Bilimlaringizni qo‘llang. 1. Quruqlik muhitining komponenti sifatida havoning xususiyatlarini izohlang.
2. Quruqlik muhitida qanday omillar cheklovchi omil bo‘lishi mumkin?
3. Quruqlik muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday moslanishlar paydo bo‘lgan?
4. Tuproqning yashash muhiti sifatida xususiyatlarini ayting.
5. Tuproq muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday moslanishlar paydo bo‘lgan?
6. Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishining ahamiyatini aytib bering.
7. Parazit hayot kechirishga moslanish belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 1. Yashash muhitlari va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. Yashash muhitlari: A. Quruqlik muhiti. B. Suv muhiti. C. Tirik organizm. Xususiyatlari: 1) mo‘tadil harorat rejimi; 2) katta zichlik; 3) nisbatan kichik zichlik; 4) kislorodning kamligi; 5) haroratning keskin o‘zgarishi; 6) tuzlar tarkibi; 7) oziqning mo‘l-ko‘lligi; 8) kislorodning yo‘qligi; 9) muhitning katta qarshiligi; 10) kislorod miqdorining doimiyligi. 2. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar va ularning harakat organlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.
Tuproq muhitida yashovchi organizmlar. 1) krot; 2) hasharot lichinkalari; 3) yom g‘ir chuvalchangi; 4) buzoqbosh; 5) ko‘poyoq. Moslanishlar: a) tirnoqlar; b) kuraksimon oyoqlar; d) gidrostatik skelet.
3. Parazit organizmlarning qaysi guruhga mansubligini aniqlang. Guruhlar: 1. Pa - razit o‘simliklar. 2. Parazit hayvonlar. Vakillari: a) zarpechak; b) qilbosh; d) solityor; e) devpechak; f) raffleziya; g) askarida; h) rishta; i) plazmodiy.
O‘z fikringizni bildiring. 1. O‘simliklarning quruqlikka chiqishi natijasida qanday to‘qima va organlar
paydo bo‘lgan. Javobingizni dalillar bilan asoslang.
2. Tirik organizmlar tanasi yashash muhiti sifatida qanday afzalliklarga ega?
Shu bilan bir qatorda xo‘jayin organizm tanasida kun kechirish parazitga
qanday noqulayliklarni keltirib chiqaradi?
3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub ayiqtovon o‘simligi unumsiz tuproqda ham
o‘sib, yaxshi hosil beradi. Javobingizni asoslang.
4. Qanday organizmlar uchun tirik organizmlar tanasi yashash muhiti bo‘la
oladi? Misollar keltiring.
5. Nima uchun quruqlik muhitida yashovchi organizmlar suv muhitida tarqalgan
organizmlardan xilma-xilligi bilan ajralib turadi? Fikringizni dalillar bilan
boyiting.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Jadvalni to‘ldiring. Berilgan hayvonlarning yashash muhitlarini aniqlang.