Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni.
Insoniyat hozir o‘z tarixining mas’uliyatli
davrida yashamoqda. Biz «tabiat-jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi
rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv
taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Bulardan eng
muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir
dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. Shunday
ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo'ymaslik, umumdavlat,
umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga
bog‘liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millatlarning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga
estetik munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosabatda
bo‘lish tabiatga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o‘zini gavdalantiruvchi
barcha san’at turlari uchun bitmas-tuganmas shakllar manbayi bo‘lib kelgan va shunday
boiib qoladi. Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash,
qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyoti inson qudratini oshirishi natijasida
tabiat ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi.
XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga kelmoqda. Inson tabiatning
hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik
oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. Hozirgi zamonning eng katta
muammolaridan biri ekologiya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal
qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan
o‘tkazgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand
munosabatda boMinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foydalanishga zo‘r berilgan edi.
Q‘sha davr bizga o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-
xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko‘payishi,
cho‘llanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va
global miqyosda yechilishi zarur bo‘lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo-
lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, soglom va musaffo atrof-
muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o'zagini
tashkil etgan O‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni
sog'lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |