Bo’g’irsoqning ertagi
174-guruh BT va STI yo’nalishi talabasi Ilhomova Ilviraning 2-3-sinflar uchun tayyorlagan matematik ertagi
Maqsad: Bolalarda kòpaytirish jadvali bòyicha malaka hosil qilish,xotirani mustahkamlash,tez hisoblashga órgatish,ravon fikr bildira olish qobiliyatini shakllantirish,kòpaytirish jadvali dagi sonlar boģliqlikni tushuntirish.
B or ekanda yóq ekan,bir yòq ekan.Qadim emas hozirgi zamonda Bóģirsoq degan a'lochi bor ekan.Bóģirsoq matematika fanini yaxshi kórarkan va hamma dòstlaridan oldin 8 lar jadvaligacha yod olibdi.Lekin 9lar jadvalini qancha harakat qilsa ham,yodlay olmas emish.Bir kuni ustozi karra jadvali bòyicha nazorat olinishi haqida e'lon qilibdi.Buni eshitgan Bógirsoqning yuragiga ģulgula tushibdi va uyiģa kayfiyati tushkun holda kirib kelibdi.Ukasining holatini kòrgan opasi Bógirsoqoy buni sababini sórabdi.Bòģirsoq ustozining bergan topshiriģini ma'yus ohangda aytibdi.
Opasi:-"Shuncha qiyin bòlgan 9gacha bòlgan jadvalni yodlabsan,ammo eng osoni bòlgan 9likni yodlay olmadingmi,tentakvoy"-deb ukasini koyibdi va jadvalning sirini òrgatishini aytibdi.
Bóģirsoqning chehrasiga nur yuguribdi va chin dildan òrganishga kirishibdi.
Opasi Bóģirsoqoy kichik ustozlardek ózi ishini boshlabdi.Oldiniga oq varaqqa
9×1=9
9×2=1|
9×3=2|
9×4=3|
9×5=4|
9×6=5|
9×7=6|
9×8=7|
9×9=8| deb yozibdi.Bóģirsoq qoshchalarini chimirib sonlarga qarab turibdi va opasiga davom etishini sórabdi.
"-Uka,meni yozganlarimni kórding-a,xuddi shunday qilib lekin teskarisiga yozib chiqqin"-deb buyuribdi.Bóģirsoq hech narsaga tushunmasdan opasini buyruģini bajaribdi
9×1=9
9×2=1|8
9×3=2|7
9×4=3|6
9×5=4|5
9×6=5|4
9×7=6|3
9×8=7|2
9×9=8|1
Bóģirsoq yozib bólib,yozganlariga qarasa,u bir haftadan beri yodlay olmayotgan 9lar jadvali kóz òngida yaralgan edi."Eh ,bu qanchalar oson ekan-a??!!!
Jadval yodlashning mohiyatini endi tushindim,opa!"- deb juda xursand bòlibdi.Opasiga rahmat aytibdi va ertasiga nazorat ishidan "5" baho olibdi.
Xulosa: Boshlanģich sinf matematika darslarida matematikani hikoya metod orqali órgatish óquvchilarda fanga bòlgan qiziq tasavvurlarni uyģotadi.Bunda ayniqsa,hikoyani ertak kórinishida bayon qilinishi bolajonlarni ertaklar olami orqali ongiga matematik bilimlarni singdirishga erishiladi.
Yuqoridagi "Bógirsoqning ertagi''nomli ertagimiz nomi bilan ham bolajonlarning sevimli ertak qahramoni bilan matematika olamiga sayohat qilinadi hamda karra jadvallarning nafaqat 9lar jadvali balki 9gacha bólganlarini yodlash davomida ham xuddi Bógirsoqoydek qulay metodlar orqali òrganish va órgatish metodikasini shakllantirishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |