qobiliyati juda katta, shuning uchun bu hodisadan eritmalarda qandning
konsentratsiyasini aniqlashda foydalanish mumkin. Bu maqsadda saxarometr deb
nom olgan maxsus polyarizatsion qurilmalardan foydalaniladi.
O’zaro perpendikulyar polyarizatorlar orasiga optikaviy aktiv modda
joylashtirilsa, ko’tish sohasi yorishadi. Qaytadan qorong’ilik hosil qilish uchun
ikkinchi polyarizatorni φ burchakka burish kerak bo’ladi. Berilgan moddaning
solishtirma aylanish doimiysi [a] va l uzunlik ma’lum bo’lsa, φ burilish burchagini
o’lchab, eritmaning c konsentrasiyasini aniqlash mumkin. Konsentrasiyani
aniqlashning bunday usuli turli moddalarni ishlab chiqarishda, jumladan, qand
ishlab chiqarishda keng qo’llanadi, bunga tegishli asbob saxarimetr deb ataladi.
Poliyarizatorni qorong’ilikka to’g’rilashni yetarlicha aniqlikda amalga
oshirib bo’lmaydi. Shu sababli oddiy polyarizator o’rniga yarim soya qurilmalar
ishlatiladi.
Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi
Tabiiy sharoitda qutblanish tekisligini aylantira olmagan moddalar tashqi
magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligini aylantira oladigan bo‘lib qoladi.
Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanish hodisasi 1846 yil
Faradey tomonidan ochilgan. Bu kashfiyot Faradeyning yorug‘lik va magnit
hodisalari orasidagi bog‘lanishni topishga bag‘ishlangan davomli tajribalari
samarasida kelib chiqqan. Faradey magnit maydonining yorug‘likka bevosita ta’sir
etishini topdim deb o‘ylagan, shuning uchun u: «Men yorug‘lik nurini magnitlay
va elektrlay oldim va magnit kuch chiziqlarini yorita oldim» deb yozgan. Aslida
esa Faradey tomonidan ochilgan hodisa boshqa xarakterga egadir: magnit maydoni
shu maydondagi moddaga ta’sir qiladi, faqat moddaning o‘zigina yorug‘likning
tarqalish xarakterini o‘zgartiradi.
Qutblanish tekisligining magnit maydoni ta’sirida aylanishi yorug‘likning
shaffof moddalarda magnit kuchlanish chiziqlari bo‘ylab tarqalishida hosil bo‘ladi.
Shuning uchun qutblanishning magnit ta’sirida aylanishi elektromagnit uchlarini
parmalab teshilgan ingichka kanal bo‘ylab kuzatish eng qulay bo‘ladi. Tajriba
chizmasi 2-rasmda ko‘rsatilgan S – yorug‘lik manbai, A va B – elektromagnit
uchlari, N
1
va N
2
– nikollar S – ichida qutblanish tekisligi aylanishi yuz beradigan
jism. Magnit maydoni hali paydo bo‘lmaganda, ya’ni elektromagnit toki
ulanmaganda, N
1
va N
2
– nikollar ayqash turganda bu murakkab sistema orqali
yorug‘lik o‘tmaydi. Elektromagnit zanjiri ulanib tok qo‘yilganda qutblar orasida
magnit maydoni hosil bo‘ladi, shaffof S jism orqali o‘tishda yorug‘likning
qutblanish tekisligi buriladi va N
2
nikol orqali yorug‘lik o‘tadi.
Qutblanish tekisligining
burilish burchagi yorug‘likning magnit maydonidagi
modda ichidagi l uzunligiga va hamda H magnit maydon kuchlanishiga
proporsional:
= k∙ l∙ H,
k koeffitsiyent berilgan jismning magnit maydonida qutblanish tekisligini
aylantira olish darajasini ko‘rsatadi. K koeffitsiyentning son qiymatlari, umuman
aytganda, unchalik katta emas. Shaffof qattiq jismlar ham, suyuqlik va gazlar ham
magnit maydonida qutblanish tekisligini aylantira oladi. Agar
burchak minutlar
bilan, H – erstedlar bilan l – sm lar bilan o‘lchangan bo‘lsa, shishaning ba’zi bir
xillari uchun (og‘ir flint) k ning qiymati 0,1 ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: