda «4-Choson ta’lim buyrug‘i» imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim soxasidagi zo‘ravonligi kuchaydi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktabalarda ta’lim 4 yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944 yilgi Koreya umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi. Endilikda Koreada tabiiyki boshqa soxalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar kiritildi. 1963 yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor kuchaydi. 1981 yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa boshlang‘ich maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan bir qancha imtiyozlar yaratildi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga xuquqli bo‘lib, buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi,
19-bilet:2-savol
Bizga yaxshi ma’lumki, ajdodlarimiz har bir yigitning harbiy-jismoniy mahoratni puxta o’zlashtirishiga alohida e’tibor berib kelganlar. Merganlik, suvda suzish, qilichbozlik, shuningdek, kurash tusha olish sirlari yosh, o’ktam yigitlarga bu borada chuqur bilim hamda katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan murabbiylar tomonidan o’rgatilgan. YUqorida qayd etilgan fazilatlarni o’zida namoyon eta olgan yigitlarda mardlik, jasurlik va qahramonlik kabi xislatlar qaror topgan. Mavjud an’anaga muvofiq Alisher Navoiy ham o’zining badiiy hamda ta’limiy-axloqiy asarlarida yoshlarda ushbu xislatlarni tarbiyalash katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega ekanligini ta’kidlab o’tadi.
Alisher Navoiy bilim olish jarayonida barcha fanlar asoslarini chuqur o’rganish maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi. SHu bois alloma turli fanlar yo’nalishlarida yetuk bilimlarga ega va xalq o’rtasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo’lgan olimu fozillarni yig’ib, ularning yordami bilan ilm-fanning rivojini ta’minlashga e’tiborni qaratadi Ana shu maqsad yo’lida Samarqandda o’zining shaxsiy mablag’i evaziga “Ixlosiya” madrasasini barpo etadi hamda uning yonida maktab ochadi. Madrasa va maktab faoliyatini shaxsiy mablag’i hisobiga yo’lga qo’yadi. Madrasada o’ziga xos tartib-qoidalarga muvofiq faoliyat yuritilgan. Talabalardan mavjud tartib-qoidaga qat’iy rioya qilish talab etilgan. SHuningdek, talabaning ilm-fan sirlarini mustaqil ravishda yoki yetuk ilm sohiblarining ta’limi asosida o’zlashtirishlariga ijozat berilgan.
Alisher Navoiy o’z asarlarida ilm-fan asoslarini puxta o’zlashtirgan kishilarni ulardan amaliy faoliyatda samarali foydalanishga undaydi. Xususan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o’qib uni ishlatmagan kishi urug’ sochib hosilidan bahra olmagan kishiga qiyoslanishini aytib o’tadi.
Alloma tomonidan yaratilgan asarlarda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishning uslub, vosita va usullari yuzasidan ham so’z yuritiladi. Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o’qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafakkir bolalar bilan munosabatda bo’lish chog’ida ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, xushmuomalalik bilan yo’l qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o’rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Alisher Navoiy o’qituvchining, ayniqsa, talabchan bo’lishi bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishiga muhim ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Alloma ma’lum fan asoslari yoki muayyan kasb-hunar sirlarini o’rganishga layoqatli, iste’dodli bolalarni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish jamiyat uchun katta foyda keltiradi, qobiliyatsizni tarbiyalashga urinish befoydadir, degan xulosaga keladi va bu o’rinda quyidagilarni bayon etadi: “g’obiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir, qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, bunga tarbiyatingni nobud qilma”1.
Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogika fani asoslari qatorida muhim o’rin tutuvchi omil o’z-o’zini tarbiyalash masalasining mohiyati ham yoritiladi. Bu borada bildirilgan fikr mazmuniga ko’ra, bolaning o’zi yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini o’zi anglab olishi hamda ularni bartaraf etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Mutafakkirning e’tirof etishicha, kimki bu borada yaratilgan imkoniyatdan to’g’ri foydalansa, o’z xatosini anglay oladi va uni bartaraf etishga harakat qiladi, kimki yo’l qo’yilgan xatoni anglash va uni to’g’rilashga harakat qilish o’rniga turli bahonalarni ro’kach qilaversa, xatolari sonining yana bittaga oshishi uchun shaxsan o’zi sharoit yaratadi. Keltirayotgan bahonasi qancha ko’p bo’lsa, uning yanglishishi, xatosi shunchalik katta ko’rinadi, kamchilikning mavjud ekanligini ko’rsatgan kishi bilan tortishish qancha kuchli bo’lsa, el oldida uning obro’si shunchalik pasayadi.
Quyida keltiruvchi to’rtlik ana shu mazmunni ifoda etadi:
Xatog’a tadorik nedur bexilof,
Ayon qilmoq o’z sahviga e’tirof.
Vagar qilsa sahvig’a ijro dail,
Ki yaxshidur aylar iki ancha bil2.
Mutafakkirning ilm olish yo’llari xususidagi qarashlari ham muhim ahamiyatga egadir. Alisher Navoiy bilimlarni tinmay, uzluksiz o’rganish zarur, deydi. Bu yo’lda duch keladigan har qanday qiyinchilikni yengib o’tish mumkin deb hisoblaydi. Aniq hayotiy maqsadni belgilab olgan holda ana shu maqsadni ro’yobga chiqishi yo’lida qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik faoliyat olib borish, bu yo’nalishda olib borilayotgan harakatni oxiriga yetkazishda chidamli, matonatli va sabotli bo’lishni maslahat beradi.
YUqorida bayon etilgan fikrlar mazmunidan anglanadiki, alloma o’z davrida ilm olish tamoyillarini to’g’ri ko’rsatib, shuningdek, ta’lim tizimi mohiyatini ham yoritib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta’lim tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi:
a) maktab yoki madrasada tahsil olish;
b) olim, hunarmand yoki san’atkorlarga shogird tushish asosida ta’lim olish;
v) mustaqil ravishda ilm o’rganish.
YOshlarga chuqur bilim hamda axloqiy tarbiya berishda muallimlarning roli beqiyosdir. Muallimlik faoliyatini olib borish o’ta mas’uliyatli va sharafli, ayni vaqtda murakkab ish sanaladi. Ushbu faoliyatni samarali yo’lga qo’yish mudarris hamda ustoz-murabbiylarning muayyan talablarga to’laqonli javob bera olishlariga bog’liq. Eng muhim talab - ularning chuqur bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo’lishlaridir. Hqituvchining samarali o’qish (ta’lim berish) yo’llari va ularning mohiyatidan xabardor bo’lishi ham nihoyatda muhim. Alisher Navoiy mazkur fikrlarni ilgari surar ekan, nodon, mutaassib hamda johil muallimlar va ularning xatti-harakatlarini tanqid qiladi. Xususan, “Mahbub-ul-qulub” asarida maktabdorlar va ularning faoliyatlari mazmuni xususida to’xtalib o’tar ekan, o’qituvchi mehnati, shuningdek, murabbiylik haqqini xolisona baholaydi, biroq shu o’rinda ularning qattiqqo’l, johil va ta’magir bo’lishlarini qoralaydi:
“Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashdan ojizlik qilardi. U esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim, bunga nima yetsin. SHunisi ham borki, u to’dada fahm-farosati ozlar bo’ladi, undan kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko’pdir, agar shogird podshohlikka erishsa ham unga (muallimga) qulluk qilsa arziydi.”
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila”.
Ayni o’rinda har bir yoshning aqliy va jismoniy kamolotga yetishida ilm-fan va tarbiyaning ahamiyatini ko’rsatib berish bilan birga jamiyat taraqqiyotining ta’minlanishida asosiy rolni o’ynovchi ilm ahli, olimu fozillarga nisbatan hurmat ko’rsatish, ularning turmush darajasini yaxshilash masalalariga ham e’tiborni qaratadi.
Mutafakkir o’qituvchining hurmatini qay darajada yuqori baholasa, uning shaxsi va faoliyatiga nisbatan talabni shu darajada oshiradi. Ayniqsa, madrasa mudarrislarining bilimli,
19-bilet:3-savol
Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o’rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning xayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqlir.
Binobarin mustiqillik tufayli ko’hna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarining qayti tiklanishi va rivojlanishiga shart-sharoitlar vujudga keldi.
O’z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, o’tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g’oyalarini xalq xayotiga tatbiq etish kabi ulug’ ishlar amalga oshirildi. Ayni paytda o’zbek va boshqa qardosh xalqlarning milliy shakllanishi va rivojlanishini zamon talablariga mos keladigan ta’lim – tarbiya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas.
YOsh avlodni tarbiyalash va o’qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelagnligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi. Bu ajdodlarimiz tomonidan isbot qilingan ilmiy – nazariy, falsafiy – tarbiyaviy haqiqatdir.
Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalash masalasini muvafaqiyatli hal etishda xalqimizning tarixiy an’analari, ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy me’roslari va tarixiy – tarbiyaviy tajribalarini o’rganib chiqish, ularning yutuqlarini hayotga, ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti A.I.Karimovning qo’yidagi so’zlari alohida e’tiborga loyiqdir.
«Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, hurriyat uchun kurishishdan charchamadik. Maslagimizni naslu nasabamizni doimo yodda saqladik.
Ulug’ bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta xissa qo’shgan ulug’ ajdodlarimizga, ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo’lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir».
O’zbek xalqi tarixan ta’lim tarbiya sohasida o’ziga xos dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o’zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda ham nekbin pelagogik mafkura hukm surgan. Bu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalarida o’z ifodasini topgan.
Biroq islomgacha davr tarbiyashunosligi, fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan. CHunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi YUnon – Makedon qo’shinlari, so’ngra ibn Muslim Qutayba rahbarligida arab istilochilari olib borgan janglar, talonchiliklar, vayronagarchiliklar tufayli o’sha davrga tegishli deyarli barcha asarlar, manbalar yoqib yuborilgan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni, milliy ta’lim – tarbiyaga oid an’analarni, qadriyatlarni, xalq pelagogikasini ilmiy o’rganish, puxta tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kunnnig muhim va dolzarb muammosidir.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Istiqlolga erishganimizga qadar biz tarbiya ishlarimizga Ovrupa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik. Endigi vazifa SHarq pedagogikasini o’rganishga e’tiborni qaratmoq lozim. CHunki ilmu fan avval SHarqda taraqqiy etgan, hur fikrlilik bizdan boshlangan. «SHarq YEvropaning muallimidir» deganda haq edi Olmon olimi Xerler. Haqiqatan ham shunday, o’zbek xalqining madaniy merosi ulkan bir dengiz.
YUqoridagi fikrlarning o’zi madaniyat va ma’rifat SHarqdan YEvropaga tarqalgan deyishga asos bo’la oladi. CHunki, savodxonlik maktablarining, qadimiy yozuvlarning vujudga kelishi eng qadimga manbalarda «Avesto», Sug’d, Baqtriya, Urxun – YEnisey, Xorazm va boshqa yozuvlar Turon zaminida kelganligi, shu muqaddas zaminda yashayotgan xalqlarning eng qadimgi ajdodlari savodxon kishilar ekanligidan dalolat beradi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimоv ta’lim-tarbiya jarayonida ajdоdlar mеrоsidan samarali fоydalanishning tarbiyaviy ahamiyati haqida.
I.A.Karimov madaniy qadriyatlarning qudrati va tarbiyaviy ahamiyatiga yuksak baho berib:
«Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. . .
Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo’lib o’tishi - bularning barchasi yangidan-yangi avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog’i lozim», - deydi. Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish lozim. CHunki biror millat o’z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma’naviyatida o’ziga xos tomonlar bo’lsa ham, u umuminsoniy qadriyatlarning bir qismidir. SHu bilan birga unutmasligimiz kerakki, biz qurayotgan yangi jamiyat «binosi» uchun birinchi galda milliy qadriyatlar ustun bo’lmog’i lozim. Biz, eng avvalo, milliy o’zligimizni anglamog’imiz, o’z tafakkurimizni kashf etmog’imiz lozim. O’tmishimizda unutilgan shunday ulkan sarchashmalar borki, ularni puxta, atroflicha o’rganmoq birinchi galdagi vazifadir.
VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin orta boshladi. O’sha tarixiy davrda al – Xorazmiy, Forobiy, al – Farg’oniy, al – Beruniy, ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. Ular bilan yonma-yon dunyoviy ilmlar tug’ildi. O’sha ulug’ mutafakkirlar inson ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy – ma’rifiy qarashlarni o’stirishda o’z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o’ynadilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV – XVI asrlarga kelib qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug’bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulg’oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga yetkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o’zbek xalqi va uning madaniy – ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli ko’rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari pedagogika fanlari bo’yicha ta’limoti butun jahonga o’rnak bo’larli ma’no va mazmun kasb etgan.
20-bilet:1-savol
Ma’rifiy yodgorliklar sirasiga eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Yenisey bitiklarini kiritamiz. VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bu manbaa ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Garchi Urxun-Yenisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bagishlanmagan bo’lsa ham, ulardan o’sha davr axloqiy talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Xususan, hoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo’lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy xislatlari jamiyat har bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, VI asr o’rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyo turk qabilalaridan turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik garbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 603 yilda Sharqiy va G’arbiy xoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa Turk xoqonligi tugallanadi. Turk xoqonligi asosan 3 kishi: Bilga xokon (Mog’ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo’lida markazlashgan edi. Bilga xoqon (Mog’ilyon) xoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri dono bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda eng qadrlanadigan xislat - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo’lgan. Bu xislatlar o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan. Eng qadimgi ota-bobolarimiz insonda ulug’lagan axloqiy xislatlarni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin.
Eng qadimgi zamonlardan boshlab insonni har tomonlama tarbiyalash, kishilik jamiyatining azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishida pedagogika fani yetakchi rol o'ynaydi. Ma'lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zlarining ta'lim-tarbiyaga oid ehtiyojlarini, mehnat faoliyatlari jarayonida qondirganlar. O'sha davrda uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayoni bir bosqichdan iborat bo'lib, oiladan boshlanar va shu yerning o'zida tugar edi. Ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy eta borib, odamlar yirik jamoalarga birlashib, ularda yerni o'lchash, vaqtni belgilash, kun sanash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash, jamiyatni boshqarish va boshqa bilimlarga ehtiyoj orta bordi. Jamiyatda mehnatni taqsimlash jarayoni chuqurlashib borib, to'plangan bilimlarni keyingi avlodga qoldirish va ularni boshqalarga o'rgatuvchi kishilarga ehtiyoj paydo bo'ldi. Natijada yozuv va uni o'rgatuvchi pedagog (muallim)lar kasbi yuzaga keldi. Bu esa tarbiya bilan eng tajribakor, bilimdon kishilar shug'ullana borishni taqozo eta boshladi. Bu mashg'ulotlartobora tashkiliy ko'rinish olib ijtimoiylasha boshladi.
Asta sekin maktablar paydo bo'la boshladi. Tarbiya takomillashib borgan sari tarbiyachilik alohida kasbga aylanib borgan va shu ma'noda pedagog degan kasb vujudga keldi. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)ning faylasuflari Suqrot, Platon, Aristotel, Demokritlar pedagogika nazariyasiga asos soldilar. Biroq, ular o'z asarlarida tarbiya maqsadlarini quldorlik davlatlarining siyosiy vazifalari bilan bog'lashga harakat qilganlari bois, ilk pedagogik bilimlardan faqat kishilarning o'ta cheklangan doirasigina foydalana olardi. Ammo tarbiya adabiy kategoriya bo'lishi bilan birga, u hamisha tarixan aniqdir. Pedagogikaning mustaqil bir fan sifatida shakllanib maydonga kelishiga Chexiyalik pedagog Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning xizmatlari juda kattadir.
Uning “Buyuk didaktika” asari jahon pedagogikasining nodir manbalaridan biri bo'lib, unda ta'lim nazariyasi va amaliyotiga doir fikrlar bilan birga maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalash usullari bayon etilgan. Barcha o'g'il-qizlarga ta'lim berish uchun maktablar ochish, bolalarni o'z ona tilida o'qitish, tarbiyalash, xususiy metodikalarni takomillashtirish shuningdek, ta'lim-tarbiyaning maqsadi, shart-sharoitlari, imkoniyatlari tahlil qilingan.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Keyinchalik, rus inqilob oqartuv ishlarining asoschilaridan biri A.N.Radishchev (1749-1802), rus sotsial-demokratlari V.G.Belinskiy (1811-1848), N.G.Chernishevskiy (1828-1889), uning safdoshi N.A.Dobrolyubov (1836-1861) lar tarbiya ishlarini ro'yobga chiqarishni inqilob bilan bog'lagan edilar. Jumladan, Belinskiy insonni har tomonlama rivojlantirish kerak, “Tarbiyaning biror tomonini ham e'tibordan chetda qoldirmang, yoshlarga betartiblik haqida, tashqi ozodalik to'g'risida, oliyjanoblik, hatti-harakat, yurish-turish va kishilar bilan muomalada bo'lish fazilatlari haqida gapiring deb yozadi, lekin bularning hammasi zarurligini ijtimoiy toifa yoki tabaqalarning shartli talablaridan emas, balki umumiy va oliy manbadan, odob haqidagi shartli tushunchalardan emas, balki inson degan nomning yuksakligidan, insoniy qadr-qimmat haqida abadiy tushunchalardan keltirib chiqaring”. XIX asr oxirlarida rus pedagoglari orasida K.D.Ushinskiy (1824-1870) alohida o'rin tutadi. Ushinskiy fikricha, tarbiyaning eng muhim xususiyati shundaki, u barcha vositalar va usullar yordami bilan yoshlarga har jihatdan ta'sir etishga, uning kamol topishiga, g'oya va hislatlarning voyaga yetishiga, iroda va xulq-atvorning mustahkamlanishiga, ta'sir etadi. Bir so'z bilan atyganda Ushinskiy pedagogikani fan sifatida ko'tarilishiga asos soldi.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiyaga oid g'oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma'lumotlar mavjudligini ko'ramiz. Bundan uch ming yillar ilgari yuqorida ta’kidlanganidek Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto”da ta'lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, unda otashkada – Ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta'lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish. “Avesto” ta'limoti, “Qur'oni Karim”, Imom Ismoil al-Buxoriy (810-970), Imom Iso at-Termiziy (824-892) kabi hadis ilmining ulug' darg'alari ta'lim-tarbiya jarayoniga ulkan hissa qo'shib, pedagogikaning shakllanishiga zamin yaratdilar. Ularning pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o'rin egallagan. Ilk o'rta asrlarda Abu Nasr Forobiy (789-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (937-1051), Kaykovus (XI asr), Yusuf Xos Xojib (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshg'ariy (XI asr) kabi allomalar ta'lim-tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari bilan shuhrat qozondilar.
Umuman olganda, barcha yig'ilgan tajribalar, ta'limotlar talablari va ulug' allomalarningta'lim-tarbiyaga doir qarashlaridan o'rinli va tizimli foydalanishni yo'lga qo'yish uchun pedagogika fani vujudga keldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi – fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatoridan alohida o'rin egalladi.
20-bilet:2-savol
XIX asrning ortalarida Turkiston olkasida boshlangich ma'lumot bеradigan maktab hamda orta va oliy diniy ta'lim bеradigan madrasalar mavjud edi.
Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining kopchiligi diniy va ta'lim bеruvchi eng oddiy boshlangich maktablar edi, xolos.
Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars bеrardilar. Bunday maktablarda oqitish eng oddiy diniy vazifalarni orgatish bilan, ya'ni arab tilida yozilgan Qur'onni oqishni orgatish, har bir musulmon uchun zarur bolgan asosiy vazifalarni bildirish bilan chеklanadi.
Shahar maktablarida diniy ta'limdan tashqari, umumiy ta'lim elеmеntlari - yozish va hisoblash yollari orgatilar, xalq orasida mashhur shoirlarning shе'r va gazallari oqitilar edi. Odatda, bunday maktablarning oquvchilari badavlat oilalarning bolalari edi.
Ular oqishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qollar edilar, ba'zilari qoshimcha ta'lim olib, xattotlik kasbi bilan shugullanar, ba'zilari madrasaga kirib oqishni davom ettirar edilar.
Oliy diniy maktab bolgan madrasada orta asrlarga oid diniy falsafa va musulmon xuquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars otilardi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shugullanish va qozixonalarda ishlash xuquqiga ega bolar edilar.
Maktab va madrasalarda asosan ogil bolalar oqitilar edi.Shaharlardagi diniy maktablarda ba'zi domlalarning xotinlari - otinoyilar qizlarni ham oqitish bilan shugullanar edilar.
Maktab va madrasalarda dars ozbеk, arab va fors-tojik tillarida olib borilar edi. Musulmon maktablarida ta'lim tizimi 5 toifaga bolingan edi:
1. Quyi maktab - bu maktablarda ogil bolalarga savod orgatilgan (4yil).
2. Halilxona maktabi - (namoz) yod oldirib orgatilgan.
3. Qorixona - Qur'on yod olingan.
4. Maktab intеrnat - orta madrasa bolib, bu maktabda ham diniy, ham dunyoviy fanlar oqitilib orta ma'lumot bеrilgan.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan song maktab va madrasalarda ba'zi ozgarishlar yuz bеrdi. Musulmon maktablari uchun bosmaxonada chop qilingan darsliklar paydo boldi. Qozonda bosmaxonada nashr qilingan Qur'on va xaftiyaklar, Xindiston va Erondan shoirlarning litografiyada chop qilingan toplamlari kеltirilgan, Toshkеntning ozida ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yolga qoyildi. Mustamlaka ma'muriyati mashgulotlar orta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablarining ishiga aralashmas edilar. Ammo maktablarda rus tilini ragbatlantiruvchi choralar korishga ham harakat qilinardi.
Natijada mahalliy yoshlar rus tilini organishga koproq e'tibor bеra boshladilar. XX asr boshlarida esa madrasalarda rus tilini oqitish joriy qilinsin, dеgan korsatmaga binoan 1913-1917 yillarda ba'zi madrasalarda rus tilini oqitish joriy qilindi.
Eski maktablarda ham ba'zi ozgarishlar sodir boldi. Rus tuzеm maktablari hamda yangi xil maktablarning ta'siri ostida ba'zi eski usul maktablarda birmuncha yangiliklar joriy qilindi-litografiyada birmuncha yangiliklar joriy qilindi, qizlarga oqitishni orgatish bilan birga yozishni ham orgatishga kirishildi. Bu yangiliklarga kora ozbеk maktablari hayotida katta ozgarishlar roy bеrdi.
Asrimiz boshlariga kеlib, Turkiston olkasidagi yirik markaziy shaharlarda oliy ta'lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar - Buxoroda-80, Quqonda-40, Samarqandda-22, Margilonda-28, Toshkеntda-17, Xеva xonligida-130 mavjud bolib, ularda 400 dan 5000 tagacha talaba tahsil olar edi. 1906 yilga kеlib, birgina Samarqand viloyatining ozida 1510 ta musulmon maktabi bor edi, ularda 1482 oqituvchi 12740 talabaga saboq bеrilgan.
Umuman olganda Turkiston olkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo`lib, ularda 70955 talaba ta'lim olgan.
Bu davrga kеlib mahalliy fukaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xеva xoni Sayid Muhammad Raximxon Boxodirxon soniy - Fеruz (1844-1910y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bеvosita uning tashabbusi bilan 1844 yili oz saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus oqituvchisi va Mirzo, Rahmonquli qori kabi mahoratli ta'lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim bеrish ishlari bilan shugullandilar.
Fеruz farmoniga muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Xusayn Kushaеv dеgan Turkiyadan kеlgan oqituvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya bеra boshladi.
Xusayn Kushaеv 1906-1907 oquv yilida xonlikda ilgor ma'rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabi tashkil qildi. Fеroz unga xomiylik qilib, xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag ajratib bеrdi.
Fеruz xomiyligidagi bu maktabda Xusayn Kushaеvning turmush o’rtogi Komila Kushaеva qizlarga bilim bеra boshladi.
1909 yilga kеlib, Fеroz kul ostidagi madrasalar soni 130 taga еtib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib kеtdi.
Fеruz Xеva ziyolilari orasida nufozli orinni egallagan Komil Xorazmiyni Toshkеnt shahrida gimnaziya va maktablardagi oqitish usulini organib kеlishi maqsadida safarga jonatadi. Safardan qaytgach Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.
Mazkur maktab oquv dasturi hamda rеjasiga - riyoziyot, tarix, jugrofiya, tabiat, ros tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlari oqitish bеlgilanadi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Mashgulot jarayonida Sharq mutafakkirlari - Navoiy, Fuzuliy, Bеdil, Sa'diy-Shеroziy, Mashrab, Sufi Olloyor kabilar bilan bir qatorda rus shoir, yozuvchilarining asarlarini organildi.
Shuningdеk, u, vohada san'at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroyda “Podshoxi zamon tipolitografiyasi” ni tashkil kildi.
“Litografiya” - yunoncha soz bolib “Litos”-tosh va “Grafos”-yozaman dеgan ma'noni bildiradi. Bu atama ozbеk tilida toshbosma tarzida qollanib kеlingan.
Fеruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Farobiyning “Nisobus-sibiyon” (Bolalar nasibasi), Alishеr Navoiyning “Hamsa” asaridan parcha, ”Xayrat ul-abror” dostoni, Shеrmuhammad Munisning “Munis ul-ushshok” dеvoni, Yokubxuja ibn Ibroximxujaning “Dеvoni xolis” toplami, Fеro`zning “Dеvoni Fеruz” va boshqa unlab
20-bilet:3-savol
Ulug’bek 1394 yilning 22 martida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U SHohruh Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan «Ulug’bek» deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi.
Ulug’bekning otasi SHohruh Amir Temurning uchinchi o’g’li bo’lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o’z davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi.
...«Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi».1
Ulug’bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o’tdi. Garchi Ulug’bek tug’ilganda bir oz zaif bo’lgan bo’lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi.
Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi. Buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi.
Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’quv-yozuvni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so’ylab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi.
1405—1411 yillarda, o’sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo’lib tayinlangan. Otabegi Ulug’bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o’rgatgan.
O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda ma’lum bo’lishicha,
saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlangan. SHulardan biri SHahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir.
Ulug’bek ham an’anaga ko’ra mazkur kitobni mukammal o’rganar va unda ko’rsatilgan davlatni idora qilish san’ati — turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarni egallaydi.
Ulug’bek yoshligidan ko’p kitoblarni mutolaa qiladigan bo’lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi.
U bobsining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lar edi.
Taniqli olim Bo’riboy Ahmedovning ma’lumotlariga ko’ra mavlono Badriddin Samarqandda bo’lgan vaqtda Ulug’bekni Ko’ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma»sini ko’rsatadi. SHu yerda mavlono Badriddin Ulug’bekka alloma al-Farg’oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («YUlduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritkichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo’shuvchi kitob»)ni ko’rsatadilar.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
SHunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va O’trorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi.
Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi.
Zo’r qobiliyat, o’tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to’plash shunga olib keldiki, Ulug’bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug’bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o’z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida o’zining ko’pgina zamondoshlaridan o’zib ketdi. SHunday qilib, oldin o’tgan ajdodlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug’bek bilimlarining asosiy manbai bo’ldi.
1411 yilda 17 yoshli Ulug’bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug’bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug’bek hokim bo’lgach, bobosidan farqli o’laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa hokimlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq ilm-fanga moyil edi.
Haqiqatan ham Qozizoda 1360 yillarda tug’ilgan bo’lib, 20—25 yoshlarida, ya’ni Ulug’bek tug’ilmasdanoq Temur saroyiga o’tadi. Natijada Ulug’bek umrining ilK davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy — falakiyotshunos va riyoziyotchilar ta’sirida ulg’ayadi. SHu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yigirma yoshlarida u o’z davrining yirik olimlaridan biri bo’lib shakllandi. U hokim bo’lgan paytidagi olamshumul o’zgarishlar butun o’rta asr madaniyati tarixida betakror voqea bo’lib qoldi.
Ulug’bek ixlosmandlaridan G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan Koshondagi o’z otasiga yozgan maktubida Ulug’bekning faoliyati va bilimini quyidagicha ta’riflaydi:
«Allohga va uning ne’matlariga shukronalar bo’lsinkim, yetti iqlimning farmonbardori, islom podshohi Ulug’bek donishmand kishidurlar. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo’q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so’zlarini aqlda saqlaydilar va yoddan biladilar, arabchada g’oyat yaxshi yozadilar. SHuningdek, u kishim fiqhdan habardorlar: mantiq ma’nolarining bayoni va usullaridan ham xabardorlar».1
U kishi riyoziyot (matematika) fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko’rsatganlarki, har qanday sonni tezlik bilan qo’shish va ko’paytirish iqtidoriga ega bo’lganlar. Inson bino bo’lganidan beri shu kungacha hali hech kimsa u qadar aniq va tez hisoblay olmagan. Ulug’bek, Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda uchta madrasa barpo etdi.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug’bek madrasaga mudarris va olimlarni to’play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug’bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G’iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtirdi.
Iogann Genrix Pestalotsiyning didaktika va boshlang’ich ta’lim metodikasiga qo’shgan hissasi
21-bilet:1-savol
Pestalotsining pedagogik faoliyati. Iogann Genrix Pestalotsi shveysariyaning Syurix shahrida vrach oilasida tug’ildi. Pestalotsi otadan yosh judo bo’lib, onasi hamda oddiy dehqon ayol — ularning sobiq xizmatchisi tarbiyasida o’sdi.
Pestalotsi avval boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm oldi. Pestalotsi o’rta maktabni tamomlagach, ko’proq gumanitar fanlar o’qitiladigan oliy o’quv yurtiga — kollegiumga, uning filologiya va falsafa bo’limlariga kirib o’qidi. Pestalotsi kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
1769 yilda Pestalotsi o’zining ijtimoiy tajribasini boshladi. U pul qarz olib, kichikroq qo’rg’on va er sotib oldi, bu erga «Neygof» («yangi qo’rg’on») deb nom berdi va tevarak-atrofdagi dehqonlarga o’z xo’jaliklarini unumdor xo’jalikka aylantirishni o’rgatish maqsadida, bu erda namunali ferma tashkil qilmoqchi bo’ldi. Tajribasiz va xo’jalik ishlaridan bexabar bo’lgan Pestalotsi oradan ko’p o’tmay sindi, va u xalq foydasini ko’zlab yana yangi yo’llar qidirishga majbur bo’ldi.
U 1774 yilda «Neygof»da «Kambag’allar muassasasi»ni ochib, etim va boqimsiz bolalardan 50 ga yaqin kishini Shu muassasaga to’pladi. Pestalotsining fikricha, bolalarning o’zlari ishlab topgan pullar shu yetimxonaning xarajatini qoplashi kerak edi. Yetimxonada tarbiyalanayotgan bolalar dalada ishlar, shuningdek, to’quv va yigiruv dasgohlarida ip yigirib, mato to’qir edilar. Pestalotsining o’zi bolalarga o’qish, yozish va hisob o’rgatar, ularni tarbiyalash bilan shug’ullanar edi. Hunarmand ustalar esa bolalarga ip yigirish va to’qishni o’rgatardilar. Shu tariqa, Pestalotsi o’z muassasasida bolalarni o’qitishni ularni unumli mehnatga o’rgatish bilan qo’shib olib borishga urindi.
Pestalotsi boshlagan ish tezda barbod bo’ldi, chunki siyosiy hokimiyat va moddiy mablag’larning egalari uni qo’llab-quvvatlamadilar. Bolalar ming mashaqqat bilan mehnat qilish tufayligina o’zlari yashab-ishlab turgan yetimxona xarajatlarini ko’tara olar edilar, lekin gumanist va demokrat Pestalotsi o’zi tarbiyalayotgan bolalarni bunday og’ir Sharoitda yashashini istamasdi va bunga yo’l qo’ya olmas edi. U bolalarni mehnatini, avvalo, bolalarning jismoniy kuchlarini aqliy va axloqiy qobiliyatlarini o’stirish vositasi, deb bildi. U bolalarga faqat hunar o’rgatibgina qolmasdan, balki ularni keng ravishda mehnatga o’rgatishga intildi.
Pestalotsi Neygofda o’tkazgan tajribaning pedagogika uchun ahamiyati katta bo’ldi. Pestalotsi tajribani davom ettirish uchun mablag’ bo’lmaganligi sababli oradan ko’p vaqt o’tmay yetimxonani yopishga majbur bo’ldi. Lekin bu muvaffaqiyatsizliklar uni, xalqqa yordam berish maqsadidan qaytara olmadi.
Pestalotsi 1798 yil shveysariya inqilobi natijasida etim qolgan 5 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan 80 bolaga mo’ljallangan yetimxona ochadi. Bu yetimxonaning ish mazmuni uni 1799 yili yozgan «Stansda bo’lishi to’g’risida do’stlaridan biriga yuborgan maktub»ida quyidagilarni bayon etadi:
«Ertalabdan to kechgacha ularga yakka o’zim hamroh edimѕ Mening qo’llarim ularning qo’lida, ko’zlarim ularning ko’zlarida edi. Ular yig’lasa, men ham yig’lar edim, ular kulsa, men ham kular edimѕ Ular nima esa, men ham Shuni eyman, nima ichsa, men ham Shuni ichar edim. Mening o’Shalardan boshqa uyim ham, do’stim ham, xizmatchim ham yo’q ediѕ»
Pestalotsi etimlarning sevimli otasi, eng yaxshi do’sti edi. Urush harakati boshlangandan keyin yetimxona yopildi.
Keyingi o’n sakkiz yil davomida Pestalotsi o’Sha davrning eng muhim masalasini: dehqon xo’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini yaxshilash, mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib o’zgartirish masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib, adabiy faoliyat bilan Shug’ullandi.
U «Lingard va Gertruda» (1781—1787) degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo’jalikni oqilona usulda olib borish va bolalarni to’g’ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to’g’risidagi o’z g’oyalarini olg’a surdi.
XIX asrning boshlaridayoq Pestalotsining «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi. Bu kitoblarida boshlang’ich ta’limning yangi usullari bayon qilindi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
1800 yili Pestalotsi rahbarligida institut tashkil etildi. Institut tarkibiga, internat Shaklidagi o’rta maktab hamda o’qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan edi. Tez orada bu institut butun dunyoga mashhur bo’ldi. Pestalotsi 1825 yili Iverden instituti o’qituvchilari orasidan kelib chiqqan nizolar natijasida o’z qishlog’i «Neygof»ga qaytadi va 80 yoshga etgan, qariya bo’lishiga qaramay, bu erda o’zining oxirgi asari — «Oq qush qo’shig’i» (1826) asarini yozdi.
Pestalotsi o’zining butun iste’dodi va kuchini mehnatkashlarning og’ir ahvolini yaxshilashga sarflagan bo’lsa ham, lekin ularning ahvolini yaxshilashga muvaffaq bo’lolmaganligining sababi nimaligini tushunolmadi. U 1827 yilda vafot etdi.
yoхud aхlоq” asarida ta’lim-tarbiya tizimi.
21-bilet:2-savol
Taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avlоniy pеdagоgik fikr taraqqiyotiga salmоqli hissa qo’shgan, o’z asarlarida o’zbеk хalqining eng yaхshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga оid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pеdagоg, оlimdir.
Abdulla Avlоniy 1878 yil 12 iyulda Tоshkеnt shahrining Mеrgancha mahallasida, mayda hunarmand-to’quvchi оilasida dunyoga kеldi. Оta-оnasi savоdli kishilar bo’lganlar. Abdulla Avlоniy eski usul maktabini tamоmlagandan kеyin 12 yoshida madrasaga o’qishga kiradi. U yozda ishlab оta-оnasiga yordam qilar, bоshqa vaqtlarda o’qir edi. O’ta iqtidоrli bo’lgan Abdulla Avlоniy 15 yoshida shе’rlar yoza bоshladi. Dastlabki shе’rlarida va «Hijrоn» dеgan maqоlasida хalqni yangi usul maktablarida o’qib-o’rganishga targ’ib qildi. Avbdulla Avlоniy 1907 yilda «SHuhrat», «Оsiyo» nоmli yangi gazеtalar chiqara bоshladi, lеkin chоr amaldоrlari tеz оrada gazеtalarni yoptirib qo’yadi. Abdulla Avlоniy kеyinrоq «Sadоyi Turkistоn» (1914—1915), «Turоn» (1917), «Ishtirоkiyun» (1918) gazеtalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida muharrir bo’lib ishlaydi. SHundan so’ng, u o’zbеk matbuоtning zabardast vakili, o’zbеk matbuоtning asоschilaridan biri sifatida taniladi.
Abdulla Avlоniy хalq оrasida ilg’оr fikrlarni tarqatishda, ilm va ma’rifatni tashviq qilishda gazеta, jurnallarning rоli g’оyat katta ekanligini yaхshi bilar edi. U 1907 yili «SHuhrat», «Оsiyo» nоmli gazеtalar chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazеtaning birinchi sоnida matbuоtning rоli, gazеtaning vazifasi haqida fikr yuritib, «Matbuоt har insоnga o’z hоlini ko’rsatuvchi, ahvоl оlamdan хabar bеruvchi, qоrоng’i kunlarni yorituvchi, хalq оrasida ilm, ittifоq, himmat g’оyalari»ni yoyuvchidir dеb, baliqning suvsiz yashamоg’i mumkin bo’lmagani kabi insоnning ham ilmsiz yashamоg’i mumkin emasligini uqtiradi.
ХХ asr bоshlarida O’zbеkistоnning ijtimоiy-siyosiy hayotida pеdagоgik fikrlarning rivоjida Abdulla Avlоniy alоhida o’rin egalladi, butun faоliyati davrida u o’z хalqiga хizmat qiladigan kоmil insоnni еtishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga alоhida e’tibоr bеrdi.
Abdulla Avlоniy o’zbеk хalqning san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, хalq ta’limi ishlarini yo’lga qo’yishda katta хizmatlar qilgan adib, jamоat arbоbi va istе’dоdli pеdagоgdir.
Abdulla Avlоniy o’zbеk ziyolilari ichida birinchilardan bo’lib, o’zbеk хalq tеatrini prоfеssiоnal tеatrga aylantirish uchun 1913 yilda «Turоn» nоmi bilan tеatr truppasini tashkil qiladi. Birоq bu truppaning prоfеssоnal tеatrga aylanishi uchun katta to’siqlar bоr edi. CHоr hukumatining mustamlakachilik siyosati хalqning ijtimоiy оngining uyg’оnishiga yordam ko’rsatuvchi tеatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Tеatrga ana shunday salbiy munоsabatda bo’lgan bir paytda Avlоniyning tеatr truppasini tashkil qilish va ijtimоiy mazmundagi pьеsalarni sahnalashtirishi uning хalq ma’rifati yo’lidagi zo’r jasоrati edi. Tеatrshunоs M.Rahmоnоv Avlоniyning tеatrchilik faоliyati haqida shunday yozadi:
Enasoy obidalari, ularning ma’rifiy axamiyati.
21-b:3-savol
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “Urxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (“Ta’birnoma”) kabi manbalar bo’lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklarini “toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O’ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Urxun-Enisey yodgorliklari dastlab YEnisey havzasida, so’ngra Mo’g’ilistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, ushbu yozuvlarni 1893 yilda birinchi bo’lib daniyalik olim Vilgelm Tomson o’qigan. V.Tomsondan so’ng olimlar – N.M.YAdrinsev, V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab topib, o’qishga muvaffaq bo’ldilar.
Urxun-Enisey yodgorliklari S.E.Malov hamda I.V.Steblevalar tomonidan rus tiliga tarjima qilindi. O’zbekistonda Oybek, O.SHarafuddinov, N.Mallayev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar Urxun-Enisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta’lim va tarbiya ishlarini yo’lga qo’yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma’lumki, eramizning VI asri o’rtalariga kelib, Oltoy, YEttisuv va Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk hoqonligi davlati tarkib topdi. Bu hoqonlik g’arbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk hoqonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Hoqonlik 604 yilda SHarqiy va G’arbiy hoqonlikka ajralgan. Eramizning 745 yiliga kelib esa Turk hoqonligi barham topgan.
Turk hoqonligi asosan uch kishi: Bilga hoqon (Mog’iliyon), Kultegin, Tunyukuklar tomonidan boshqarilgan. Bilga hoqon (Mog’iliyon) - hoqon, Kultegin – sarkarda, Tunyukuk esa - vazir bo’lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan.
Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp kishilar, sarkardalar tomonidan ko’rsatgan jasoratlar, ularning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi. o’z vatanining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash hoqonlar Bo’min, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari - Bilga hoqon, lashkarboshi Kultegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning ta’rifi berilgan. Kultegin xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o’ylaydigan jonkuyar sarkarda sifatida ta’riflanadi. U o’z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo’ygan shaxs. Kultegin Eltarish hoqonining kichik o’g’li. U 713 yil 27 fevralda qirq yetti yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 yilda o’rnatilgan. Ushbu bitiktoshda barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mug’iliyon bo’lgan. Bitigni Kulteginning jiyani Yo’llug’ tegin yozgan. Demak, bitigning muallifi ham ma’lum.
2.Qultegin, Bilga hoqon bitiklarida ta’lim-tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
Kultegin bitigida Bilga hoqonning og’a-inilari va qarindosh-urug’lariga murojaat qilib, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabg’achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga tushgan kulfatlar haqida so’z yuritiladi, shuningdek, xalqning yolg’onchilik, firibgarlik qurboni bo’lganligi ta’kidlanadi: “Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg’ach xalqi so’zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. SHirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. YAxshi qo’shni bo’lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o’rganar ekan.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
YAxshi, dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. SHirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ko’p turk xalqi o’lding... Turk xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo’lsa yomon ipak beradi, yaqin bo’lsa yaxshi debo beradi. Ilmsiz kishilar bu so’zga ishonib, unga yaqinlashdilar va ko’plari o’ldilar”.
Hoqon tomonidan xalqqa qilingan murojaatda turkiy xalqlarni hokimiyatni mustahkamlash, o’zaro urushlarga chek qo’yish, tinch-totuv bo’lib yashashga undashdek ezgu maqsad ham yotadi.
Kultegin esa, dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kultegin bitigida Bilga hoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar borasidagi fikrlarni nasihat, o’git tarzida bayon etadi.
Turk xalqi o’zaro birlashmagani, bir-birlariga ishonmaganliklari uchun hiyla va firib qurboni bo’lib, tabg’achlar ularni qul va cho’ri etgani, oqibatda ular qashshoq, erksiz va mute bo’lib qolganliklarini kuyunib so’zlaydi.
“Beklari, xalqi insofsiz bo’lgani uchun, tabg’ach xalqi hiylakor bo’lgani uchun, toymas bo’lgani uchun, firibgar bo’lganligi uchun, og’a va ini bir-biriga qarshi bo’lishini hohlaganlari uchun, begi va xalqini bir-biriga chaqqani uchun turk xalqi ellashgan davlatini qo’ldan chiqarib yuborgan”.
So’ng turk xalqini qanday qilib birlashtirgani, ukasi Kulteginning jasorati tufayli el bosqinchilar hujumidan omon qolgani, to’q va farovon hayot kechirgani, u jasur va yengilmas alp yigitlardan ekani bayon etiladi.
“Tangri yarlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o’layotgan xalqni tiriltirib tarbiyat qildim, yalang’och xalqni kiyimlik qildim, yalang’och xalqni ko’p qildim. To’rt jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir-biriga do’st qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul tegin vafot etdi”, - deydi. Bu yodnoma yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bo’lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Turk hoqonlari Bilga hoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy vatanparvarlik hamda jasoratning ibrat namunasi bo’lib hisoblanadi.
Ikkinchi bitiktosh - Bilga hoqon bitigidir. Bu bitiktosh Eltarish hoqoninng katta o’g’li - Kulteginning akasi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda o’rnatilgan. Bilga hoqon 734 yilda ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitig ham Yo’llig’ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga hoqon bitigida xalqning tinch-totuv yashagani, Bilga hoqon davrida tinchlik hukmron bo’lgani, u davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z yurtini boy- badavlat etib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitigda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kechirishi ifodalanadi. o’z navbatida davlat boshliqlarining hatti-harakatlari bayon etiladi. Keyin Bilga hoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi
22-b:1-savol
Mashhur donishmand, chexoslaviyalik gumanist-pedagog Ya.A.Komenskiy demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida bashariyat tarixidan o'rin oldi. U o'zining amaliy hayotini, pedagogik faoliyatini, ilmiy asarlarini, xalq bolalarini o'qitish va tarbiyalashda bag'ishladi.
A.Ya.Komenskiyning xizmati shundaki, u yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash haqidagi fan pedagogika fanining vazifalarini payqabgina qolmasdan, balki pedagogik ilmining poydevorini qurdi va rivojlanish yo'llarini ko'rsatib o'tdi.
Yan Amos Komenskiy 1592 yil 25 martda Chexoslavakiyaning Moraviyada “Chex qarindoshlari” jamoasiga taalluqli oilada tug'ildi. Komenskiylar oilasi Moraviyada Koman qishlog'idan ko'chib kelishgan, shuning uchun ham ularni bu erda Komnachilar oilasi deb atalgan.
Komenskiy yashagan davr Yevropa mamlakatlarida sinfiy kurash keskinlashib tarixiy voqeallar sodir bo'lgan vaqtlar edi. Bu davr feodal ishlab chiqarish munosabatlarining borishi kapitalistik tuzum asoslarining targ'ib topayotgan davri edi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Chexiyada boshlagan o'ttiz yillik urush bu urush o'zining mohiyati jihatidan chex xalqining nemis katolik feodalariga qarshi kurash edi. Yevropaning barcha kuchli davlatlari bu urushda qatnashdi. Keng xalq ommasi jalb etilgan bu kurashdan Komenskiylar oilasi chetda turmadi, chunki Komenskiylar oilasiga mansub bo'lgan “Chex qardoshlari” jamoasi burjua demokratik islohotlar o'tkazishni talab qilib, bu kurashda ishtirok etdi. “Chex qardoshlar” jamoasi o'z safiga chex xalqining ozodligi va mustahkamligi uchun kurashib kelayotgan vatanparvarlarni birlashtirdi. Chex xalqining ozodligi uchun kurash yevropa xalqllari feodalizmga qarshi olib borilayotgan kurashning bir qismi edi. Chex qardoshlari cherkovning diniy marosimlarini bajarishdan voz kechdilar, dvoryanlarga qarshi kurashdilar hamma bolalarga ijtimoiy talim berishni amalga oshirdilar, kambag'al oilalarga yordam berdi.
Komenskiy 12 yoshda yetim qolib, muhtojliklarni boshidan kechirdi. “Chex qardoshlari” jamoasi ochgan maktabda boshlang'ich talim oldi, 1608-1610 yillarda lotin maktabida o'qidi. Jamoa hisobidan Germaniyada o'qishga yuborildi. Komenskiy Xerborin va Gaydelberg universitetlarida talim oldi. U “Hamma narsalar ensiklopediyasi” nomli ensiklopediyani yozishga kirishdi. U shu yillarda ona-tilining to'liq lug'ati - “Chex tili xazinasi”ni tuza boshladi va Ratkening didaktik ideallari bilan tanishdi. Komenskiy 1614 yilda vataniga qaytdi va Premerovadagi maktabiga o'qituvchilik qildi. U 1616 yilda “Chex qardoshlari” jamoasiga boshliq qilib saylandi. 1618-21 yillarda jamoa tomonidan ochilgan maktabda boshchilik qildi. U maktabda ishlash jarayonida o'qitish metodlarini takomillashtirishga intildi.
Komenskiy nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmiga qarshi kurashda aktiv qatnashdi. Reaksiya kuchlari chex jamoasi azolarini va Komenskiyni taqib ostiga oldilar. U quvg'inda hayot kechirdi.
Komenskiy 1627 yilda chex tilida “Chex didaktikasi” asarini yozishga kirishdi. Katolik zulmi va quvg'in kuchaygach, Komenskiy va boshqa jamoa azolari Pol`shaning Leshno shahrida o'rnashdilar.
Komenskiy Leshnoda maktab ochib o'qituvchilik qildi. 1632-38 yillarda bu asarni qayta ishlab lotin tilida tarjima qiladi va uni “Buyuk didaktika” deb ataydi. Komenskiy 1631 yilda “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi” 1633 yilda “Fizika”? 1632 yilda “Astranomiya”, 1632 yilda “Onalar maktabi” kabi asarlarini yaratdi. Komenskiy Shvesiyada borib maktab islohoti o'tkazishga kirishdi va maktablarda lotin tili o'qitish metodikasini ishlab chiqdi.
1648 yilda Komenskiy Leshnoga qaytib Shvesiya hukumatining topshirig'iga asosan “Lotin tilining muqaddimasi”, “Latinizm zali”, “Tillarining engi yaxshi metodi” kabi asarlarini nashr qildi.
1660 yilda Komenskiy Vengiriyaga boradi va maktablar ochdi. U o'qitish jarayonini jonlashtirish, bolalarga bilimga qiziqish uyg'otish uchun “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi asari” asosida 8 ta o'quv pyesasini yozdi va ulardan “O'yin maktab” kitobini tuzdi.
1654 yil Komenskiy “Hislar vositasi bilan idora qilingan narsalarnitng suratlari” nomli asarini yozdi. Bu asar Yevropaning ayrim mamlakatlari maktablarida XIX asrning ikkinchi yarimigacha darslik sifatida foydalandi.
Komenskiy Leshno shahri vayron bo'lgach, Gollandiyaga ko'chib bordi va Amsterdam shahrida o’rnashib qoldi. Umrining oxirigacha shu erda yashadi va 1670 yil 15 noyabrda Amsterdam shahrida vafot etdi. Komenskiy umrining so'nggi yillarini xalqlar o'rtasida tinchlik o'rnatish va tinchlikni saqlash muamolarini o'rganishga bag'ishladi.
U otashin vatanparvar edi. U umr bo’yi o'z vatanining mustaqilligi uchun kurashdi. Uning barcha asarlari chuqur vatanparvarlik hissi bilan sug'orilgan. Komenskiy dindor odam edi. Uning pedagogikaga oid barcha asarlarida o'sha davrning tasiri ko'rinadi. Komenskiy dunyo qarashicha uning didaktik talimotiga 16-17 asr tabiat falsafasining va Bekonning seneualistik falsafasining tasiri kuchli. Komenskiy idrok qilingan narsalarning hammasi, avvalo sezgilarda mavjuddir deb hisoblaydi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Hamma bolalar uchun yagona tipda maktab bo'lishi kerak. Jinsi, tabaqasi, ota-onasining mol mulkidan qatiy nazar hamma bolalarga umumiy majburiy talim berish kerak degan talablari uning ruhiga singigan demokratizm ifodasidir. U o'g'il va qiz bolalarni ham o'z ona tilida o'qitishini talab qildi.
Uning dunyoqarashidagi ayrim xususiyatlar uyg'onish davri madaniyatning tasiri ostida vujudga keldi. Komenskiy inson eng mukammal va eng go'zal mavjudotdir deb ta`lim berdi. Tabiat ko'rsatgan yo'ldan borganda uning ruhi ham kamolga etgan zotdir. Komenskiy maktabini insonparvarlik ustaxonasi deb bildi. Komenskiy tarbiyasining maqsadini dindan keltirib chiqardi. Uning fikricha tarbiyaning uch vazifasi bor: 1. O'zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya). 2. O'z-o'zini boshqarish (axloqiy tarbiya). 3. Xudoni tanish (dinniy tarbiya).
Komenskiy o'rta asr pedagogikasidan farqli o'laroq bolaga aqliy tarbiya berishni muhim ish, deb hisoblaydi.
Komenskiy tarbiyaning roliga yuksak baho bergan. Inson faqat tarbiya tufayligina insonga aylanadi, insonga bolalik chog'idan tarbiya berilishi lozim.
Tarbiyaning tabiatga mosligi haqidagi fikr dastlab Aristotel asarlarida uchraydi, lekin u bu masalani batafsil yoritmagan. Russo, Pestalossi, Disterveglarning asarlarida ham tarbiyaning tabiatga uyg'unligi haqida fikr yuritilladi, lekin ular tarbiyaning tabiatga uyg'un bo'lish masalasini turlicha tushunadilar.
“Buyuk didaktika” asarida bayon etilgan asosiy fikrlardan biri tarbiya va o'qtishning tabiatga uyg'un bo'lishi haqidagi g'oyadir.
22-b,2-savol
Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. Ozbekiston ham himoyaga oz hissasini qoshdi.
Dushman bosib olgan yerlardagi koplab ishlab chiqarish korxonalari Ozbekistonga kochirildi. Ozbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga hissa qoshdi.
Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik boldi. Koplab oqituvchilar armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, oquv qurollari yetishmasdi.
Oquv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bolgan bolalarni hisobga olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili ogil va qizlarni alohida oqitish ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi.
Ozbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi.
Urush davri qiyinchiliklaridan yana oqish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut boldi, ashula, rasm darslari otilmadi. Oqituvchilar kamayib, xotin - qizlardan oqituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga otilgan edi, lekin hali otib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi.
1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga otildi.
Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari korildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga otildi. Kasbga orgatish maqsadida texnikumlar soni kopaytirildi. 1956 yildan internat maktablar vujudga keltirildi.
Oqituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari orta maktab negizida ishlaydigan boldi, oqish muddati 2 yil edi. 1952 yildan oqituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi.
1962 - 63 oquv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi.
1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari boyicha ilmiy darajalar beruvchi Birlashgan Sovet tashkil etildi.
Turgunlik yillarida hukumat siyosatidagi har qanday moneliklarga qaramay, mavjud imkoniyatlar doirasida Markaziy Osiyo, jumladan ozbek ziyolilari ulug mutafakkir shoir va olimlarimizning pedagogik fikrlarini tadqiq etish davom etdi. 60 - 70 yillarda Furqat, Sadriddin Ayniy, Alisher Navoiy, Jomiy va Davoniy, Abdulla Avloniy kabi allomalarimizning ta’lim - tarbiya haqidagi fikrlari tadqiq etildi. "Kalila va dimna", "Qobusnoma" nashr qilindi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Taniqli pedagog olim Z.Mirtursunov "Ozbek xalq pedagogikasi va uning xalq ogzaki ijodida aks ettirilishi" (1967) asarida xalq pedagogikamizni birinchi bor tadqiq qildi.
XX asrning 70 - 90 yillarida xalq ta’limi va pedagogik fikrlar.
70 - 80 yillarda ham ta’lim tizimida muhim orinni egallagan umumiy ta’lim maktablari davlatning mafkuraviy, madaniy vazifalariga xizmat qilardi. 1972 yili hukumat tomonidan "Yoshlarni umumiy orta ta’limga otkazishni tugallash va umumiy ta’lim maktablarini yanada rivojlantirish togrisida". Yoshlarni umumiy orta ta’limga otkazish 1975 yilga kelib tugallandi.
1975 - 76 oquv yilida Ozbekiston qishloq va shaharlariga 9642 ta umumta’lim maktabi bolib, ularda 38028 ming oquvchiga 237,5 ming oqituvchi saboq berdi.
Shu oquv yilida 42 ta oliy oquv yurtida 246,4 ming talaba ta’lim oldi, ularda 400 fan doktori va 5 mingdan ortiq fan nomzodlari mehnat qildilar.
Maktabgacha tarbiya muassalariga 900 mingdan ortiq bola jalb etilgan.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy muassalarga 440 mingdan ortiq bola tortildi.
80 yillarga kelib jamiyatning kop sohalardagi kamchiliklar kozga tashlanib, keng kolamda qayta qurish ishlari boshlab yuborildi.
Hukumatning "Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yonalishlari" 1984 yil ma’qullandi.
Ozbek pedagogikasi butunlay osishdan to`xtab qolmadi.
Koplab olimlarimiz uni yuksalishi yolida tinmay mehnat qildilar. 70 yillarda ozbek pedagogikasi ravnaqi uchun ayniqsa, Siddiq Rajabov (1910-1993) fidoyilik korsatadi. Ilmiy tadqiqot va Nizomiy nomli TDPI da ishlaydi. "Ozbekiston maktablari tarixi" mavzusida doktorlik disertatsiyasini himoya qiladi. "Pedogogika fani taraqqiyotining ba’zi masalari", "Tarbiya va oqitishda klassik ta’limot", "Oliy ta’lim didaktikasi" kabi onlab asarlari nashr etiladi.
Pedogigika fani rivojiga Malla Ochilov (1931) katta hissa qoshdi. Uning "Oqituvchi odobi", "Studentlarning axloqiy tarbiya jarayoni", "Bolajak oqituvchini axloqiy shakllantirish", Studentlarning ilmiy tadqiqot ishlari" kabi risolalari mashhurdir, u chex pedagogi Ya.A.Komenskiyning "Buyuk didaktika" asarini 1- bolib ozbek tiliga tarjima qilgan.
Iqtidorli olim hozirda Qarshi DU pedogogika kafedirasini boshqarmoqda, koplab shogirdlariga ustozlik qilib kelmoqda.
80 yillarda Muzaffar Abdullayevning (1931) Forobiy qarashlari haqidagi tashqiqotlari pedagogikani yangi bosqichga kotarilishiga sabab boldi. "Abu Nasr Forobiy", "Forobiy va uning risolalari", "Forobiy ta’lim tarbiya togrisida" kitoblarini yozdi. FA ning haqikiy a’zosi, hozirda Sharqshunoslik institutida direktorlik qilib kelmoqda.
O.Sharoffidinov, I.Husanxojayev, Z.Mirtursinov, R.Usmanov va boshqa olimlarimiz pedogogikamiz ravnaqi yolida kurashgan.
23-b,1-savol
Rasmiy nomi – Fransiya Respublikasi. Poytaxti – Parij. Hududi– 551000kv.km.Aholisi – 61024316.Davlat tili – fransuz.Dini – katolik (90%).Pul birligi – evro. Fransiyada savodxonlik darajasi: umumiy savodxonlik – 99%. Erkaklar – 99%.Ayollar – 99%. Ta‘lim tizimiga jalb etilganlar: Umumiy soni – 15 mln. Shundan: Boshlang‘ich ta‘lim – 6-7mln. O‘rta ta‘lim – 4,8-5 mln. Oliy va undan keyingi ta‘lim – 2,5-3 mln.
Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta‘lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Fransiyada ta‘lim tizimi bosqichlari:
• Maktabgacha ta‘lim – 2 -6 yosh
• Boshlang‘ich ta‘lim – 6-11 yosh
• O‘rta ta‘lim – 11-18 yosh
• Oliy ta‘lim va undan keyingi ta‘lim.
Fransiyaning butun ta‘lim tizimi uzoq tarixga ega.2004 yil 15 martda yangi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Uning o‘zgartirilishiga ta‘lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoit, chet el pedagogikasidagi ilg‘or tajribalarning mamlakat ta‘lim tizimiga kiribkelishi, o‘quv predmetlaridagi integratsiya va boshqalar sabab bo‘ldi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Fransiyada ta‘limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta‘minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo‘linadi. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib, ularga ajratilgan vaqt dars tarkibining 30 foizini tashkil etadi. Umuman, tarkibdagi 45 foiz darslar gumanitar yo‘nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o‘rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o‘rtacha soni 35 - 40 ta, o‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va tushdan keyingiqismlarga bo‘linadi. Ertalab o‘quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta‘limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari asosi XIX asrda yaratilgan va ular hozirgi kungacha amal qilib kelmoqda. Ta‘lim tizimiga har yili davlat byudjetidan 64 mlrd. evro mablag‘ ajratiladi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln.kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir. Davlat hududida 7000 ta kollej, 2600ta litsey, 79 ta universitet mavjud. Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi. Fransiyada o‘quvchilar hamda talabalar 15 mln kishini tashkil qiladi, bu esa aholining to‘rtdan bir qismidir.Davlat hududida 7 mingta kollej, 2600 ta litsey, 79 ta universitet mavjud.Ta‘lim sohasiga har yili davlat byudjetining 21% mablag‘i sarf qilinadi. Ta‘lim tizimi A,B,S va mustaqil zonalarga tarmoqlangan, lekin bir markazga bo‘ysunadi.
Ta’lim tizimlari.Maktabgacha ta’lim.
Fransiya ta‘lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu maktabning ta‘limiy vazifasi: boshlang‘ich maktabga tayyorlash, bolalarni o‘zini namoyon qilishga o‘rgatish. Bu bosqichni ―Onalar maktabi” deb ham yuritiladi.Maktabgacha ta‘lim majburiy emas. Unga 2 yoshdan qabul qilinadi, yoshiga qarab eng kichik guruh, kichik guruh, o‘rta guruh va katta guruhlarga bo‘linadi. 3 yoshdan ―Onalar maktabi‖ga borishadi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish ulargaoiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ularni mustaqil holda ham, maktablarning boshlang‘ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan.
Fransiya ta‘limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi, 1980 yillarning oxiridagi ma‘lumotlariga ko‘ra, onalar maktabida 65 ming boshlang‘ich maktablar bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shaxobchalarida 9100 sinf mavjud. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:
- kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha;
- o‘rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha;
- katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha.
5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo‘lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
23-b,2-savol
Yunоnistоndа mаktаb vа mаdаniyatning tеz rivоjlаnishi pеdаgоgikа nаzаriyasining hаm tug’ilishigа imkоniyat yarаtdi.
Pеdаgоgikа nаzаriyasigа оlim vа fаylаsuflаrdаn Suqrоt, Plаtоn, Аrаstu vа Dеmоkritlаr аsоs sоddilаr. Ulаr o’z qаrаshlаri bilаn tа’lim-tаrbiya rivоjlаnishigа judа kаttа хissа qo’shdilаr. Quiidа biz bu fаylаsuf оlimlаr hаqidа qisqаchа to’хtаlib o’tаmiz.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
Suqrоt er.аv. (469-399y)dа yashаb ijоd etgаn. Suqrоtning fikrichа tаrbiyadаn kutilgаn mаqsаd, buyumlаr tаbiаtini o’rgаnish bo’lmаy, bаlki kishining bilim оlishi, ахlоqni kаmоl tоptirishi bo’lmоg’i lоzim edi. Suqrоt fаylаsuf bo’lishi bilаn birgа аjоyib nоtiq hаm edi. U kеng mаydоnlаrdа so’zgа chiqib, ахlоqqа dоir mаsаlаlаr yuzаsidаn suhbаtlаr o’tkаzаr, tinglоvchilаrni sаvоl-jаvоb yo’li bilаn hаqiqаtni tоpishlаrigа undаr edi. Suhbаtning bu usuli «Suqrоt usuli» dеb аtаlgаn. U pеdаgоgikа оlаmigа аnа shundаy sаvоl-jаvоb mеtоdini ya’ni «Evristik» suhbаt mеtоdini yangi (sаvоl bеrish vа sаvоlni to’ldirish) mеtоdini оlib kirdi. U tаrbiyadа ахlоqiy, estеtik, jismоniy tаrbiya mеzоnini ishlаb chiqdi. Lеkin Suqrоtning ахlоqiy qаrаshlаridа tеngsizlikni yaqqоl sеzish mumkin. Uning fikrichа ахlоq fаqаt imtiyozli «mumtоz» lаrgаginа хоs, «mumtоz» kishilаr hаqiqiy ахlоqning yagоnа egаlаri bo’lgаnliklаri uchun hоkimiyat hаm ulаrning qo’llаridа bo’lmоg’i kеrаk dеydi.
Plаtоn er.аv. (424-347) yillаrdа yashаgаn. U Suqrоtning shоgirdi bo’lib «оb’еktiv idеаlizm» nаzаriyasining аsоschisidir. U tаnаdаn tаshqаridа mаvjud bo’lgаn nаrsаlаr hаqidаgi nаzаriyani ilgаri surаdi.
Plаtоn аrеstоkrаtiyaning аbаdiy hukmrоnligi hаqidаgi nаzаriyani ilgаri surаdi. Uning fikrichа idеаl аristоkrаtik dаvlаt 3 хil ijtimоiy guruhlаrdаn ibоrаt bo’lishi, ya’ni bulаr: fаylаsuflаr, jаngchilаr, hunаrmаndlаr vа dеhqоnlаr guruhidаn ibоrаt bo’lishi lоzim. Fаylаsuflаr dаvlаtni bоshqаrаdilаr, jаngchilаr ulаrni hаr qаndаy dushmаndаn himоya qilаdilаr, uchinchi guruх esа mехnаt qilib, mo’l хоsil еtishtirib fаylаsuflаr vа jаngchilаrni bоqаdilаr dеgаn fikrni ilgаri surаdi.
SHuningdеk, u qullаrni хаm sаqlаnib qоlishini аytib uning tаsаvvuridа qullаr хаm, хunаrmаndlаr hаm, huquqsiz dоirаlаr, pаstkаshlik, qаnоаt vа itоаtkоrlik fаzilаtlаriginа hunаrmаnd kоsiblаrgа vа dеhqоnlаrgа хоs dеb tаkidlаydi.
Tаrbiya - dеydi Plаtоn dаvlаt tоmоnidаn tаshkil etilmоg’i, hukmrоn guruхlаrning mаnfааtlаrini ko’zlаmоg’i lоzim. Plаtоnning fikrichа bоlаlаr 3 yoshdаn bоshlаb 6 yoshgаchа dаvlаt tоmоnidаn tаyinlаb qo’yilgаn tаrbiyachilаr rахbаrligidа tаrbiyalаnishini tаvsiya etаdi.
7 yoshdаn 12 yoshаchа esа dаvlаt mаktаblаridа tахsil оlib, ulаrgа o’qish, yozish, хisоb, musiqа vа аshulа dаrslаri o’rgаtilаdi.
12-16 yoshgаchа bo’lgаn bоlаlаr jismоniy mаshqlаrni o’rgаtаdigаn «Pоlеstrа» mаktаbidа, 18 yoshgа qаdаr dunyoviy fаnlаrni o’qitаdigаn mаktаblаrdа, 18-20 yoshgаchа esа «Efеb» mаktаblаridа tахsil оlib hаrbiy tа’lim o’rgаtilаdi.
Uning fikrichа, «Efеb» mаktаbini tugаtgаndаn so’ng qоbiliyatli vа iqtidоri bo’lgаn yigitlаr fаlsаfа ilmini o’rgаtаdigаn uchinchi bоsqich оliy tа’limni o’tаydilаr.
Plаtоn tаrbiya tizimidа аsоsаn jismоniy mехnаtgа nаfrаtni singdirish, quldоrlаr mаnfааtini himоya qilish mаqsаdi nаzаrdа tutilаdi.
Uning pеdаgоgikа tаriхidа tutgаn o’rni shundаki, u dаstlаb mаktаbgаchа tаrbiya to’g’risidаgi g’оyani ilgаri surib, yoshlаrgа tа’lim bеrishning izchillik tizimini ishlаb chiqqаnligidаdir.
YUnоn fаylаsuf оlimlаridаn yanа biri Аrаstudir. U er, аv. (384 -322) yillаrdа yashаgаn.
Аrаstu uch хil tаrbiya ya’ni: jismоniy, ахlоqiy vа аqliy tаrbiya аqidаlаrni ishlаb chiqib, tаrbiyaning rivоjlаnishigа kаttа hissа qo’shgаn.
Аrаstu birinchi bo’lib yoshni dаvrlаrgа bo’lish mеzоnini ishlаb chiqishgа uringаn оlimdir.
U insоnni yoshlik yillаrini 3 dаvrgа, ya’ni: 0-7 yoshgаchа; 7 - 14 yoshgаchа; 14-21 yoshgаchа bo’lgаn dаvrlаrgа bo’lаdi. U оilаviy tаrbiyagа dоir bir kаnchа tаvsiyalаr bеrаdi. Uning fikrichа,bоlаlаr 7 yoshgаchа оilаdа tаrbiyalаnаdi, go’dаkning yoshigа mоs kеlаdigаn оvqаtlаr bilаn bоqish, turli хаrаkаtli mаshklаr оrqаli uni chiniqtirib bоrish kеrаk dеydi.
O’g’il bоlаlаr 7 yoshdаn bоshlаb dаvlаt mаktаblаridа o’qishlаri lоzim dеb uqtirаdi. U jismоniy, ахlоqiy vа аqliy tаrbiya bir-biri bilаn uzviy bоg’lаngаn dеb хisоblаydi. U bоlаlаrgа bоshlаng’ich tа’lim bеrish vаqtidа jismоniy mаshqlаr qilish bilаn bir qаtоrdа o’qish, yozish, grаmmаtikа, rаsm vа musiqаni o’rgаtish kеrаk dеb tа’kidlаydi.
Sherlock, [25.05.2022 11:44]
o’smirlаr mаktаbdа jiddiy mа’lumоt оlishlаri, ulаr: аdаbiyot, tаriх, fаlsаfа, mаtеmаtikа, аstrоnоmiya vа bоshqа fаnlаrni o’rgаnishlаri lоzim dеydi.
Аrаstu хоtin-qizlаrning tаrbiyasi erkаklаrning tаrbiyasigа o’хshаshi mumkin emаs, chunki хоtin-qizlаrning tаbiаti erkаklаrning tаbiаtidаn fаrq qilаdi dеb хisоblаydi.
Аrаstu Plаtоndаn fаrq qilib, bоlа tаrbiyasidа оilа tаrbiyadаn chеtlаshtirilmаydi. Ахlоqiy tаrbiya bеrish аsоsаn оilа zimmаsidа ekаnligini uqtirаdi.
Dеmоkrit, er, аv, (460-370) yillаrdа yashаgаn. U tаrbiyani tаbiаtgа muvоfiqlаshtirish mаsаlаsini birinchi bo’lib ilgаri surgаn оlim bo’lib, u "Tаbiаt bilаn tаrbiya bir-birigа o’хshаydi" dеydi. «Tа’lim mехnаt аsоsidаginа go’zаl nаrsаlаrni хоsil qilаdi» dеb tаrbiya ishidа mехnаtning rоli bеqiyos ekаnligini tаkidlаydi. Uning хizmаti shundаki, u insоn kаmоlаtidа mехnаt tаrbiyasining rоligа kаttа e’tibоr bеrib, yoshlаrgа mехnаt tаrbiyasi bеrishning usullаrini ko’rsаtib bеrgаnligidаdir.
Qadimgi Rimda pedagogik g’oyalar rivoji
Mаrk Fаbiy Kvintiliаn – mаshhur rimlik nоtiq vа pеdаgоg. O’z mаktаbi tаjribаlаri vа аntik dunyodаgi pеdаgоgik fikrlаrgа аsоslаnib, bа’zi pеdаgоgik muаmmоlаr аks etgаn birinchi mахsus pеdаgоgik qo’llаnmа – «Nоtiqni tаrbiyalаsh hаqidа» аsаrini yarаtgаn.
Kvintiliаn bоlаlаrni tаrbiyalаshgа e’tibоr qаrаtib, bоlа shахsi rivоjlаnishidа uning tаbiiy qоbiliyatlаrini hisоbgа оlishgа kаttа аhаmiyat bеrаdi. Uning fikrichа, «Bilishgа intilish irоdаgа bоg’liq, mаjburаn o’qitish mumkin emаs» (Kvintiliаn «О vоspitаnii оrаtоrа», 1-qism, 3, 8-bеtlаr).
Kvintiliаn bоlаlаr kаttа tаntаlаrdа ishtirоk etаdigаn hаmdа kаttаlаrning nоjo’ya хаtti-hаrаkаtlаrining guvоhi bo’lаdigаn Rim jаmiyatining yuqоri qаtlаmlаridаgi оilа tаrbiyasini qаttiq tаnqid qilаdi. U оtа-оnаlаrdаn bоlа tа’sirlаnuvchаn bo’lishi, undа yaхshi vа yomоnlikning оsоn ildiz оtishini esdа tutishni tаlаb qildi hаmdа tаrbiyachi-pеdаgоglаrni tаnlаshdа hаm bungа e’tibоr qаrаtishni uqtirаdi.
Kvintiliаnning pеdаgоgik qаrаshlаridа bоlаlаrni nоtiqlik sаn’аtini egаllаshlаrigа оid fikrlаr hаm mаvjud.
24-b,1-savol
Buxоrо amirligi, Qo’qоn vа Xivа xоnliklаridа ta’lim-tarbiya
XVII-XIX asrlarda О‘rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otinoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qо‘qon, Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez kо‘paygan.
Maktablar boshlang‘ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va о‘qish о‘rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi о‘quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qо‘qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag‘ir (yetim)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bunday maktablar davlat mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritgan.
Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod о‘rganish kо‘p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni о‘rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham kо‘p vaqt sarflanar edi. О‘quvchilar dastlabki о‘qish kо‘nikmalarini egallaganlaridan sо‘ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning yettidan bir qismi”) о‘qishni boshlaganlar
О‘quvchilar «Haftiyak»ni tugatganlaridan sо‘ng «Chor-kitob» (Tо‘rt kitob)ni о‘qishga kirishganlar. «Chor-kitob» fors-tojik tilida yozilgan bо‘lib, uning birinchi qismida diniy marosimlar (tahorat olish, namoz о‘qish, rо‘za tutish va h.q.) she’riy usulda bayon etilgan, ikkinchi qismida yuqoridagi masalalar katexizis (izoh) shaklda ancha keng yoritilgan parchalar о‘rin olgan. “Chor-kitob”ning “Musulmonlikning muhim masalalari” deb nomlangan uchinchi qismi о‘quvchilarni shariatning asosiy ustuni -musulmon diniy huquqlari bilan tanishtirgan. Kitobning “Pandnoma” (Nasihat kitobi) deb nomlangan va XIII asrda yozilgan tо‘rtinchi qismida Qur’oni karimdan olingan odob-axloq masalalariga oid qoidalar she’riy shaklda bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |