18-A’MELIY
Standartlastiriwdan ekonomikaliq effektivlikti esaplaw Standartlastırıwdıń ekonomikalıq natiyjeliligi, standartlardı islep shıǵıwda qárejetlerdi esaplaw
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida standartlashtirishning o‘rni va ahamiyati oshganligi munosabati bilan “maqbul darajada tartiblashtirishga qaratilgan faoliyat”ni, ctandartlashtirish ta’rifida ko‘satilganidek, har tomonlama texnik-iqtisodiy asoslash to‘g‘risidagi masala dolzarb bo‘lmoqda.
Bundan standartlashtirish samaradorligining asosiy yunalishlari kelib chiqadi:
– ilmiy-texnikaviy jarayonni tezlashtirish;
– ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini, shu jumladan muhandislik va boshqaruv faoliyatini oshirish;
– mahsulot sifatini oshirish va uning maqbul darajasini ta’minlash;
– mahsulotga talablarni mamlakat mudofaasi ehtiyojlari bilan bog‘lanishni ta’minlash;
– eksportni kengaytirish uchun sharoitlarni ta’minlash;
– iqtisodiyot boshqaruvini tashkillashtirishni takomillashtirish;
– mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashtirishni rivojlantirish;
– barcha turdagi boyliklarni tejash;
– axoli sog‘ligini saqlash va ishlovchilar mehnatining xavfsizligini ta’minlash;
– atrof muhitni muhofaza qilish;
– xalqaro iqtisodiy, texnik va madaniy xamkorlikni rivojlantirish.
Tejamkorlik manbalari mahsulotning xayotiy siklining barcha bosqichlarida aniqlanadi. Asosiy manbalar quyidagilardan iborat:
Ishlab chiqish (loyihalash) bosqichida:
– standart texnik hujjatlardan ko‘p marta foydalanish, standart shartli grafik tasvirlarni qo‘llanish, standart hisoblash usullaridan foydalanish va h.k. hisobiga ishlab chiqish (loyihalash) ga mexnat sarfini kamaytirish;
– loyihalar sonini kamaytirish, ishlab chiqiladigan texnik hujjatlar birlik sonlarini qisqartirish;
– tajriba nushalarni tayyorlash va sinashga sarflarni kamaytirish.
Ishlab chiqarish bosqichida:
– ishlab chiqariladigan buyumlar nomenklaturasini qisqartirish, birxillashtirish, seriyalikni oshirish;
– materiallarni sarflash me’yorlarini kamaytirish;
– jihozlarni qayta sozlashga mehnat sarfini kamaytirish;
– sotib olinadigan standartlashtirilgan tarkibiy qismlarga va butlovchi buyumlarga xarajatlarni kamaytirish;
– ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat sarfini kamaytirish;
– buyumlarning sinashga ajratib olinadigan sonini kamaytirish va sinovlarni arzonlashtirish;
– brakni kamaytirish;
– buyumni tamg‘alash va joylashga xarajatlarni kamaytirish;
– jihozlardan foydalanishni yaxshilash;
– ishlab chiqarish siklining davom etish vaqtini qisqartirish;
– mehnatning xavfsizligini oshirnsh.
Foydalanish(iste’mol qilish) bosqichida:
– ekspluatatsion sarflarni qisqartirish (xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar va asboblar sarfini kamaytirish va h.k.);
– ehtiyot qismlar, asbob va moslamalarni kamaytirish;
– ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga mehnat sarfini kamaytirish;
– foydalaniladigan jihozlarning ish unumini oshirish;
– mahsulot tafsilotlari (xossalari) ni yaxshilash;
– mahsulotni tashish va saqlashda uning saqlanuvchanligini oshirish;
– transport vositalaridan foydalanishni yaxshilash;
– omborxonalardan foydalanishni yaxshilash;
– foydalanishda mehnat xavfsizligini oshirish.
Tashqi savdo sohasida:
– eksportga chiqariladigan mahsulot hajmini oshirish;
– sifati yaxshilangan eksportbop mahsulotga narxni oshirish;
– sotib olinadigan import mahsulot hajmini kamaytirish.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |