Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi.
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |