17-mavzu: kichik guruhlar psixologiyasi reja


Guruhlardagi yana bir jarayon



Download 279,25 Kb.
bet5/6
Sana26.04.2022
Hajmi279,25 Kb.
#583956
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kichik guruhlar psixologiyasi(17-mavzu)

Guruhlardagi yana bir jarayon bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil bu o‘sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo‘nalishi va mazmunini bilishdagi g‘oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikga ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi mavzuda o‘rganamiz.
6. Guruh o‘lchamlari va uning tizimi
Guruhlar ulardagi odamlar soniga ko‘ra katta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Psixologiyada ko‘proq kichik guruhlar o‘rganiladi. Uni necha kishi tashkil etishi, necha kishi hamkorlikdagi faolityati ko‘proq samara berishi masalasi amaliy ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik olimlar guruhning boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan ikki kishini – diadani tan olishadi. Polyak olimi Yan Shepanskiy bunga qo‘shilmasa-da (uning fikricha kamida uch kishi – triadadan boshlanadi), har qalay diada o‘ziga xos uyushma sifatida tan olingan. Masalan, yangi oila qurib, birga yashayotgan kishilar, sevishganlar, ikki do‘st – o‘ziga xos kichik guruh. Har qanday kichik guruhga xos sifat shuki, uning a’zolari bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishish, «yuzma-yuz» bo‘lish imkoniyatga ega bo‘ladi. Har bir kishi uchun shu guruh juda ahamiyatli bo‘lib, uning normalariga o‘zi xohlab-xohlamay bo‘ysuna boshlaydi. Kichik guruhning chegarasi masalasi ham ko‘p muhokama qilinadi.
Hari bir o‘ziga xos psixologik tizimga ham ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror bo‘lib, ular guruh a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Avvalo guruhning maqsadini ajratish kerak. Maqsad – odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning maqsadi – o‘qish, professional malaka orttirib, mutaxassis bo‘lib yetishish.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har bir odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi va uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.

Download 279,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish