18-mavzu. Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari


Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimi. O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining yo’nalishlari



Download 26,7 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2022
Hajmi26,7 Kb.
#399323
1   2   3   4
Bog'liq
18-MAVZU. NOBANK KREDIT TAShkILOTLARI VA ULARNING TURLARI

18.4. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish tizimi. O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining yo’nalishlari.
Tayanch iboralar: kredit uyushma, mikrokredit, mikrolizing, aktiv passiv, litsenziya, bosh litsenziya
18.1. Nobank kredit tashkilotlari va ularning zarurligi. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv va passiv operatsiyalari.

Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi.

Biroq, nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Masalan: ular tijorat banklari amalga oshiradigan quyidagi muhim operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega emas:


  1. Yuridik va jismoniy shaxslarga hisob –raqam ochish va yuritish

  2. Yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini depozit hisob-raqamlariga jalb etish

  3. Mazkur pul mablag’larini o’z nomiga joylashtirish

Har qanday mamlakatning kredit tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib tijorat banklari hisoblanadi. Ammo tijorat banklari harqanday operatsiyani yuksak darajada bajara olmaydi. Shu sababli alohida bank operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashgan kredit tashkilotlari paydo bo’ldi .

Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga quyidaglar kiradi:



  1. Kredit uyushmalari. Ular faqat o’z-o’zlariga depozit qabul qiladi va o’z- o’zlariga kredit beradi.

  2. Mikrokredit tashkilotlari. Mikrokredit tashkilotlar aholining iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan aktiv ammo kam ta’minlangan qatlamlariga kredit beradi. Ular depozit va omonatlar qabul qilish huquqiga emas.

  3. Lombardlar oltin va tilla taqinchoqlarni garovga olish yo’li bilan kredit beradi.

  4. Lizing kompaniyalari

  5. Faktoring kompaniyalari.

Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to’la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi.

  1. Moliyaviy lizing

  2. Operativ lizing

Faktoring kompaniyalari tovarlar bilan bog’liq hujjatlarni sotib olish, ularni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida yuritish bilan shug’ullanadi.

Kliring muassasalari. Kliring palatalari banklar o’rtasida to’lov instirumentlari boyicha o’zaro hisob-kitioblarni amalga oshiradi.



  • Kredit koperativlari ma’lum bir sohada faoliyat yuritayotgan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etilgan.

  • Pensiya fondi

  • Inkossatsiya tashkilotlari. Bu tashkilotlar naqd pullardan va to’lov hujjatlarini inkossatsiya qilish bilan shug’ullanadi. Lekin O’zbekistonda bunday tashkilotlar yo’q. Respublikamizda naqd pullarni inkassatsiya “Respublikamiz inkasatsiya birlashmalari” tomonidan amalga oshiradi.

  • Sug’urta kompaniyalari.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega:Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshirdi.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo’ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi.

Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy Bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi

Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:

a)Ustav kapitali

b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam

c)O’zining a’zolaridan jalb qilingan pul mablag’lari

d)Tijorat banklarining kreditlari

e)Sof foyda

f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar

g)O’tgan yillarning taqsimlanmagan goydasi

Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo’nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o’zlariga a’zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo’lsa kredit operatsiyasidir.

Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag’al qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir.

Faktoring kompaniyasi jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar boyicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug’illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi .

Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to’lovchi to’lovga noqobil bo’lib qolganda faktoring kompaniyasiga to’lovni mol etkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi.

Agar tovar hujatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to’lov riski to’liq ya’ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmsida qoladi. Chunki to’lovchi to’lovga noqobil bo’lib qolganda factoring kompaniyasi to’lovni undirish boyicha mol etkazib beruvchiga murojat qila olmaydi.

O’zbekiston Respublikasida faktoring komponyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari, O’zbekiston bankalari faktoring operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan mamlakatlarda factoring kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham yuritadi.

Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o’rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bor , ya’ni lizing kompaniyalarida resurslar etishmaydi. Ular faoliyatini asosan o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirishga majbur.Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko’lamda jalb qiladilar.

O’zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug’illanadi. Asosiy muommo shundaki, to lizing obekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinmagunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi.

Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog’ozlar boyicha o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.

Kliring palatasi har bir ishtirokchi bankka schyotlar ochadi. Bu schyotlar mazmuniga ko’ra aktiv-passiv schyotlar hisoblanadi, ya’ni bu schyotlar debitli qoldiqqa ham ega bo’lishi mumkin, kreditli qoldiqqa ham ega bo’lishi mumkin. Kliring palatasi bir ish kuni mbaynida barcha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ish kuni so’ngida har bir bankka uning hisob-raqamidan ko’chirma beradi. Agar bank ko’chirmani debitli qoldiq bilan olgan bo’lsa , demak unga to’la berishadi.

Ko’pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati markaziy bank Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, Germaniya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda nazorat funktsiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining rugulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qoyiladi.

O’zbekiston Respublikasida Lombard ochish uchun minimal ish haqining 40 baravarining miqdorida pul mablag’lari kerak. Mikrokredit tashkiloti uchun 100 ming evro ekvivalenti miqdorida pul mablag’lari kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda olimlarnig bir guruhi “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyati nazorat qilinmasligi kerak” degan fikrni ilgari surishadi. Kredit uyushmalari taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari bilan raqobat qila oladigan darajada shakllangan kredit muassasalari hisoblanadi. Ular o’z a’zolaridan depozitlar qabul qilish huquqiga ega. Shu sababli ularning faoliyati nazorat organlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi.


18.2. O’zbekistonda nobank kredit tashkilotlari. Nobank kredit tashkilotlarining turlari va ular faoliyatining zarurligi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllanishi.

Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo’lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse-Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo’lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko’mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng bu inson birinchi bo’lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik KREDIT UYushmALARI ASSOTsIATsIYasINI tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug’ullangan.

Kredit uyushmalari – kooperativ moliya tashkiloti bo’lib, u uyushma a’zolariga tegishli va ularga demokratik printsiplar asosida xizmat ko’rsatadi. Kredit uyushmasining maqsadi jamg’armalarni jalb qilish, umumiy mablag’lardan a’zolarga kreditlar berishda foydalanish va uyushma a’zolarining moliyaviy ahvolini yaxshilovchi boshqa moliya xizmatlarini ko’rsatishdan iborat.

Kredit uyushmalarni royxatdan o’tkazish va litsenziya berishni amalga oshiruvchi organ bo’lib “Markaziy bank tug’risida”gi qonunga binoan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi. Yukorida aytilganidek, kredit uyushmalarining asosiy maksadi bo’lib o’zining a’zolariga yuqori sifatli va tezkor hizmatlar ko’rsatishdan iboratdir.

Markaziy bank to’g’risidagi qonunga, “Kredit uyushmalari to’g’risida”gi qonunga ko’ra kredit uyushmalari faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tartibga soladi. U kredit uyushmalari uchun majburiy bo’lgan moliya operatsiyalarini o’tkazish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish qoidalarini belgilaydi.

Kuyidagi xujjatlar kredit uyushmalari faoliyatini tartibga soladi:



  • O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

  • O’zbekiston Respublikasi “Kredit uyushmalari tug’risida”gi qonuni;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining meyoriy hujjatlari.

Kredit uyushmasining ta’sis hujjati bo’lib uning ustavi hisoblanadi. Ustav kredit uyushmasi muassislarining umumiy yig’ilishida qabul qilinishi kerak. Kredit uyushmasi a’zosi, auditor, istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko’ra kredit uyushmasi unga ustav bilan tanishish imkoniyatini berishi shart.

Bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib faoliyat yuritadigan kredit uyushmasi o’z ishtirokchilariga moliyaviy mahsulot va xizmatlar taqdim etadi – ya’ni, u siyosat yoki hukumatga emas, balki ishtirokchilarga mo’ljallangan. Kredit uyushmasining faoliyati moliyaviy subsidiyalarga bog’liq emas. Kreditlash uchun mo’ljallangan mablag’larning asosiy manbai jamg’arma depozitlari hisoblanadi. Ushbu mablag’larning o’sishi jamg’armalarni safarbar qilishning o’sishiga, kredit uyushmasining ichida esa – kapitallashtirish (taqsimlanmagan foyda) orqali o’sishga bog’liqdir.

Kredit uyushmasi (KU) kooperativ bo’lib, unga a’zo bo’lgan har bir kishi uning sherik egasiga aylanadi. Sizning uyushmadagi pay hisob varag’ingiz sizning “ulushingiz”ni bildiradi. Biroq pay badallari birjadagi kursi o’sishi yoki tushib ketishi mumkin bo’lgan aktsiyalardan farq qiladi. Pay badallari hisob varaqlari boyicha dividendlar to’lanadi. Kredit uyushmasi kooperativ bo’lganligi sababli u amalda ishlab topilgan ortiqcha foydanigina taqsimlay oladi.


Download 26,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish