17-savol Jamoada ishlash zaruriyati qanday hollarda dolzarblik kasb etadi?



Download 23,68 Kb.
bet1/3
Sana26.02.2022
Hajmi23,68 Kb.
#465053
  1   2   3
Bog'liq
shaxsiy rivojlanish Jamshid


17-savol
Jamoada ishlash zaruriyati qanday hollarda dolzarblik kasb etadi?

Jamoa – turli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va turli vazifalarni bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot beruvchi shaxslar jamlanmasi.


Jamoaning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. Mustahkam kommunikativ aloqa, umumiy til, o‘zaro aloqa kanallarining tashkil etilganligi;

  2. Hamkorlik formal bo‘lmagan aloqalar, ko‘pincha do‘stlik bilan qo‘llab-quvvatlanadi;

  3. Ishning yakuniy natijasi bo‘yicha umumiy xulosaga kelish, funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish;

  1. Umumiy natija uchun birdek mas’uliyat, javobgarlik;

  2. Kollektivlik hissi (biror-bir ishda umumiy qatnashish);

  3. Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti.

Jamoa ishi – bu qo‘yilgan vazifalarni birgalikda samarali bajarish uchun jamoadoshlar bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Jamoa ishi ish faoliyatidagi muvaffaqiyatlarning muhim bo‘lagidir. Ish beruvchilar, odatda, nafaqat boshqalar bilan yaxshi ishlay oladigan odamlarni, balki, jamoada hamma ham to‘pni qo‘lga kiritish qobiliyatiga ega emasligini tushunadigan odamlarni izlaydi. Ish joyidagi har bir kishi maqsadlarni amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilganda, maqsadga ko‘proq erishiladi.
Jamoa liderining o‘zi ham ko‘pincha jamoa ishini bajaruvchi sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunday holda, jamoa a’zolari muammo muhokamasiga o‘zaro hurmat bilan kirishishadi, tayinlangan vazifalarni hamkorlikda bajarishadi va maqsadga erishish uchungina liderga bo‘ysunadi. Jamoa lideri, o‘z navbatida, ahil va effektiv jamoani saqlab qolish, uni yanada kuchaytirishga xizmat qiladigan taklif va qarorlarni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning tez ro‘yobga chiqishiga yordam beradi.
Jamoada ishlash zaruriyatining afzalligiga quyidagilar kiradi:

  1. Muloqot qilish va fikr almashish: tinglash, savol berish, dalil asosida ishontirish, to‘g‘ri tanqid qilish, tanqidni to‘g‘ri qabul qilish, bir-birlarini hurmat qilish, o‘zaro tajriba orttirish.

  2. Qo‘llab-quvvatlash va yordam berish: o‘zaro yordam berish, yordam so‘rashdan uyalmaslik.

  3. Xato qilish: xatolarni tan olish, boshqalar fikrini xurmat qilgan holda qabul qilish.

  4. Muddatga rioya etish: reja hamda jadval bo‘yicha aniq ishlash.

Jamoa ishidagi quyidagi ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega:

  1. Doimiy aloqada bo‘lish;

  2. Nizolarni birgalikda hal etish;

  3. Bir-birovini eshitish;

  4. O‘zaro ishonch;

  5. Bir-biriga ehtirom ko‘rsatish.

Samarali jamoa a’zosini yaratishda quyidagi xususiyatlar muhim sanaladi:

  1. Ishonchlilik;

  2. Samarali kommunikatorlik;

  3. Faol eshituvchilik;

  4. Ishtirok eta olish xususiyati;

  5. Ochiq va ixtiyoriy ravishda baham ko‘rish xususiyati;

  6. Hamkorlik;

  7. Moslashuvchanlik;

  8. Mehnatsevarlik;

  9. Muammoni hal etish;

  10. Boshqalarga ehtirom ko‘rsatish.

Jamoa ishining muvaffaqiyati quyidagilardan iborat:

  1. Umumiy maqsad:

  2. Barcha a’zolarning hissasini qo‘shilishi;

  3. Aloqa;

  4. Yaratuvchanlik;

  5. Resurslardan samarali foydalanish;

  6. Yetakchilik.

Xulosa shuki, jamoada ishlash zaruriyati har bir inson uchun katta tajriba maktabi bo‘lib beradi.

Download 23,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish