Qo`qon xonligi xaqida qo`shimchqa malumotlar.
Poytaxti
|
Qoʻqon
|
Til(lar)i
|
Oʻzbek tili, tojik tili, qozoq tili, qirgʻiz tili
|
Dini
|
Islom
|
Maydoni
|
220 ming km²
|
Aholisi
|
oʻzbeklar, tojiklar, qirgʼizlar, qozoqlar, qipchoqlar
|
Boshqaruv shakli
|
mutlaq monarxiya
| Boshqargan Xonlar
Yillar Xonlar
| |
- 1709–1721
|
Shohruxbiy
|
- 1800–1809
|
Olimxon
|
- 1822–1842
|
Muhammad Ali
|
- 1845–1858
|
Muhammad Xudoyor xon
|
- 1866–1875
|
Muhammad Xudoyor xon
|
- 1875
|
Nasriddin
| Qo`qon xonligi bayrog`i Qo`qon xonligining iqtisodiy hayot
Qo'qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil boʻlgan. Xonlikka qarashli boʻlgan yerlar am-lok yerlar, vaqf yerlari, mulki xi-roj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar oʻrtasida yakka dehqon xoʻjaligi ham rivojlangan
Savdo-sotiq Qo'qon xonligi hayotida katta va muhim oʻrin egallagan. U ichki va tashqi savdoga boʻlingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qad. davrdan beri oʻzaro koʻchmanchi chorvador, oʻtroq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi oʻzining ehtiyojlarini asosan oʻz xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan.
davomi
Qo'qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afgʻoniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan boʻlgan tashqi savdo katta oʻrinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo'qon xonligi qishloq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining baʼzi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo'qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchra-shiga sabab boʻldi.
Qo`qon xonligining madaniy hayot
Qoʻqon xonligining 18–19-asrlar 1-yarmida kechgan madaniy hayotida ham sezilarli ijobiy oʻzgarishlar va siljishlar yuz berib borganligi ayondir. 19-asrda Qo'qon xonligida tarixnavislik sezilarli ravishda oʻsib borgan. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan oʻzbek tiliga tarjima qilindi va yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning oʻziga xos xususiyatlari ham bor edi – ularning ayrimlari sheʼriy yoki qisman sheʼriy yoʻlda yozildi.
DAVOMI…
19-asr boshlarida shakllangan Qoʻqon adabiy muhiti ham xonlikning madaniy hayotida katta oʻrin tutgan. Qoʻqon hukmdorlarining qator namo-yandalari temuriylar anʼanasini davom ettirib, oʻzlari ham ilm-maʼri-fat bilan shugʻullanib, bu sohani rav-naq topdirishga katta saʼy-harakat qilganlar. Ayniqsa, bunda Qoʻqon xonlaridan Umarxon (1810–22) va muhammad Alixon (1822–41) davrlari yaqqol ajralib turadi.
DAVOMI…
Qoʻqon adabiy muhitining samarali taʼsiri oʻlaroq bu yurtdan keyinchalik Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa yetuk badiiy soʻz sanʼatkorlari yetishib chiqdilar va oʻz xalqining erki, hurligi va ozodligi uchun xizmat qildilar.
Xiva xonligining tashkil topishi
Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.
Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. Xiva Xonligi gerbi Xiva Xonligi egallagan hudud Xiva xonligi xaqida qo`shimchqa malumotlar.
Poytaxti
|
Xiva
|
Til(lar)i
|
O'zbek fors
|
Dini
|
sunniy islom
|
Maydoni
|
67,251 km (1911)
|
Aholisi
|
700 000 (1902) 800 000 (1908)
| Tarixi
- 1511
|
Xonlikka asos solindi.
|
- 1804
|
Qo'ngʻirot sulolasi hokimiyatga keldi.
|
- 12-avgust 1873
|
Xonlik Rossiya tomonidan ishgʻol qilindi.
|
- 1920
|
Rossiya tomonidan bosib olindi.
| Xiva xonligining madaniy hayot. XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay - to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg’ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari («Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima») bilan o’chmas nom qoldirdi. «Shajarayi turk» asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512- 1663- yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Davomi…
Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi «Abulg’oziyning ,shajarayi turk»i uchun butun dunyo undan minnatdor, deb yozgan edi.Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda. Abulg’ozixonning topshirig’i bilan «Dasturul amal» asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu’ asarda Sohibqiron Arrur Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir bo’limi bag’ishlangan.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |