Tovar deb insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan ne’matga aytiladi.
Ko’rinib turibdiki, tovar ikki xossaga ega:
a) biron-bir ehtiyojni qondirish;
b) ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish xossasi.
Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi.
Naf deb, tovar va xizmatni iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa ham iste’mol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni iste’molini qondiradi. Naflilik shu tovarning naqadar zarurligi, sifati, kamyob yoki serobligi kabilarga bog’liq.
Xizmatlar iste’mol qiymati sifatida, asosan moddiy ko’rinishga ega emas. Shuning uchun bevosita jamg’arib bo’lmaydi, balki xizmat ko’rsatish jarayonida iste’mol qilinadi. Ayirboshlanganda turli xil iste’mol qiymatlari, ya’ni bir turdagi tovar, ikkinchi bir turdagi tovarga almashtiriladi. Almashtirish uchun ular miqdorini taqqoslash kerak.
Buyuk mutafakkir Aristotel (miloddan avvalgi 384—322- yillar) tenglik bo’lmasa, ayirboshlash mumkin emas, tenglik bo’lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo’lishi kerak, deydi. Odatda, har xil tovarlar ayirboshlanadi, ularning o’lchov birliklari ham har xil. Masalan, mato, deraza, guruch almashtiriladi desak, biri metrda o’lchansa, ikkinchisi dona, uchinchisi kilogrammda o’lchanadi. Demak, miqdor jihatdan ularni bir-biriga tenglashtirib bo’lmaydi. U holda tovardagi nimani taqqoslash mumkin. Boshqacha aytganda, tovarning narxi qanday belgilanadi? Bu savolga iqtisodiy nazariya uzoq vaqt javob bera olmadi...
XVIII—XIX asrga kelib, uzoq kutilgan javob topildi. Bu tovarda mujassamlashgan qiymat bo’lib, uning birinchi ta’rifini siyosiy iqtisod klassiklari V. Petti, A. Smit, D. Rikkardo va boshqalar berishdi. Ularning fikricha, har qanday tovar qiymatining asosida unga sarflangan mehnat yotadi. Mehnatning o’lchovi esa ish vaqti. Bir xildagi tovar ishlab chiqarish uchun ishlovchi turlicha vaqt sarflaydi. Bu vaqt individual ish vaqti bo’lib, u individual qiymatni yaratadi. Individual ish vaqti ishlab chiqarish sharoiti, ishchilarning malakasi, tajribasiga ko’ra farqlanadi. Bozorda tovarlar individual ish vaqti sarfi bo’yicha emas, balki ijtimoiy zaruriy ish
vaqti bo’yicha sotiladi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti deb o’rtacha mehnat unumdorligi va mehnat intensivligi sharoitida tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan vaqtga aytiladi.
Qiymat ijtimoiy munosabat sifatida faqat almashuv jarayonida yuzaga chiqadi va almashuv qiymatida namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy nazariya ko’rsatadiki, qiymatning mehnat nazariyasi hamma savollarga javob beradigan benuqson nazariya emas ekan. Bu nazariyani sobiq Ittifoqda qo’llashga qilingan harakat narx belgilashning xarajatlar mexanizmi shakllanishiga olib keldi. Xarajatlarni ko’paytirish ishlab chiqaruvchilarga juda qo’l keladi.
Undan tashqari, amaliyotda bu nazariyani qo’llashda yana bir muammo sarflangan ijtimoiy zarur mehnatni aniq o’lchab bo’lmasligidir. Bu erda yana bir savol tug’iladi, agar tovarning qiymati individual mehnat bilan o’lchanmasa, Van-Gog yoki Leonardo da Vinchining chizgan suratlari qiymati qanday o’lchanadi?
Agar tovarning qiymati mehnat xarajatlari bilan o’lchanadigan bo’lsa, uning sifati va miqdori qanday o’lchanadi? Mehnat oddiy malaka talab etmaydigan yoki murakkab, maxsus malaka talab qiladigan mehnat bo’lishi, og’ir jismoniy yoki aqliy mehnat bo’lishi mumkin.
Qiymat nazariyasining eng jiddiy kamchiliklaridan biri tovarning iste’mol qiymatiga ahamiyat bermaslikdir. Shuning uchun ham iqtisodiy nazariyaga aynan ana shu kamchilikni bartaraf etishga qaratilgan yangi nazariya kirib keldi.
Iqtisodiy nazariya tarixida «Avstriya maktabi» nomi bilan atalgan «me’yoriy naflilik» nazariyasi asoschilari ne’matlarning qiymati ularning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologiyasi nuqtai nazaridan aniqlanadi, degan fikrni ilgari suradilar. Ular naflilikni tovarning ob’ektiv xossasi bilan aralashtirmaslik kerak, naflilik bu xaridorning o’z ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bergan individual sub’ektiv bahosidir deyishadi.
Qiymat nazariyasi bilan naflilik nazariyasining bosh maqsadi turli iste’mol qiymatlarini yoki naflilikni taqqoslash muammosini hal qilishdir. Olma, tanbur, kostyumdan qay biri foydaliroq? Bir tomondan qarasangiz, bundaysavolning o’zi tuturiqsiz, bema’nilikka o’xshaydi. Ammo har bir aniq holatdan kelib chiqadigan
bo’lsak, bu savolda jon bor. Umumiy tarzda olsak, bu savolga javob berib bo’lmaydi. Bu me’yoriy naflilik nazariyasining xato ekanligini ko’rsatadigan ishonchli dalil. Lekin yuqoridagi savolga individual jihatdan yondashilsa, uni har bir kishi sub’ektiv tarzda echadi. Vitamin zarur kishi uchun olma, artist uchun tanbur, kostyumzarur kishi uchun esa boshqa narsalardan ko’ra kostyum afzal. Chunki, har bir odam birinchi galda eng zarur ehtiyojini qondirishga harakat qiladi. Har xil ehtiyojlar ichida eng zarur ehtiyojni qondirish uchun turli tovarlar ichidan eng kerakligini tanlab oladi. Demak, u yoki bu tovarni sotib olishni har bir odam sub’ektiv tarzda hal etadi. Undan tashqari, inson ehtiyojini qondirgan tovarni iste’mol qilishni davom ettirar ekan, uning ehtiyoji tobora to’yinib boradi, nafliligi esa kamayib boradi. Masalan, qorni och odam birinchi burda nonni katta ishtaha bilan eydi, keyingilarini egan sari to’yib, oxir-oqibat boshqa non egisi kelmay qoladi. Barcha eyilgan non miqdori to’yinish miqdorini ifodalaydi. Shaxsiy iste’mol jarayonida yuz beradigan ana shu hodisani nemis iqtisodchisi German Gossen (1810—1858) tadqiq qilib, naflilikni pasayib borishi qonuni amal qilishini ko’rsatib beradi. U bu qonunni «Aynan bir mahsulot bilan ehtiyojlarni qondirishni uzluksiz davom ettirsak, borgan sari ehtiyoj to’laroq qondirilib, oxir-oqibat to’yinadi, lekin mahsulotning nafliligi
esa pasayib boradi», deb ta’riflaydi. Ehtiyoj to’yingandan keyin ham iste’mol davom ettirilsa, u naf o’rniga zarar keltiradi. Demak, iste’mol qilishda qandaydir me’yor bo’lar ekan.
Me’yoriy naflilik deb qo’shimcha iste’mol qilingan mahsulotdan qo’shimcha olinadigan nafga aytiladi.
Ne’matning qiymatini ana shu me’yoriy naflilik belgilaydi. «Avstriya maktabi» asoschilari naflilikni pasayishi qonuniga umumiy tus berishga harakat qilishgan. F. Vizer bu qonun «hamma narsaga, ochlikdan tortib muhabbatgacha» tegishli deb ko’rsatadi.
Bu qonunga binoan ehtiyojlar qondirilishiga qarab to’yinish darajasi o’sadi, naflilik esa pasayadi, ya’ni ehtiyojni qondiruvchi ne’matning har bir yangi birligi avvalgisiga qaraganda kamroq naf keltiradi. Ana shu ne’matning zaxirasi talabni qondirishning chegarasi bo’ladi.
2. Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sug‘urta qilish, ularning sog‘lig‘ini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o‘zgarishiga qarab kompensatsiya to‘lash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalala
Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sug‘urta qilish, ularning sog‘lig‘ini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o‘zgarishiga qarab kompensatsiya to‘lash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalala
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari jamoa shartnomalari, kelishuvlari shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish beruvchilar, ularning birlashmalari kasaba uyushmalarining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad etgan yoki ko‘rsatilgan muddatda ular o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas: kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan xodimlarga — shu organning roziligi olinmasdan turib; tashkilot bo‘linmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligi olinmasdan turib; tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga, kasaba uyushmalari tashkilotchilariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olinmasdan turib.
Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan taqdirdagina, tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining raislari va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa, yuqoridagilardan tashqari faqat tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olingan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Kasaba uyushmalarining tashkilotchilari va kasaba uyushmalari guruhlarining tashkilotchilari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga tegishli kasaba uyushmalari birlashmasi organining roziligi olingan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Kasaba uyushmalari saylab qo‘yiladigan organlarining ishlab chiqarishdagi o‘z ishidan ozod qilinmagan a’zolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga ko‘ra jamoa manfaatlarini ko‘zlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan bo‘sh vaqt beriladi, shuningdek kasaba uyushmasining qisqa muddatli o‘quvi vaqtida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |