vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishini tushunamiz. Bunday takrorlanishlar
va o'zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo'ladi.
Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham,
siyosatda ham, san’atda ham,
fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U
ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima
kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan
(uslubidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni
taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon
ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega. Inson qaddi-qomatiga estetik ko‘rinish berishi bilan ham es
tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy tuzilishiga oid ba’zi
nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga
keltirish mumkin. Biroq bu yerda me’yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong darajasi bilan
bevosita bog‘langan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda estetik jarrohlik insonga «kosmetik
bezak» bermoqda, «chiroy» baxsh etmoqda, o‘ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb
go‘zalligi insoniy go‘zallikning asosi bo‘lishi lozim. Shu bois turmush estetikasi shaxs badiiy-
estetik madaniyatini shakllantirishda asosiy ijtimoiy manba va omil bo‘lib xizmat qiladi.
Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik salohiyat xos bo‘lganligi bois turmush
uning estetik gavdalanishini mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o‘rinda dizayn-
ning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta’kidlash joiz. Shu ma’noda insonni qurshagan
predmet va narsalar muhiti uyg‘unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari
bilan insonda zavq,
ko‘tarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi; insonga o‘z hayotidan mamnunlik
uyg‘otishi, ruhiy muammolar yechimini hal etishda yordam berishi mumkin. Binobarin,
me’morlar, amaliy san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida
yaratadi. Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, interyerning tarkibiy
qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal
etishda zamonaviy ilm-fan bilan bog‘liq bo‘lib yangi texnik va texnologik ishlanmalar, dizaynga
tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish
kundalik hayotimiz yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo‘lib
bormoqda va ijtimoiy
hayot markazida turibdi. Mamlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha, mahalla va turar joylarni bezashda maktab, litsey va
kollej talabalari qatnashmoqda. Shu orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini
shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod» bolalar markazlarida
o‘lkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik to‘garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik
qobiliyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning dizaynga oid bilim
va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizaynerlik kasbining dastlabki ko‘nikmalari hakllanmoqda.
Allomalarning insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak, degan ta’rifi shu o‘rinda o‘z
ma’nosini ko‘rsatadi. Kiyim-kechak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy,
shu bilan
birga, badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo‘lib, insonning tashqi
qiyofasi, didi, o‘ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas,
tashkiliy va ruhiy vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning yarashiqli,
narsa, predmetlarning ko‘rkamligi kishilarda muayyan estetik mamnunlik va xushnudlik
uyg'otishini ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: