Ishlab chiqarish xarajatlari– mahsulotning ma’lum turini ishlab chiqarishga jonli va ilgarigi mehnat sarflari.
Asosiy kapital xarajatlar– ishlab chiqarish fondlarining yangisini yaratish, qayta tuzish (rekonstruksiya qilish) va amaldagi ishlab chiqarish fondlarini kengaytirishga sarflangan xarajatlar.
Keltirish koeffitsienti – turli vaqtlardagi sarflar keltirish koeffitsienti yordamida bir hisobiy yilga keltiriladi.
Keltirish me’yori– keltirish koeffitsaentini aniqlash uchun qo‘llaniladi, 0,1 ga teng o‘zgarmas kattalikdan iborat.
Me’yoriy foyda– kapital mablag‘lar iqtisodiy samaradorligi me’yoriy koeffitsientining kapital mablag‘lar hajmi ko‘rsatkichiga ko‘paytmasiga teng bo‘lgan keltirilgan harajatlarning tashkil etuvchisi. Me’yoriy foyda kapital mablag‘lar summasidan foiz hisobidagi chegirma kabi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |