17-variant Innоvаtsion jаrаyonining mаqsаdi



Download 29,86 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi29,86 Kb.
#465815
  1   2   3
Bog'liq
17 variant


17-variant

  1. Innоvаtsion jаrаyonining mаqsаdi.

“Innovatsion jarayonlar” tushunchasining to‘liq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrog‘i 1911-yilda iqtisodiyotchi I.Shumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi o‘zgarishlarni tahlil qilishning “yangi kombinatsiyasi”ni tahlil qilish jarayonida taqdim etilgan.
Innovatsion jarayon – yakunlangan ilmiy – texnik yutuqlar va ishlab chiqishlar natijalarini amalga oshirish yoki bozorda sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlardagi boshqa ilmiy – texnik yutuqlar, amaliy faoliyatda foydalanadigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga qaratilgan jarayon, hamda uning bilan bog‘liq qo‘shimcha ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlar.
Pedagogik innovatsion jarayonlar G‘arbiy yevropada 1950-yillarda, Rossiyada 1980-yillarda hamda O‘zbekistonda 2000 yillarda maxsus o‘rganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta'lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi: pedagogik yangiliklarni yaratish; ularni amaliyotga joriy etish va o‘zlashtirish; qo‘llash va keng yoyishning birligi va o‘zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e'tirof etiladi. Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari o‘z ichiga ko‘plab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat sub'ektlarini qamrab oladi.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi sabablariga munosabatiga ko‘ra innovatsion jarayonlar ikki turga bo‘linadi:
Birinchi turi – innovatsion jarayonni amalga oshirishning shart-sharoitlari, vosita va yo‘llarini innovatsiya ishtirokchilarini to‘liq anglab yetmagan holatida ma'lum darajada stixiyali tarzda yuzaga keladi. Bunday holatda innovatsiyalar yetarlicha ilmiy asoslanmaydi va vaziyat bilan bog‘liq shart-sharoitlar yoki tasodifiy talablar ta'siri ostida empirik asosda yuzaga keladi.
Ikkinchi turi – ta'lim tizimidagi innovatsiyalar fanlararo xarakterga ega ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat mahsuli sifatida aks etadi. Bunday innovatsiyalarni yaratuvchilari qoidaga muvofiq, ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi turli mutaxassislar – olimlar, ekspertlar, ta'lim muassasasi rahbarlari hisoblanadi. 
Innovatsion jarayonning birinchi davri – ta'lim muassasasidagi muammoni aniqlash. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, avvalo muammo qisman yoki to‘liq aniqlanishi mumkin. Ta'lim muassasasining alohida ob'ektiga tegishli muammo:
birinchidan, mazkur ob'ektning avvalgi va kutilayotgan holatining tarkibiy qismlarini hal etish uchun zarur omillar mavjud bo‘lsa;
ikkinchidan, ta'lim muassasasidagi an'anaviy vositalar yordamida ularni muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmasa;
uchinchidan, mazkur ob'ekt bilan bog‘liq kasbiy qiziqishlarga ega xodimlar belgilab olinganda, to‘liq aniqlanishi mumkin
3.Давлат буюртмаси асосида илмий-тадқиқот лойиҳаларни молиялаштириш тегишли молия йилидан бошлаб қуйидаги тартибда амалга оширилади:
Илмий-тадқиқот лойиҳалари Инновацион ривожланиш вазирлиги Ҳайъатининг тегишли қарорлари асосида Илм-фанни молиялаштириш ва инновацияларни қўллаб-қувватлаш жамғармаси (кейинги ўринларда — Жамғарма) орқали молиялаштирилади;
Ҳар бир илмий-тадқиқот лойиҳасини молиялаштириш учун алоҳида шахсий ҳисобварақ очилади;
Ижрочи ташкилот томонидан ҳар бир илмий-тадқиқот лойиҳалар бўйича белгиланган тартибда харажатлар сметаси ишлаб чиқилади ва тасдиқланади.
(88-банд Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 августдаги 545-сонли қарори таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.08.2021 й., 09/21/545/0832-сон)
Олдинги таҳрирга қаранг.
89. Ҳар бир илмий-тадқиқот лойиҳаси ҳамда ҳисоботларни (оралиқ ва якуний) мустақил экспертлар томонидан илмий экспертизадан ўтказилганлиги учун Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг ярмига тенг ҳажмда гонорар тўланади.
(89-банд Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 августдаги 545-сонли қарори таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.08.2021 й., 09/21/545/0832-сон)
Олдинги таҳрирга қаранг.
90. Лойиҳа доирасида ажратилган маблағлар илмий изланишлар олиб боришга, шунингдек, иш ҳақидан ташқари, умумий маблағнинг камида 40 фоизи илмий асбоб-ускуналар, хом ашёлар ҳамда бошқа зарур материалларни харид қилиш ва моддий-техника базасини ривожлантириш билан боғлиқ бошқа харажатларга йўналтирилиши лозим, бунда фундаментал, шунингдек, ижтимоий-гуманитар фанлар соҳасидаги лойиҳаларда мазкур миқдор 20 фоизгача камайтирилиши мумкин.
(90-банд Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 27 августдаги 545-сонли қарори таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.08.2021 й., 09/21/545/0832-сон)
Олдинги таҳрирга қаранг.

Download 29,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish