173-geografiya guruhi talabasi Rajabova Dilnoza Mustaqil ish Nafas tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Reja: 1.Nafas olishning ahamiyati. 2.Gazlar almashinuvi mehanizmi. 3.Nafas olish organlarining tuzilishi. 4.O’pka hujayralari alviollalarida gazlar almashinuvining yosh xususiyatlari. Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv paralarini tashqariga chiqarib turadi. Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv paralarini tashqariga chiqarib turadi. Odam organizmida sodir bo’ladigan oksidlanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shunig uchun hayotning davomiyligi , organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog’liq. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shartddir.Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi.Kislorodni o’pkadan to’qimalarga, Karbonat angidridni to’qimalardan qonga tashib beradi. Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat: 1.Tashqi nafas yoki o’pka nafasi-organizm bilan tevarak muhit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi; 2.Ichki nafas yoki to’qimalar nafasi-hujayralarda ro’y beradigan jarayonlarni o’z ichiga oladi; 3.Qonning gazlarning tashishi, ya’ni qon orqali o’pkadan to’qimalarga kislorod va to’qimalardan o’pkaga karbonat angidrid yetkazib berish. Odam nafas olganda havo burunga, so’ngra burun halqumiga , hiqildoqga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollarga va nihoyat alviollalarga kiradi. Burun bo’shlig’i Kichik yoshdagi bolalarda burni ancha kichik bo’ladi. Taxminan 5 yoshga borganda burun ko’tarmasi yo’qolib ketadi. Burun bo’shlig’ini tashkil topishida burun suyaklari tog’aylar qatnashadi.Burun bo’shlig’ida hid bilish retseptorlari joylashgan bo’ladi.Burun bo’shlig’idagi tuklar tashqaridan havo bilan kirgan changlarni ushlab qolib chiqarib tashlaydi. Xiqildoq Xiqildoq-bir biriga birikkan harakatchan tog’aylardan iborat bo’ladi. Bolalarda xiqildoq kattalarga nisbatan uzunroq bo’ladi.Xiqildoq bolaning besh yoshida va jinsiy balog’at davrida intensiv rivojlanadi. Ayollar xiqildog’I erkaklarnikiga nisbatan ¼ qismga xiqilroqdir. Xiqildoqning o’sishi 20-30 yoshgacha davom etadi. Traxeya Traxeya bo’yinning oldi qismida joylashgan bo’lib, xiqildoqning pastga qarab yo’nalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5-6 umurtqasi damiga kelib ikkita bronxga bo’linadi. Traxeyaning ichki tomoni nozik shilliq parda bilan qoplangan. Uning yo’li shu darajada torki, shilliq pardasi yallig’langan, yot jismlar tushib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab bo‘ladi. Traxeyaning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 3-4 sm, kattalarda 9-12 sm bo’ladi. Bronxlar Traxeya o’ng va chap bronxga bo’linadi.O’ng bronx o’z navbatida 3 bo’lakka bo’linsa, chap bronx esa 2 bo’lakka bo’linadi. O’pka O’pka – ko’krak qafasining tegishli yarmida joylashgan bo’lib, o’ng va chap o’pkadan iborat bo’ladi. Bolalarni yoshi ortishi bilan o’pka xajmi ham ortadi. Yangi tug’ilgan bolalarda o’pka hajmi 50-57 g, 1-2 yoshda 225g, 5-6 yoshda 350g, 9-10 yoshda 395g, 15-16 yoshda 690-700 g, kattalarda esa 1000g-1kg bo’ladi.O’pka hajmi yangi tug’ilgan bolalarda 70sm3, 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, katta odamlarda esa 1400 sm3 bo’ladi. O’pkaning osishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |