17-mavzu: Tijorat banklarining operatsiyalari. Reja



Download 25,92 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2022
Hajmi25,92 Kb.
#683119
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-mavzu. Tijorat banklarining operatsiyalari.


17-mavzu: Tijorat banklarining operatsiyalari.
Reja:
1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
2. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
3. Tijorat banklarining investitsion faoliyati va siyosati
4. Banklarni vositachilik va boshqa operatsiyalari
5. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari
Tayanch tushunchalarBank operatsiyalari. Banklarni passiv operatsiyalari va ularni tarkibi. Banklarni aktiv operatsiyalari. Tijorat banklarini investitsion faoliyati va siyosati. Tijorat banklarining vositachilik va boshqa operatsiyalari. Tijorat banklarining xalqaro operatsiyalari va ularni kelajakdagi taraqqiyoti.
Ma'ruzani o'tishda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo'yicha tuzilgan ta'lim texnologiyalariga asosan ma'ruza davomida "Aqliy hujum","Blits-so'rov","Munozara","Keys - stadi" va boshqa usullardan foydalaniladi.


17.1. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'g'ini bo'lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig'iladi va bu banklarni huquqiy va jismoniy shaxslarga kredit yordamini ko'rsatishga yordam beradi va bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Bu bo'yicha Respublikamiz Prezidenti SH. Mirziyoyev O'zekiston Respublikasi Oliy majlisiga yo'llagan murojaatnomasida - "Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining bank tizimiga ishonchini ko'chaytirmasdan turib "yashirin iqtisodiyot"dan to'liq xalos bo'la olmaymiz
2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga e'tiborini qaratish zarur"- degan edi.
Banklarni tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasidagi munosabatlari,ularga ko'rsatilgan xizmatlar bank operatsiyalari shaklida sodir bo'ladi va ular passiv, aktiv, depozit, nodepozit va boshqa operatsiyalarga bo'linadi.
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta o'rinni egallaydi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlar uchun zarur bo'lgan resurslarni tashkil etadi.
Passiv operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish yo'li bilan resurslar yig'ish .
2. Bank foydasi hisobidan xar xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish
3. Boshqa kreditorlarning mablag'larini jalb qilish
4. Depozit operatsiyalarini amalga oshirish
Tijorat banklarining resurslari bankning o'z mablag'lari, jalb qilingan yoki emitentlashgan mablag'lar hisobidan shakllanadi.
Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning dastlabki ikkitasida banklarning o'z mablag'lari yuzaga keladi va qolgan ikki shaklida kredit resurslarining jalb qilingan resurslar qismi yuzaga keladi.
Banklarnig o'z mablag'lariga - ustav kapitali, rezerv kapitali, maxsus fondlar (moddiy rag'batlantirish va boshqa tashkil etilgan fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Banklarning keyingi yillar balanslarida o'z mablag'lari tarkibida aksiyalar bo'yicha emissiya ustamasi, asosiy vosita va chet el kapitalini qayta baholash summalari ham o'z aksini topgan.
Respublikamiz tijorat banklarining kapitali 2015 yilni boshiga 6,3 trln.so’mni tashkil etgan bo'lsa , 2016 yilni shu davriga 7,8 trln va 2017 yil shu boshiga 9,3 trln so’mni tashkil etdi.
Amaliyotda bank passivlarining 20 foiziga yaqini banklarning o'z mablag'lariga to'g'ri keladi. Bank o'z mablag'lari ichida asosiy o'rinni bank ustav kapitali egallaydi. Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarilishining asosi bo'lib xizmat qiladi va u banklar tashkil qilinganda moddiy va pul mablag'laridan tashkil topadi. Bank kreditlari hamda chetdan boshqa pul mablag'larini jalb qilib uni tashkil qilish mumkin emas. Banklarni zahira kapitali taqsimlanmagan foyda va boshqa manbalar hisobidan shakllanadi.
Jalb qilingan mablag'lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi
Banklarning emitentlashgan mablag'lari ham bank faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Banklar mijozlar mablag'laridan yetarli darajada uzoqroq foydalanishni amalga oshirishdan manfaatdordirlar. SHu sababli banklar qimmatli qog'ozlar va boshqalarni chiqarish yo'li bilan o'z resurslarining miqdorini ko'paytirib boradilar.


Download 25,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish