18-bob. Jizzax-sirdaryo turistik mintaqasi


- rasm. Hududiy boʻlinishi



Download 27,86 Kb.
bet2/2
Sana21.07.2022
Hajmi27,86 Kb.
#833741
1   2
Bog'liq
18-Mavzu Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasi

18.1- rasm. Hududiy boʻlinishi.



Tuman nomi

Tuman markazi

1

Arnasoy tumani

Gʻoliblar

2

Baxmal tumani

O‘smat

3

Doʻstlik tumani

Doʻstlik (shahar)

4

Forish tumani

Yangiqishloq

5

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol

6

Sharof Rashidov tumani

Uchtepa (qishloq)

7

Mirzachoʻl tumani

Gagarin

8

Paxtakor tumani

Paxtakor (shahar)

910

Yangiobod tumani

Balandchaqir

11

Tuman nomi

Tuman markazi

12

Zomin tumani

Zomin

13

Zafarobod tumani

Zafarobod

14

Zarbdor tumani

Zarbdor

Umuman olganda, mintaqalarni turistik resurslarini baholash orqali, bu mintaqalarda turizm industriyasini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini belgilash mumkin. Shunday ekan, turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini tahlil etish katta ahamiyat kasb etadi.
18.2. Turizmning rivojlanish imkoniyatlari.
O‘zbеkistonning Jizzax viloyati Zomin tumanida ekoturizmni rivojlantirish uchun juda ulkan salohiyat mavjud. Bu mazkur yangi dam olish zonasiga kеlishga qaror qilgan O‘zbеkistonlik va xorijiy sayyohlarning qiziqishini orttiradi. Bundan tashqari, sayyohlarning bu yеrda dam olishi O‘rozboy Еsirgapov va uning oilasi kabi mahalliy aholiga manfaat kеltirishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralar amalga oshirilmoqda. Zomin tumanining tanilishi tufayli turizmning yangi turi — ekoturizm shakllandi va rivojlanmoqda, mahalliy aholining farovonligi oshmoqda. Tumanning sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida 2010-yildan boshlab BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi mahalliy hukumat organlari va fuqarolar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bunda madaniy-tarixiy koloritning barqarorligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilib, shu yo‘l bilan mahalliy aholining amalga oshirilayotgan tashabbusning asosiy bеnеfitsiari bo‘lishiga ko‘maklashilmoqda.
Tumanda turizm sohasida bir qator tadbirkorlik subyеktlari tashkil etildi va modеrnizatsiya qilindi, bunga 12 ta mеhmonlar uchun mo‘ljallangan uy, 2 ta sayyohlik bazasi va bitta mеhmonxona, tabiiy va arxеologik hududlar ichida axborot markazlari va dam olish hududida 350 mеtrlik chan?i trassasi kiradi. Mazkur obyеktlarning barchasi mahalliy aholi tomonidan boshqariladi, bu ularni bandlik va daromad bilan ta’minlaydi. 10 ta axborot lavhasi va 20 ta yo‘l bеlgilari o‘rnatildi. 80 nafar mahalliy mutaxassis turizm sohasiga o‘qitildi, Zomin tumani esa O‘zbеkistonda o‘zining brеndi, vеb-sayti (www.zaamin.uz) va «Facebook»da sahifasiga ega bo‘lgan birinchi tuman bo‘ldi. Zomin brеndi xalqaro turistik yarmarkalarda tumanga va butun O‘zbеkistonga tadbirkorlarni jalb etuvchi mahalliy mahsulotning zaruriy o‘ziga xos bеlgisiga aylandi. Loyiha tomonidan Zomin tumaniga tashkillashtirilgan safar ishtirokchilaridan biri, «Travel Ornament» sayyohlik agеntligi vakili Rustam Rasulov sayyohlik industriyasining rivojidan sayyohlar ham, mahalliy aholi ham birdеk manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi. Oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Oʻrta asrlarga oid koʻpgina qalʼaqoʻrgʻon va karvonsaroylar tepa va qoʻrgʻon (Koʻltepa, Oqtepa, Rabot, Qoʻrgʻontepa, Xonimqoʻrgʻon, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va G‘allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, Gʻallaorol, Jizzax tumanlarida juda koʻp yer osti yoʻllari saqlangan. 1956- yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldigʻi topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish tumanida qad. "Band" toʻgʻoni qoldigʻi hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404-yil dekabrning soʻnggi kunida bir kecha tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan soʻng rus harbiy ish boshchilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan. Viloyat 1973-yil 29-dekabrida tashkil topgan. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. Shimolda Qozogʻiston, janubda Tojikiston, gʻarbda Samarqand va sharqda Sirdaryo viloyatlari bilan chegaralanadi. Maydoni 20,5 ming kvadrat kilometrga teng boʻlib, respublika maydonining 4,5 foiziga teng. Tabiiy-geografik jihatdan viloyatning janub tomonlarida Turkiston togʻ tizmasining gʻarbiy tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbiy qismida Nurota togʻ tizmasi tarmogʻi mavjud. Viloyat aholisi 1166,7 ming(2011)dan ortiq boʻlib, uning taxminan uchdan ikki qismi qishloq aholisi hisoblanadi. Jizzax viloyati hududida aholining oʻrtacha zichligi 57 kishi. Viloyat tarkibiga 12 tuman kiradi: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Gʻallaorol, Jizzax,Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl,Paxtakor,Forish va Yangiobod. Viloyatda 7 shahar mavjud, markaziJizzax shahri. Viloyatda 2 ta oliy oʻquv yurti, 31 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari bor. Jizzax shahrining Qipchoq maxxalasida Juda katta zavod bulib Oxak ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi va bu zavod Toshkent Sirdaryo Samarqandni taminlab beradi.Yana bir malumot Qipchoq maxallasida Butun Oʻzbekistonga malum bulgan uzining Somsasi bilan ham mashgʻul Va Qipchoq maxallasida Shodmanov Yo‘ldash ota Qabristoni ham mavjud.
Tayanch iboralar. Zomin, Forij, milliy park, qoriqxona, tog‘ ekskursiyalari.
Savol va topshiriqlar
1. Nima deb o‘ylaysiz, Jizzah turistik resurslarini qanday asosiy belgilariga ko‘ra ajratish mumkin:
2. V.S.Bogolyubov va V.P.Orlovskayalar turistik resurslarda alohida ajralib turuvchi quyidagi asosiy belgilarni ajratishgan
3. O‘ylang, Ulug‘bek abservatoriyasi, Xo‘ja Doniyor payg‘ambar ziyoratgohi, Ishratxona, Qadimiy Siyob arig‘i, Afrosiyob arxeologik muzeyi va xarobalari, Xazrati Xizir masjidi, Shohi – Zinda majmuasi qayerda joylashgan?
4. Qo‘chqorli ota ziyoratgohi, Qo‘tirbuloq dam olish maskani, shifobaxsh bulog‘i va avliyo baliqlari, Qo‘shtepa qayerda joylashgan?
Download 27,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish