19-2 Kimsanova Munojat savol va topshiriqlar matn talqini tadqiqini qanday tushunasiz?



Download 19,18 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi19,18 Kb.
#551161
Bog'liq
iiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiiii


19-2 Kimsanova Munojat
4. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Matn talqini tadqiqini qanday tushunasiz?
Matnning til tizimidagi o'rni haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud. Masalan, matnni nutqiy birlik sifatida talqin qiluvchi olimlar uning belgilar tabiati nimalardan iborat, matnni nutqiy jarayon deb atash lozimmi yoki matnni nutqiy jarayonning natijasi sifatida talqin etish kerakmi, matnni og'zaki nutq bilan yoki yozma nutq bilan bog'lab o'rganish to'g'ri bo'ladimi, degan savollarni kun tartibiga qo'ymoqdalar. Matnnig nutq kategoriyasi ekanligi masaiasi psixolingvistikada "nutqiy jarayon" yoki "nutqiy faoliyat natijasi" sifatida izohlanadi. Matn tuzilishiga ko'ra og'zaki va yozma shakllarda bo'lishi mumkin. Rus tilshunosi I.R. Galperinninig talqiniga ko'ra, matn har tomonlama mukammal holatlarga keltirilgan yozma nutq mahsulidir. XX asrning 2-yarmida tilshunoslikda yangi yo'nalish - "Matn tilshunosligi" paydo bo'ldi. Bu nisbatan yosh soha bo„lgani uchun ham uning ichki tuzilishida muayyan nazariyalar borasida hozirga qadar bir ilmiy qarorga kelinmagan. O`tgan asrning 90-yillaridan boshlab o'zbek olimlari matn tilshunosligining nazariy muammolari bilan shug'ullana boshladilar. Bu jihatdan B.O'rinboyev, R.Qo`ng'urov, J.Lapasovlarning "Badiiy tekstning lingvistik tahlili" nomli o'quv qo „llanmasini alohida qayd etishimiz zarur. Bu asarning kirish qismi "Tekst - lingvistik tahlil obyekti " deb nomlanadi. Bunda matn tiplari, ularning umumiy va o'ziga xos belgilari, matnning lisoniy tahlili, metodologik tamoyillari, matn yaratish muammolari ifoda vositalarining tanlanishi va ularning matn tuzilishidagi 8 roli singari dolzarb masalalar o'zbek tilida berilgan misollar orqali yoritilgan. A.Mamajonov 1989-yilda nashr qilingan "Tekst lingvistikasi" nomli qo`llanmasida matn nazariyasi va matn tahlili bilan bog'liq masalalarga to'xtalgan. O'zbek tilshunosligida matn muammolari tadqiqida yana bir salmoqli ish S.Boymirzayevaning "O`zbek tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi kategoriyalar" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasidir. Mazkur tadqiqot ham o'zbek lingvistikasida matn tilshunosligi yo`nalishining rivojiga zalvorli hissa qo'shdi. Hozirgi paytga kelib, o'zbek tilshunosligida matn muammolarini tadqiq etishda salmoqli yutuqlarga erishildi hamda lingvistikada "Matn tilshunosligi" yo"nalishining mavqeyi yanada mustahkamlandi. Matn maqsad-mohiyatida tilning ikki muhim vazifalaridan biri: kommunikativ vazifa yoki estetik vazifaning qay biri yetakchilik qilishiga ko`ra 9 matnning ikki oppozitiv tipi farqlanadi, ya'ni badiiy matn va nobadiiy matn. Asosiy maqsad-mohiyatida estetik vazifa yetakchilik qilgan matnni badiiy matn deyishimiz mumkin.
2. Muhammad Rahimxon II –Feruzning nechta kutubxonasi bo‘lgan?
Muhammad Rahimxon II oʻz zamonining shoiri boʻlgan. U tarixiy, adabiy asarlarni sevgan va ularni koʻplab koʻchirtirgan hamda saroyga toʻplagan. Muhammad Rahimxonning ikkita kutubxonasi boʻlib, biri qishki qarorgoh– Ark ichkarisida, yana biri yozgi qarorgoh – shahar tashqarisida Tozabogʻ saroyida joylashgan edi. Bu kutubxonalarda ixcham kataloglar tuzilgan, kitoblarning muqovalariga ularning nomlari bitilgan yorliqlar yopishtirilgan. Xiva xoni Feruzning asosiy maqsadi nodir asarlar nusxalarini koʻpaytirish orqali qoʻlyozmalarni asrash edi. Manbashunos H.Aminovning yozishicha, Xiva xoni Feruz kutubxonasi fehrist-katalogida qoʻlyozma va litografik asarlardan jami 914 jild kitob bayoni keltirilgan. Ular 893 asarni tashkil etib, bularning 604 jildi qoʻlyozma boʻlib, 310 jildi toshbosma nusxalardir.
Feruz shoirtabiat va san‘atga ixlosi baland nozik did kishi bo’lganidan saroyda va Tozabog’ dagi saroyida noyob kitoblar yig’ilgan shaxsiy kutubxonalari bolgan. Ko’hna Arkdagi kutubxonasida dunyoning turli burchaklarida arabu-fors, chig’atoy, turk, no’g’ay tillarida husnixat qilingan 550 dan ortiq nodir kitoblar saqlangan. Bularning 30 dan ortig‗i Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy qalamiga mansub bo’lgan. 1874-1879 yillarda Xivada toshbosma usulida chop etilgandi. Tozabog’ dagi kutubxonada esa 200 dan ziyod nodir kitoblar asralib, ular maxsus teridan tayyorlangan muqovali kam nusxadagi hind, fors, turk tillaridagi asarlar edi. 1873-yildagi rus istilosi davrida fon Kaufman xon saroyidagi 300 dan ziyod kitobni olib ketgani rus podshosiga sovg’a qilgani ma‘lum
3. Miloddan avval VI–IV asrlarda qanday yozuvlar shakllangan edi?
Miloddan avvalgi VI–IV asrlardayoq Turonzaminning turli oʻlka mahalliy tillari tovush sistemasiga mustaqil holda moslashgan. Xorazmiy-sugʻdiy, pahlaviy, baxtariy kabi yozuvlar shakllanganligi yozma madaniyatimiz ildizlari naqadar uzoq davrlarga borib taqalishidan dalolat beradi. Mana shu yozuvlar ichida sugʻd yozuvi yodgorliklari keng miqyosda va uzoq vaqt iste’molda boʻlganligi bilan alohida ajralib turadi. Qogʻozga bitilgan va bizgacha yetib kelgan sugʻdcha matnlarning eng qadimiysi IV asr boshlariga mansub boʻlib, fanda “Eski maktublar” deb nom olgandir. Bu maktublar 1906-yili ingliz olimi A.Steyn boshliq ekspeditsiyatomonidan Moʻgʻulistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Sugʻd yozma yodgorliklarining eng soʻnggisi Talas daryosi vodiysidagi qoyatoshlar sirtiga bitilgan tashrifnomalardir. Bu yozuv oromiy yozuvi asosida paydo boʻlganligi bois, oromiy yozuviga oʻxshaydi. II asrning oxiri – III asrning boshlarida Xorazm yozuvi xoʻjalik hisobot hujjatlari, tangalardagi yozuvlar, qabrlarga oʻrnatilgan haykallar va boshqa joylarda uchraydi.
.
Download 19,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish