36-kazus
“Kiyimga qarab kutib olib, aql-u xushiga monand kuzatishadi”, degan naql bizning kunlarimizda ham eskirmay kelmoqda. Bilasizki, modaning ikki xil turi farqlanadi: yuqori darajadagisi hamda kundalik kiyish uchun.
Topshiriq: Har ikki moda turini bir-biriga solishtirgan holda, ularning jamoadagi shaxs imijiga ko`rsatadigan ta’sirini izohlab bering.
“Imij” inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, obraz, siymo, siyrat degan ma’nolarni bildiradi.
Imij – odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz.
Inson imiji – bu atrofdagilarning uning haqidagi fikri.
Aks imij – insonning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvuri.
Joriy imij – tashqi nazar uchun. Istalgan imij – biz intilgan obraz.
Korporativ imij – tashkilot imiji, bunga uning reputatsiyasi ham kiradi.
Imijning asosiy tarkibiy qismlari:
Shaxsning obyektiv tashqi jihatlari (mimika, motorika, ovoz tembri);
O‘ziga xos xatti-harakatlar (nutq odati va uslubi, kiyinish uslubi va qadam bosishi);
Ijtimoiy va professional tavsifi (ma’lumoti, ijtimoiy mavqeyi, kasbi);
O‘zi to‘g‘risidagi fikri (atrof-olamda o‘zini shaxs sifatida qanday tasavvur qiladi?);
Vositachilar – ommaviy kommunikatsiya vositalari yordamida yaratilgan ommaviy obraz.
Amerikaning besh nafar prezidenti (Kennedidan tortib Kartergacha) imijini yaratgan imijmeyker Lilian Braunning fikriga ko‘ra, “kasbiy bilim, ko‘nikmalaringiz sizni ish va xizmat o‘sishingizni ta’minlab bera olmaydi”. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, tasavvur mexanizmi shundayki, odamlar kitobning muqovasiga, mahsulotning o‘ramiga, insonning esa tashqi ko‘rinishiga qarab baho beradilar.
Ish kiyimi kodeksi – bu ishga qanday kiyinish kerakligi haqidagi qoidalar to‘plami va kiyim, oyoq kiyimda biror-bir firma yoki lavozimga tegishlilikni bildiruvchi belgilar tizimi. Kiyimga xalqaro talablar standartlari, moda injiqliklariga qaramay, barqaror. Xalqaro ishbilarmonlik etikasida korporativ stilga muayyan talablar mavjud.
Kostyum erkaklar va ayollar uchun ham ish uniformasi hisoblanadi.
Aksessuarlar uncha katta va murakkab, bachkana bo‘lmasligi kerak: yaxshi soat, mo‘jaz ziraklar, nikoh uzugi va boshqalar.
Kiyimda turli rasmlar, yozuvlar bo‘lmasligi kerak.
Yubka haddan tashqari tor va kalta bo‘lmasligi lozim.
Oyoq kiyim poshnasi o‘rtacha, tumshug‘i yopiq bo‘lishi kerak. Ayollar chulki yoki kolgotkida bo‘lishi lozim.
Ayollar ko‘zga keskin tashlanmaydigan darajada lab va ko‘z bo‘yoqlaridan foydalanishlari mumkin.
Ish joyida ayollar yubka, kofta yoki jemperda, erkaklar esa kostyum, ko‘ylak, galstukda bo‘lishlari kerak.
Ishbilarmon kishilar turli taqdimotlar, uchrashuvlar, kelishuvlarda foydalanadigan kichik bir siri bor: notiq tinglovchilarga nisbatan biroz yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Bu inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat!
Frederik X. Vents o‘zining “Ajoyib ko‘nikmalarga o‘rgatish” kitobida tabassum ham inson imijiga ta’sir ko‘rsatadi, deb ta’kidlaydi.
Tabassum bizni jozibador qiladi.
Tabassum kayfiyatimizni ko‘taradi.
Tabassum stressni yengadi.
Tabassum imum tizimimizni mustahkamlaydi.
Tabassum muvaffaqiyatli inson siymosini yaratadi.
Kiyim inson ko‘rki hisoblanadi. Insonning shaxsiy imijida kiyim juda katta rol o‘ynaydi. Inson yaxshi kiyimi orqali ko‘p ishlarini bitira oladi, chunki har bir insonning kiyimi orqali ko‘p narsalarni bilib olishingiz mumkin. “Bekorga yaxshi kiyim qanday yurishni o‘rgatadi”—deb aytishmagan dono xalqimiz. Bundan ham har bir kiyimning o‘z kiyilish joyi borligini bilishimiz mumkin. Agarda siz kundalik kiyim bilan ishga borsangiz, bu sizning imijingizni yoqligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham bu ikki moda kiyimlarining kiyilish holatlarini yaxshilab bilib olish kerak, aks holda, yomon oqibatlarga olib keladi.
Xulosa shuki, shaxsiy imij – insonni yetuk ishlarga yetaklovchi usullardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |