18-Ma’ruza. Tadbirkorlik faoliyati va shakllari Reja. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart- sharoitlari


Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya



Download 0,54 Mb.
bet7/15
Sana11.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#350388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
18-Ma’ruza. Tadbirkorlik faoliyati va shakllari

Oddiy aksiya – dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya. Oddiy aksiya imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanib, aksiyadorlik jamiyati zaxiralar to‘ldirilib bo‘lgandan so‘ng qolgan sof foydani dividend shaklida taqsimlashda ishtirok etadi. Uning egasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida masalalarni hal etishda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

Imtiyozli aksiya – aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsim-lashda oddiy aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya. U, agar aksiyadorlik jamiyati nizomida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ovoz berish huquqini bermaydi, lekin qat’iy belgilangan dividendni keltiradi.

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, bankka qo‘yilgan pul foizi miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.

Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:

AK = D / Fs * 100 %



bu yerda: AK – aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi.

Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.

Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va aksiyadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.

Aksiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish