17-mavzu. Viruslarning tabiati haqida tushuncha (4 soat) Reja



Download 424,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.07.2022
Hajmi424,4 Kb.
#771348
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2. Mavzu (1)



17-MAVZU. VIRUSLARNING TABIATI HAQIDA TUSHUNCHA
(4 soat) 
 
Reja: 
 
1.
Viruslarning tabiati.
2.
O‘simlik va bakteriya viruslari. 
3.
Viruslar – yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari 
4.
Viruslarlarning sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligidagi va boshqa 
sohalardagi ahamiyati.
 
 
Viruslar kashf qilingandan buyon viruslar nima va ularning tabiati qanday 
degan savollar birqancha yillardan buyon baxslashishlarga sabab bo‘lib kelgan 
(65). 20 – 30 yillarda viruslarni tirik materiya ekanligi to‘g‘risida hechkim 
shubhalanmagan. 1930 – 40 yillarga kelib viruslar bu mikroorganizmlar, chunki 
ular ko‘payish xususiyatiga ega, irsiyatga ega, o‘zgaruvchanlikga ega, yashash 
muhit o‘zgarishiga moslashaoladigan tabiiy va suniy tanlanadigan biologik 
evolyutsiya bilan ta’minlangan, degan fikrlar hukm surgan bo‘lsa, 60-yillarga kelib 
molekulyar biologiyaning rivoji viruslarni organizm deb hisoblagan bu 
konsepsiyani noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsataboshladi. Viruslarni ontogenetik siklida – 
hujayradan tashqari va hujayraviy ikki formasini ajratildi. Hujayradan tashqari 
formasini 
virion 
deb nomlandi. Virionning tuzilishi hujayra tuzilishidan farqliligi 
ko‘rsatildi. Viruslarni ko‘payishi hujayranikidan tubdan farqlanishi va ularni 
ko‘payishini disyunktiv reproduksiyalanish deyildi. Disyunktiv ko‘payish deganda 
viruslarni tashkil qiluvchi qismlarni, ya’ni genetik materiali va oqsillarini vaqt va 
hududiy ayrim-ayrim sintezlanishi va keyingi qurilishi va virionning shakllanishini 
tushuniladi. Viruslarni genetik materiali yoki DNK dan yoki RNK dan iboratligi 
ko‘rsatildi. Viruslarni boshqa hayot formalaridan farqlashning asosiy va absolyut 
mezoni bu ulardagi o‘z oqsil sintezlovchi sistemasini yo‘qligidir.
To‘plangan materiallar viruslarni o‘ta kichik organizmlardan ham 
kichikligini, ya’ni ular minimal organizmlar bo‘lgan mikoplazmalar, rikketsiylar 
va xlamidiylardan ham kichik va o‘z oqsil sintezlovchi sistemalariga ega 
bo‘lmagan agent ekanligini ko‘rsatdi. V.M.Jdanovning viruslarni tabiati haqidagi 
fikri bo‘yicha: ― viruslar faqat tirik hujayralardagina hayot faoliyati kechadigan, 
ularning nuklein kislotasining sintezlanishi hujayraga qisman(har xil darajada) 
bog‘liq bo‘lgan, hujayraning oqsil sintezi va energetik sistemalariga esa to‘la 
bog‘liq bo‘lgan va mustaqil evolyutsiyaga uchraydigan avtonom genetik 
strukturalardir, - deydi. 
Parazitologiya nuqtai nazaridan viruslar obligat hujayraaro parazitlardir. 
Parazitizm (parazit grekcha tekinxo‘r (naxlebnik - parasitos)) degan ma’noni 
bildirib, ikki organizmni biri ikkinchisiga zarar keltirib yashashidir. Bunda parazit 
xo‘jayin organizmga ham fizik, ham fiziologik jihatlardan bog‘liq bo‘ladi. Viruslar 
genetik parazitlardir. Bu parazitizm viruslarni genomi hujayraning genomi bilan 


bilan integratsiyalanishida yaqqol namoёn bo‘ladi. Bu nuqtai nazardan viruslar 
molekulyar va molekulyar genetik darajada parazitlik qiladigan haёtning 
hujayrasiz formasidir. Shunday qilib, viruslar xilma-xil ko‘p sonli guruhga ega, 
mikroorganizm bo‘lmagan va Vira saltanatiga birlashgan haёtning hujayrasiz 
formasidir. 
To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirib viruslarga quyidagicha ta’rif bersa 
bo‘ladi deb o‘ylaymiz: 

Download 424,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish