17-savol Jamoada ishlash zaruriyati qanday hollarda dolzarblik kasb etadi?


-savol Qanday qilib samarali ishlash va vaqtdan unumli foydalanish mumkin?



Download 23,68 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2022
Hajmi23,68 Kb.
#465053
1   2   3
Bog'liq
shaxsiy rivojlanish Jamshid

98-savol
Qanday qilib samarali ishlash va vaqtdan unumli foydalanish mumkin?
Mahoratingizni doim oshirib borasizmi, masalan, taym-menejmentda?

Vaqt bu – pul. Vaqt o‘tgan sari pul bilan vaqtning qiymati bir bo‘lib qolishi ham hech kimga sir emas. Aniqrog‘i, vaqt puldan qimmatliroq va muhimliroqdir.


Yaqin yillardan beri rivojlangan mamlakatlar o‘z tasarrufidagi korxona, tashkilot va uyushmalarning hisob-kitoblari va shaxsiy tashkilotchilik muammolari uchun alohida vaqt ajratmoqdalar. Tan olish kerakki, bu borada ham biz rivojlangan mamlakatlardan ancha ortdamiz. Muammomiz – ishga aksariyat jiddiy yondashmasligimizdadir.
O‘z vaqtini qat’iy belgilab, unga rioya qilayotgan shaxs – zamonasining tadbirkori hisoblanadi. Vaqtdan unumli foydalanish va uni boshqarish kishidan aniqlikni va o‘zining belgilagan rejasiga nisbatan qat’iylikni talab etadigan ko‘nikma hisoblanadi.
Vaqtni unumli boshqarish jarayoni aksar hollarda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  1. Ishlash qobiliyati va his-tuyg‘uni boshqarish;

  2. Maqsadni to‘g‘ri rejalashtirish;

  3. Vazifalarni belgilash va amalga oshirish;

  4. Oldindan qo‘yilgan maqsadga erishish;

  5. Xulosa chiqarish.

Jamiyatda hamma kishilar ham vaqtni boshqarish ko‘nikmasini o‘zlashtirisha olmaydi. Vaqtni unumli boshqarish uchun aniq bir maqsad va o‘z ustida ishlash lozim bo‘ladi.
Vaqt bu – insonga muayyan bir loyihalarni, ishlarni, o‘z shaxsiy karyerasini yaratish uchun taqdim etilgan eng katta resurs.
Shaxsiy muvaffaqiyatlarga erishishning eng asosiy omili vaqtni to‘g‘ri taqsimlashdir. Vaqtni doimiy boshqarish erishilayotgan samaradorlik oqibati sifatida muvaffaqiyatga zamin yaratadi.
Vaqtdan unumli foydalanishda maqsadlarni amalga oshirish jarayonini oldindan tartiblashtirish muhim ahamiyatga ega. Agar siz vaqtni unumli boshqarish jarayonini endi boshlamoqchi bo‘lsangiz, eng ishonchli yo‘l – hamma rejalaringizni kelayotgan haftaga kiritishdir. Har kun bajarilishi kerak bo‘lgan ishingizni rejalashtirish uchun vaqt ajrating. O‘zingiz belgilagan ish yakunlanmagunicha qat’iylik bilan o‘z-o‘zingizni nazorat qilib, boshqa narsalarga chalg‘imasdan, iroda ko‘rsatib shaxsiy rejangizni amalga oshirishingiz kerak.
Vaqtni boshqarish va undan unumli foydalanishga oid muhim tavsiyalar:

  1. Vaqtni doimiy ravishda rejalashtiring;

Rejalashtirish vaqtni qutqaradi. O‘z hayotida muvaffaqiyatga erishganlar muayyan vaqtlarini rejalashtirishga sarflaydi.

  1. Rejalashtirilgan ishni klassifikatsiyalash;

Eng muhimi – asosiysini aniqlash. Taym-menejmentning vazifasi – vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olish.

  1. Ishlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish;

Bu – majburiy samaradorlik qonuni. Vaqtni boshqarishning asosiy siri diqqatni jamlash va quvvatni aniq maqsadga yo‘naltirish va ishlarni bajarishga muddat qo‘yib, unga amal qilishdadir.

  1. “Yo‘q” degan so‘zni ishlatish;

“Yo‘q” degan so‘z ko‘p vaqt tejaydi. Shaxsiy vaqtni boshqarishda eng asosiy so‘z – baodob aytilgan “yo‘q” so‘zidir.
Ish vaqtingiz va bo‘sh vaqtni nimaga sarflayotganingizni nazorat qiling. Vaqtingizni yeb yuboradigan mashg‘ulotlarni belgilang.

  1. Oraliq vaqtdan foydalanish;

Har bir kishida har kuni oraliq vaqt bo‘ladi. Undan o‘z maqsadingiz yo‘lida to‘g‘ri foydalanib ham sezilarli darajada ishlarni bajarishingiz mumkin.

  1. O‘z vaqtida dam olish;

Kech soat 23 dan so‘ng uyquga ketishga odatlaning va 6-7 soat uyqudan so‘ng tonggi 5-6 dan kechikmasdan uyg‘onishga harakat qiling. Ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullaning. Bu sizga kun davomida kuch bag‘ishlaydi va harakatlaringizning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi.

  1. Xatolarni muhokama qilish.

Kun yakunida vaqtingizni qanday o‘tkazganingizni tahlil qiling. Bu tahlil sizga bajargan ishlaringizdan ruhlanib motivatsiya olishingizga va harakatlaringizni baholashga yordam beradi.
Men o‘z ishlarimni, asosan, Eyzenxauer matritsasi orqali amalga oshiraman. Eyzenxauer matritsasining afzalligi shundaki, unda har bir qilishingiz kerak bo‘lgan ishingiz aniq jadval asosida amalga oshiriladi. Ushbu jadvalda inson uchun muhim yoki nomuhim bo‘lgan ishlarning aniq vaqtdagi holati, ya’ni ishning bajarilish vaqti keltirilgan bo‘ladi. Men bu Eyzenxauer matritsasi orqali ko‘plab yuqori natijalarga erishib kelyapman. Men bu usulni barchaga tafsiya etaman, ayniqsa, abiturentlarga.
Xulosa shuki, taym-menejmentdan to‘g‘ri foydalanish har bir insonning kelajagi sari yo‘ldir.

Download 23,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish