18 - amaliy ish
STANOKDA VA PARMALASH MASHINALARIDA PARMALASH
Ishning maqsadi:
-stanoklarda, qo’l, elektr va pnevmatik mashinalar bilan parmalashda xavfsiz ishlash qoidalarini; parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirishda ishlatiladigan asbob va moslamalarni; ochiq va yopiq teshiklarni rejaga asosan, andoza va konduktor yordamida parmalash, teshiklarni zenkovkalash va yo’nib kengaytirish usullarini o’rganish;
-parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirishda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish; stanokni belgilangan rejimga sozlash va boshqaarish; moclamalapdan foydalanib, turli xil parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo’nib kengaytirish; qo’l parmalar va tartaraklar bilan ishlash; parmalarni charxlash; parmalash va yo’nib kengaytirishda jadvallarga qarab va hisoblash yo’li bilan kerakli kesish rejimini aniqlash kabi amallarni egallash lozim.
Taxminiy ish ob’ektlari: kavsharlagich- koviyalar, kvadrat muhrali chilangarlik bolg’alari, parmalashni talab qiladigan turli ishlab chiqarish zagogovkalari.
Jihozlar va asboblar: vergikal parmalash, charhlash stanogi, engil va o’rta tipdagi parmalash (elektr yoki pnevmatik) mashinalari, turli parmalar, 500gr. CHilangarlik bolg’alari, kernerlar, o’lchash darajasi 0,1 mm. li shtangentsirkullar, parmalarning charxlash burchaklarini o’lchash andozalari.
Moslama va materiallar: mashina giralari, qo’l giralari, parmalash patroni, turli vtulkalar, ponalar, qisqichlar, tagliklar. konduktorlar, tayanch halqalari, emultsiya, har xil donador abraziv qayroqlar, rezina qo’lqoplar, himoya ko’zoynaklari, rezina gilamchalar.
1.Parmani qo’lda surib, reja bo’yicha parron, ya’ni u yoqdan bu yoqqa o’tuvchi teshik parmalash.
Eslatma. Parmani qo’lda surishda qalinligi 10 mm.dan oshmaydigan zagotovkalarda teshiklar parmalash tavsiya etiladi.
|
1.Zagotovkada teshik rejalanib, uning markazida kerner bilan chuqur o’yiq o’yiladi. Zatovka va parma
o’rnatalib, stanok jadvalga muvofiq tezlikka (shpindelning bir minutda aylanishiga) sozlanadi.
Parma zagotovkaga yaqinlashtiriladi: zagogovkali mashina girasi stanok stolida shunday surilshi kerakki, parma uchi kern o’yig’iga aniq to’g’ri kelsin; so’ngra shpindel ko’tarilib, stanok ishga tushiriladi. Kesuvchi qismning 1/3 chuqurligida tajriba tariqasida teshik parmalanadi va uning nazorat kernlarga to’g’ri kelishi tekshiriladi. Po’latni parmalashda sovituvchi emulsiya suyuqligi qo’llaniladi, cho’yan esa sovitilmasdan parmalanadi. Shu bilan stanok to’xtatiladi.
|
2. Mexanik surishda rejaga binoan parron teshik parmalash.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |