Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil
etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan,
shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli
bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga
erishishni ta’minlaydigan o’quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini
ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga
tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga
o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga
erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari,
Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan
o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi
samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi
qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan
boshlanadi.
Tashxis
didaktik
jarayon
kechadigan
barcha
sharoitlarni
oydinlashtirish,
uning
natijalarini
belgilashdir.
Unda
o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati,
uning ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va
tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi
holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan
qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalash (rejalashtirish) o‘quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda
mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda
tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta
o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi
darsning an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan
farqlanadi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy
ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan
bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan
chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va
qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari,
o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini
hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik
vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish
va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish,
dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish
asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar,
gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik
ma’lumotlar kabi o’quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar.
O‘qitish jarayonini kompleks ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi.
O‘qituvchi-pedagog bu tizimni mukammal bilishi shart. O‘qitish vositalari turli xil
funksiyalarini bajarish bilan birga qator imkoniyatlarga ham ega. O‘qitish
jarayonlari uchta asosiy funksiyani bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda
rivojlantirish. O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etishda kompleksli o‘qitish,
pedagogik jarayonning barcha asosiy funksiyalari o‘qitish vositalari orqali amalga
oshiriladi. O‘qitish jarayonini o‘qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy
yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi
o‘qitish vositalarining kompleksligi asosida loyihalashtirilishi kerak. Ikkinchi,
shunday vostilarni tanlash va yaratish kerakki, ular o‘quv- tarbiyaviy masalalarini
eng kam sarf harajatlar bilan amalga oshirishni taminlasin. O‘qitish vositalaridan
kompleks foydalanishning samaradorligi ularni qo‘llashda ratsional jihozlanishga
nisbatan aniq talab va tavsiyalar qo‘yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa
quyidagilardan iboratdir:
- ko‘rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qo‘llanilayotgan o‘qitish
vositalari keragidan ortiq darajada qo‘llamaslik;
- darsda qo‘llaniladigan vositalar (plakat, sxema, model, maket, mulyaj, detal
va boshqalar) har doim oldindan ko‘rib chiqib tanlab olingan va foydalanish
tartibda tayyor bo‘lishi kerak;
- texnik vosita va boshqa ko‘rgazmali qurollarda oldindan ishlatib ko‘rish
lozim;
- individual qo‘llash uchun tanlangan didaktik ko‘rgazmali qurollar va boshqa
qo‘llanmalar barcha ta’lim oluvchilar uchun yetarli bo‘lishi kerak;
- ko‘rgazmali qurollaning yetarli darajada ko‘rilishi va eshitilishini taminlash;
- har bir didaktik materialning qo‘llanilish maqsadi va o‘rnini aniq rejalashtirib olish.
Masofadan o‘qitish o‘quv jarayonini oliy darajada tashkil etish va o‘quv mayetrialini
translyatsiya qilish imkoniyatini beradi. Masofadan o‘qitishni tashkil qilish turlari
quyidagichadir:
- saqlanib qo‘yilgan o‘quv materialini («Konservalangan») kompyuter o‘qitish vositasi
yordamida uzatish;
-turli masofada jaylashgan sinf va guruhlarga yagona materialni uzatish;
fan arboblari, pedagog navatorlar, uslubchilarning leksiya va mashg‘ulotlari tasvirini
uzatish;
-telekonferensiya va munozaralar jarayon tushirilgan tasvirni uzatish;
-o‘quv uslubiyot materiallarining almashuvini taminlash.
Telekommunikatsiya tizimlarining qo‘llanishi yangi pedagogik va kasbiy
bilimlarni eng qisqa muddatda uzatishni imkoniyatini beradi. Informatsion
texnologiyalarning rivojlanishi o‘qitishning yana bir yo‘nalishini – media o‘qitishni
vujudga keltiradi. Bunda ta’lim oluvchilar turli xil ommaviy vositalari (gazeta,
jurnallarni, TV, kino, radio, video va boshqa) mazmunini egallab olishga tayyorlash
yo‘nalishida olib boriladi. Umuman olganda yangi tashkil qilingan va
modernizatsiyalashgan o‘qitish vositalarida quyidagi o‘ziga xos an’analar mavjud:
- qo‘llanmalarining sonini qisqartirish (tanlanganlik, keraklilik va yetarlilik);
- ularni funksional imkoniyatlarini kengaytirish (ko‘plab funksional tamoyillari);
- o‘qitish vositalarini komplektlash va ular tizimini ishlab chiqish sharoitini yaratish;
- ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘qishi, chunonchi, turli o‘qitish darajalarda ilmiy
tekshirish va tajriba ishlari majmualarini yaratish;
- maxsus yo‘naltirilgan modul majmualarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |