V. MEHNATGA HAQ TO‘LASH. KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
Pedagoglar va xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli hamda 2020 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ish haqini to‘lash muddatlari:
birinchi yarim oy uchun - joriy oyning o‘n beshinchi sanasigacha;
ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning o‘ninchi sanasigacha;
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi
Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi, bunday o‘tkazma miqdori to‘lanadigan summaning 50 foizidan oshmaydi.
Xodimga haq to‘lash mazkur SHartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat ko‘rsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda – Ish beruvchi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 268-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to‘g‘risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to‘lashni tartibga solishga yo‘naltirishni o‘z zimmasiga oladi.
Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi tashkilotchisi bilan kelishib oladi.
Maktabgacha ta`lim da oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o‘rnatiladi:
tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to‘lanadi;
ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun - 2 baravar miqdorda haq to‘lanadi ;
xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi) (160-modda);
O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun va Ish beruvchining manfaatlarida, shuningdek lokal hujjatlarda nazarda tutilgan xollarda majburiy malaka oshirish kurslarida malaka oshirish davriga to‘laniladigan kompensatsiyalar “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12 son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268 raqam bilan ro‘yxatga olingan) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yo‘l xarajatlari normativ asosida;
b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
v) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan bazoviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;
g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;