17. Vallarning loyihalovchi hisobi.
Val va o‘qlar aylanma harakat qiladigan detallar(tishli g‘ildirak, shkiv, yulduzcha, yarim muftalar)ni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Valning o‘qdan asosiy farqi – val burovchi moment uzatadi, o‘q esa uzatmaydi, val doim aylanadi, o‘q aylanadi yoki aylanmaydi.
Val va o‘qlarning hisobi ikki bosqichga bo‘linadi: loyihalovchi va tekshiruvchi (aniqlashtirilgan) hisob.
Val va o‘qning loyihalovchi hisobi
Valning loyihalovchi hisobini ikki xil usul bilan hisoblash (tanlash) mumkin.
1) Valning diametrini uning burovchi moment uzatadigan chetki qismidagi eng xafvli kesimidagi buralish bo‘yicha mustahkamlik shartidan aniqanadi. Eng xafvli kesim yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar uchun yarimmufta o‘tiradigan konsol qismlari, oraliq val uchun uzatma g‘ildiraklari o‘tiradigan qismi bo‘ladi. Valning chetki qismidagi diametri uning egilishni hisobga olmagan holdagi sof buralishdagi kamaytitilgan mustahkamlik shartidan aniqlanadi:
, (17.1)
bu yerda – burovchi moment, ; – buralishdagi ruxsat etilgan kuchlanish; сталь 40, 45, cт 6 po‘latlari uchun olinadi. Bunda kichikroq qiymatlar egilish ta‘sir etganda hisobga olinadi. Aniqlab topilgan natijani quyidagi qatordan eng katta tomonidan tanlanadi: 10; 10,5; 11; 11,5; 12; 13; 14; 15; 16; 17; 18; 19; 20; 21; 22; 24; 25; 26; 28; 30; 32; 33; 34; 36; 38; 40; 42; 45; 48; 50; 52; 55; 60; 63; 65; 70; 75; 80; 85; 90; 95; 100; 105; 110; 120; 125; 130 va 10 mm oralatib davom ettiriladi.
O‘qning diametrini hisoblab topish formulasi
, (17.2)
bunda – eguvchi moment qiymati; – egilishdagi ruxsat etilgan kuchlanish, сталь 35, 45 po‘latlari uchun olinadi. O‘qning diametri ham valniki kabi qatordan tanlab olinadi.
2) Valning diametrini u bilan biriktiriladigan val (elektrodvigatel vali) bilan moslashtirib ham olish mumkin. Bunday holda
. (17.3)
Valning tekshiruvchi hisobi
Valning tekshiruvchi hisobi uning diametral va bo‘ylama o‘lchamlari aniqlangandan keyin eguvchi va burovchi momentlari asosida bajariladi. Tekshiruchi hisobni bajarishda toliqishga qarshilikning ehtiyot koefisienti aniqlanadi:
, (17.4)
formulada , (17.5)
normal kuchlanish bo‘yicha mustahkamlikning zahira koeffisienti; – egilishning simmetrik siklidagi toliqish chegarasi: uglerodli va konstruksion po‘latlar uchun ; legirlangan po‘latlar uchun ; – normal kuchlanishlar bo‘yicha konsentratsiyaning samarali koeffisienti; - normal kuchlanishlar bo‘yicha masshtab omili; – sirtning g‘adir–budurligini hisobga oluvchi koeffisient: da ; – normal kuchlanish siklining amplitudasi, u kesimdagi egilishdagi eng katta kuchlanish ga teng; – normal kuchlanish siklining o‘rta kuchlanishi; agar valga ta‘sir etadigan bo‘ylama kuch bo‘lmasa , aks holda
;
koeffisient ;
uglerodli po‘latlar uchun ; legirlangan
po‘latlar uchun .
, (17.6)
– urinma kuchlanish bo‘yicha mustahkamlikning zahira koeffisienti; – buralishdagi urinma kuchlanish bo‘yicha mustahkamlikning zahira koeffisienti; – buralishning simmetrik siklidagi toliqish chegarsi; konstruksion po‘latlar uchun : qolgan belgilashlar (17.5) formuladagi kabi bo‘ladi; farqi faqat ular buralishga tegishli bo‘ladi; ning qiymati jadvaldan olinadi; yuqoridagi po‘latlar uchun ; va ning qiymtlari burovchi kuchlanish noldan yuqori sikl bo‘yicha o‘zgaradi degan mulohaza asosida topiladi, ya‘ni
, (17.7)
bu yerda – buralishga qarshilik momenti.
Tez–tez harakat yo‘nalishini o‘zgartiradigan (revers qiladigan) uzatmalarda
; .
Agar hisobi ko‘rilayotgan valning kesimida kuchlanishlarning bir necha konsentratori bo‘lsa, ulardan birining nisbat katta bo‘lgani uchun hisob bajariladi.
Val va o‘qlarning materiallari
Val va o‘qlar odatda uglerodli va legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Ko‘pincha termik ishlovsiz сталь 5 po‘lati qo‘llanadi, termik ishlov beriladigan (yaxshilanadigan) val va o‘qlar uchun сталь 45 yoki 40X po‘latlari ishlatiladi. Sirpanish podshipniklariga o‘rnatiladigan tezyurar vallar сталь 20 yoki 20X po‘latlaridan tayyorlanib, ularning tayanch qismi – sapfasi yeyilishga chidamliligini oshirish uchun sementatsiya qilinadi.
Val konstruksiyasini yaratish
Val konstruksiyasini yaratganda uning turli qismlardagi diametrlari aniqlanadi. (17.1) formula asosida valning diametri aniqlangandan so‘ng, uning qolgan qismi diametrlari quyidagi formulalardan aniqlanadi;
; .
formulada – valning podshipnik ostidagi diametri, uning qiymati DST bo‘yicha podshipnik diametriga tenglashtirib olinadi; – podshipnik tiraladigan bo‘rtiq diametri. t va rlarning qiymati jadvaldan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |