18-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) uning ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga ko‘paytirish



Download 15,03 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2022
Hajmi15,03 Kb.
#602182
  1   2
Bog'liq
mchj 18 modda


18-modda. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) uning ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga ko‘paytirish
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchisining qo‘shimcha hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (jamiyat ishtirokchilarining arizalari) va (yoki), agar bu jamiyatning ta’sis hujjatlarida taqiqlangan bo‘lmasa, uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) uni (ularni) jamiyatga qabul qilish va hissa qo‘shish to‘g‘risidagi arizasi (arizalari) asosida jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining arizasida va uchinchi shaxsning arizasida hissani qo‘shish tartibi, miqdori, usullari va muddati, shuningdek jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs jamiyatning ustav fondida (ustav kapitalida) ega bo‘lishni xohlagan ulush miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Arizada hissalarni qo‘shish va jamiyatga a’zo bo‘lib kirishning boshqa shartlari ham ko‘rsatilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining (ayrim ishtirokchisining) qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga va
(yoki) jamiyatga uchinchi shaxsning (uchinchi shaxslarning) qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha ko‘paytirilishi va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini va (yoki) uchinchi shaxslarning hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav fondi (ustav kapitali) miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini ko‘paytirish va (yoki) uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, agar hissalar qo‘shishning jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddati o‘tganidan keyin, belgilangan qo‘shimcha hissa bir yoki bir necha ishtirokchi tomonidan to‘liq yoki qisman qo‘shilgan bo‘lmasa, umumiy yig‘ilishi:
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini tegishlicha o‘zgartirib, amalda qo‘shilgan hissasi miqdoriga qadar ular amalda qo‘shgan qo‘shimcha hissalarni hisobga olgan holda kamaytirish to‘g‘risida;
qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini jamiyat ishtirokchilarining jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘g‘risidagi oldingi yig‘ilishi qarori bilan belgilangan ulushlarini saqlab qolish imkoniyatini beradigan miqdorgacha kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida oldingi yig‘ilish qarori bilan belgilangan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jamiyat ishtirokchilarining ulushlari oshib ketishiga olib kelgan o‘sha qo‘shgan pul hissalarini jamiyat ishtirokchilariga qaytarishi shart.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan jamiyat ta’sis hujjatlaridagi o‘zgartishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar, shuningdek jamiyat ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan hissalar to‘liq miqdorda qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay taqdim etilmog‘i lozim. Ta’sis hujjatlaridagi mazkur o‘zgartishlar jamiyat ishtirokchilari va uchinchi shaxslar uchun o‘zgartishlar yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etilmagan taqdirda yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar barcha ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘shilmagan yoxud ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining dastlabki belgilangan miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan taqdirda, jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi amalga oshmagan deb e’tirof etiladi. Bu holda jamiyat o‘n kunlik muddat ichida jamiyat ishtirokchilariga ular tomonidan kiritilgan qo‘shimcha pul hissalarini qaytarishi shart.

Download 15,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish