18.2- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat
Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o’z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo’ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg’armalar hajmi o’zgarmasa ham (S-I) egri chizig’i yana chapga siljiydi.
E S2-I S1-I
R eal valyuta
kursi
E2
E1
Xn(E)
Sof eksport Xn2 Xn1 Xn
18.3-chizma. Valyuta taklifidagi o’zgarishlarning real almashtirish
kursiga ta’siri
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo’lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va to’lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
CHet mamlakatlardagi rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg’armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
E E S-I
S-I(R*1)
S-I(R*1)
E2 B
E1
E2 E1 A
Xn(E)2
Xn(E)
Xn(E)1
Xn2 Xn1 Xn Xn1=Xn2 Xn
18.4-chizma. Byudjet - soliq siyosati- 18.5-chizma. Importdagi
ning real almashtirish kursla- o’zgarishlarning
riga ta’siri eksportga ta’siri
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo’yish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta ko’payadi va (S-I) egri chizig’i o’ngga suriladi (18.4-chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko’payadi.
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig’ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo’ladi (18.5-chizma).
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
SHunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o’zgarmagan bo’lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo’ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
SHuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o’sgan muvozanatli real valyuta kursi ye2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan ye1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko’tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |