Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi.
Marketing–tovar-pul munosa-batlari sharoitida tadbirkorlik fao-liyatini tashkil etishning yaxlit ti-zimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muam-molarini hal etishda bozor talabla-ri, xaridorlarning tovar va xizmat-larga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketing faoliyati korxona
amal qilishining tashqi sharoitlari to‘g‘risidagi axborotning olinishi; raqobat-chilarning tovarlariga qaraganda bozor talablarini to‘laroq qondiruvchi tovarlar to‘plamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori nazoratini belgilab beruvchi iste’molchi, talab, bozorga zarur darajada ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi lozim. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ularning yaqin istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlarning talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirishni yuqori darajasi esa eng ko‘p foyda olishni belgilab beradi. Marketingning maqsadi va vazifalarini belgilab olish muhim hisoblanadi. Marketingning maqsadi – eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish, tovar va xizmatlarning keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini ta’minlash. Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor va muammolarni kompleks o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |