2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi va vazifalari
Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunshilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTS) ning ob`ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma`lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinshiliklar o`sib va ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo`yadi. Hozirgi sharoitda IDTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni rag’batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. IDTS mexanizmi to`g’risidagi to`laroq tasavvurga ega bo`lishi uchun uning maqsadi, vazifalari va tartibga solish usullari hamda vosita yoki dastaklarini to`laroq tavsiflash lozim. IDTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ishida va xalqaro maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish; milliy xo`jaliklarning tarmoq va mintaqaviy tuzilishini takomillashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni kiritish mumkin. IDTS maqsadi uning vazifalarida aniq namoyon bo`ladi. Bozor xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini yengillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin:
Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta`minlash; Raqobatni himoya qilish. Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning ushta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
-Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
-Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya`ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag’batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishining shart-sharoiti hisoblangan huquqiy asosni ta`minlash vazifalarini o`z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni quyidagi tadbirlar taqozo qiladi: xususiy korxonalarga qonuniy mavqeini berish; xususiy mulkchilik huquqini aniqlash va shartnomalarga amal qilishini kafolatlash; korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste`molchilar o`rtasidagi munosabatalarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqarish va shu kabilar. O`zbekiston Respublikasining korxonalar, tadbirkorlik va aktsionerlik jamiyatlari to`g’risidagi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo`shimsha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, huquqiy asosni ta`minlashga qaratilgan. Davlat tomonidan ijtimoiy muhitni ta`minlash o`z ishiga ichki tartibni saqlash mahsulot sifati va og’irligini o`lchashga standartlar belgilash tovarlar va xizmatlar ayirboshlashini yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muamolaga kiritish kabilarni oladi. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar amriga yoki iste`molchilar erkinligiga ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilarni bo`ysundiradi. Raqobat sharoitida ko`plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar faqat bozor orqali hisobga oladigan iste`molchilar xohishiga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo`ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o`z mavqeilarining mustahkamlashini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko`radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xo`jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.
Monopoliya raqobatning o`rnini almashtirganda, sotuvchilar bozorga ta`sir ko`rsatishi yoki undagi narxlarni o`z manfaatlarini ko`zlab o`zgartirish mumkin. Monopoliyalar o`zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun`iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o`rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar «raqobatli bozor mavjud bo`lish imkoniyatini yo`qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalari deb nomlanadigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko`rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o`rnatadi. Transport, aloqa, elektr-energiya ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma`lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko`pshilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta`minlanishi sababli davlat raqobatini kushaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.
Bizning Respublikada ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste`molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan. Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta`minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy-vositalarga ega bo`lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo`lmagan a`zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg’iz va qaramog’ida bolalari bo`lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo`lmaydi. qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a`zolari o`rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o`z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o`z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |